{"id":105307,"date":"2023-09-09T13:30:26","date_gmt":"2023-09-09T10:30:26","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=105307"},"modified":"2023-09-09T13:30:32","modified_gmt":"2023-09-09T10:30:32","slug":"shaxsiy-gigiena","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shaxsiy-gigiena\/","title":{"rendered":"Shaxsiy gigiena"},"content":{"rendered":"\n<p>Shaxsiy gigiena &#8211; gigienaning bir bo&#8217;limi; shaxsiy hayot va mehnat faoliyatida amal qilinishi zarur bo&#8217;lgan gigienik rejim yo&#8217;li bilan odam sog&#8217;lig&#8217;ini saqlash va mustahkamlash masalalarini ishlab chiqadi. Shaxsiy gigiena har bir kishining o&#8217;ziga va yoshiga bog&#8217;liq bo&#8217;lib, aqliy va jismoniy mehnatni to&#8217;g&#8217;ri yo&#8217;lga qo&#8217;yish, jismoniy tarbiya bilan shug&#8217;ullanish, vaqtida ovqatlanish, miriqib uxlash, mehnat va dam olishni to&#8217;g&#8217;ri uyushtirishdan iborat. Tor ma&#8217;noda badan (teri, soch, tirnoq, tishlar), kiyim-kechak, poyabzal, ko&#8217;rpa-to&#8217;shak, turar joy, ovqat tayyorlash gigienasi va hokazolar ham Shaxsiy gigienaga kiradi. Birinchi navbatda, badanni ozoda saqlashga e&#8217;tibor berish zarur. Ayniqsa, badanning ochiq joylari, shuningdek, tirnoq osti tez kirlanadi, shuning uchun qo&#8217;lni botbot sovunlab yuvib turish, tirnoqlarni to&#8217;g&#8217;ri parvarish qilishga odatlanish kerak. Uyda ovqat tayyorlaganda ham qo&#8217;lning tozaligiga e&#8217;tibor berish lozim. Shaxsiy gigiena qoidalariga bolalar juda yoshligidanoq odatlanishi zarur. Kuniga dush qabul qilish yaxshi odat. Uyda dush bo&#8217;lmasa, badanning ochiq, ayniqsa, ko&#8217;p terlaydigan joylarini, qo&#8217;ltiq va ko&#8217;krak ostini issiq suv bilan sovunlab yuvish lozim. O&#8217;ringa yotishdan oldin oyoqni yuvish, agar barmoq burmalarida chaqalangan, bichilgan joylar bo&#8217;lsa davolatish kerak. Og&#8217;iz bo&#8217;shlig&#8217;ini toza tutish faqat tishlarning sog&#8217;lom bo&#8217;lishini ta&#8217;minlabgina qolmay, balki ichki a&#8217;zolardagi kasalliklarning oldini olishda ham muhim. Tishni har kuni ertalab yuvishga, shuningdek, ovqatlangandan keyin og&#8217;izni chayishga odatlanish kerak; agar og&#8217;iz hidlansa, darhol vrachga ko&#8217;rinish zarur. Shaxsiy gigienaga umumiy gigiena tadbirlaridan tashqari, jinsiy a&#8217;zolar parvarishi ham kiradi; buni bola balog&#8217;atga yetganida emas, aksincha, bola tug&#8217;ilganidanoq muntazam amalga oshirish kerak. Ichki kiyim toza bo&#8217;lishi, har kuni yoki kunora paypoqni almashtirib turish Shaxsiy gigienada juda muhim; badan, kiyim-kechak, turar joy, oshxona, ish joyi va boshqalarning toza bo&#8217;lishiga e&#8217;tibor berish kerak. Har bir oila a&#8217;zosining sochig&#8217;i, ko&#8217;rpa-to&#8217;shagi alohida bo&#8217;lishi, ko&#8217;rpayostiq jildi, choyshabni haftada bir almashtirib turish zarur. Uyquga yotishdan oldin ichki kiyimni almashtirish lozim. Shaxsiy gigienaga oid tadbirlarni, ayniqsa, oila a&#8217;zolaridan biror kishi og&#8217;riganda qat&#8217;iy amalga oshirish talab etiladi, aks holda kasallik atrofdagilarga, xususan bolalarga tez yuqishi mumkin. Qiz va o&#8217;g&#8217;il bolalar parvari- shining o&#8217;ziga xos tomonlari bor. Shaxsiy gigiena qonunqoidalari barchaga tegishli bo&#8217;lishi bilan birga, uni kishining yoshiga, erkak va ayolning anatomic-fiziologik xususiyatlariga bog&#8217;liq tomonlari ham bor. Jinsiy a&#8217;zolar va jinsiy hayot gigienasi masalalari bilan seksologiya shug&#8217;ullanadi. Mehnat jarayonida Shaxsiy gigienani to&#8217;g&#8217;ri tashkil etish ishini mehnat gigienasi o&#8217;rganadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shaxsiy gigiena &#8211; gigienaning bir bo&#8217;limi; shaxsiy hayot va mehnat faoliyatida amal qilinishi zarur bo&#8217;lgan gigienik rejim yo&#8217;li bilan odam sog&#8217;lig&#8217;ini saqlash va mustahkamlash masalalarini ishlab chiqadi. Shaxsiy gigiena har &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shaxsiy-gigiena\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[211],"tags":[],"class_list":["post-105307","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105307","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=105307"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105307\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":105311,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105307\/revisions\/105311"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=105307"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=105307"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=105307"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}