{"id":105294,"date":"2023-09-09T12:40:04","date_gmt":"2023-09-09T09:40:04","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=105294"},"modified":"2023-09-09T12:40:07","modified_gmt":"2023-09-09T09:40:07","slug":"shveytser-albert","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shveytser-albert\/","title":{"rendered":"Shveytser Albert"},"content":{"rendered":"\n<p>Shveytser Albert (1875.14.1, Kayzersberg, Elzas \u2014 1965.4.9, Lambarene, Gabon) \u2014 nemis-frantsuz mutafakkiri, hayot falsafasining namoyandasi, ilohiyotchi, shifokor, musiqashunos va organchi. Strasburg, Berlin, Parij universitetlarini tugatgan. 1899 yildan falsafa, 1900 yildan ilohiyot, 1913 yildan tibbiyot doktori. 20-asr boshlarida kontsert berib yuradigan organchi sifatida shuhrat qozondi. I.S. Bax ijodini o&#8217;rganishga bag&#8217;ishlangan asarlar yozdi. 1913 yil rafiqasi \u2014 hamshira Elen Breslau bilan birga o&#8217;z mablag&#8217;i hisobiga Gabonning Lambarene qishlog&#8217;ida shifoxona ochib, umrining oxirida AQShga borib, universitetlarda ma&#8217;ruzalar o&#8217;qib turdi; o&#8217;nlab universitetning faxriy doktori, Frantsiya axloqiy va siyosiy Fanlar Akademiyasining (1952), Angliya Qirollik tibbiyot jamiyatining (1955) a&#8217;zosi. Shveytser dunyoqarashi bo&#8217;yicha, hayot \u2014 tabiat yaratgan eng oliy ne&#8217;mat sifatida buyuk hurmatga sazovordir. Uning aqidasi &#8220;men \u2014 hayotman, hayotlar ichida yashashni istaguvchi hayotman\u201d shiorida o&#8217;z ifodasini topgan. Shveytser nazdidagi ezgulik \u2014 tirik jonni saqlab qolish, hayotga qo&#8217;maklashish; yovuzlik esa \u2014 jonlini jonsiz qilish, hayotga zarar yetkazish. Har bir shaxs shu tamoyiliga amal qilganidagina, u odam va olam uyg&#8217;unligiga, yaxlitligiga erishadi. To&#8217;g&#8217;ri, tabiatda bir hayot 2-hayot hisobiga yashaydi, har narsaning kushandasi bor, lekin Shveytser faqat hayotni &#8220;isrof qilish&#8221;ga qarshi. Shveytser olg&#8217;a surgan hayotga ehtirom axloqiy ta&#8217;limoti insonni shafqatli, muruvvatli zot bo&#8217;lib umr kechirishga chorlaydi. Ayni paytda u zamonaviy insonda ekologik madaniyatning yuksalishiga, umumjahon axloqiy muhit \u2014 etosferaning yaratilishiga xizmat qiladi. Asosiy asarlari: &#8220;Kantning din falsafasi&#8221; (1899), &#8220;Raymardan Vredegacha. Iso Masih hayotini o&#8217;rganish tarixi&#8221; (1906), &#8220;I.S.Bax&#8221; (1905), &#8220;Madaniyat falsafasi&#8221; (1923), &#8220;Nasroniylik va jahon dinlari&#8221; (1923), &#8220;Havoriy Pavelning mistikasi&#8221; (1929), &#8220;Hind mutafakkirlarining qarashlari&#8221; (1995).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shveytser Albert (1875.14.1, Kayzersberg, Elzas \u2014 1965.4.9, Lambarene, Gabon) \u2014 nemis-frantsuz mutafakkiri, hayot falsafasining namoyandasi, ilohiyotchi, shifokor, musiqashunos va organchi. Strasburg, Berlin, Parij universitetlarini tugatgan. 1899 yildan falsafa, 1900 yildan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shveytser-albert\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[211],"tags":[],"class_list":["post-105294","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105294","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=105294"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105294\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":105295,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105294\/revisions\/105295"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=105294"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=105294"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=105294"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}