{"id":105340,"date":"2023-09-09T14:12:16","date_gmt":"2023-09-09T11:12:16","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=105340"},"modified":"2023-09-09T14:12:19","modified_gmt":"2023-09-09T11:12:19","slug":"shaharcha","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shaharcha\/","title":{"rendered":"Shaharcha"},"content":{"rendered":"\n<p>Shaharcha \u2014 ma&#8217;muriy-hududiy birlik, shahar aholi manzilgohlari tiplaridan biri. Shaharchalar dunyoning barcha mamlakatlarida ham mavjud emas. O&#8217;zbekistonda yaqin vaqglargacha mazkur aholi manzilgohlari shahar tipidagi posyolkalar deyilgan. Manzilgohlarga Shaharcha maqomi berilishi uchun sanoat korxonalari, temir yo\u2019l stantsiyalari va boshqalar muhim iqtisodiy ob&#8217;yektlar yonida joylashgan hamda aholisi kamida 2000 kishi bo&#8217;lishi va ularning 2\/3 qismini ishchi, xizmatchilar va ularning oila a&#8217;zolari tashkil etishi lozim. Shuningdek, aholisi 500 kishidan iborat bo&#8217;lgan, biroq istiqbolli yoki uzoq rayonlarda joylashgan muhim aholi manzilgohlari hamda aholi 2000 kishidan kam bo&#8217;lmagan dam olish va davolanish maskanlari bo&#8217;lgan (rekreasiya ahamiyatli) turar joylar ham Shaharchalarga kiritiladi. Ularning viloyatlar bo&#8217;yicha taqsimlanishi ham bir xil emas: Toshkent viloyatida \u2014 18, Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasida \u2014 16, Samarqand viloyatida \u2014 12, Namangan viloyatida -11, Farg&#8217;ona viloyatida \u2014 10, Jizzax viloyatida \u2014 8, Navoiy, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida \u2014 7 tadan, Sirdaryo va Andijon viloyatlarida \u2014 5 tadan, Qashqadaryo viloyatida \u2014 4, Buxoro viloyatida -2, shuningdek, Toshkent shahri Kengashiga qarashli 1 ta Shaharcha (Ulug&#8217;bek) bor. Shaharcha aholisi shahar aholisining 11,6% (1087 ming) ni tashkil etadi (2003). Shaharchalar aholisi soni bo&#8217;yicha ham o&#8217;zaro farq qiladi. Eng kichik Shaharcha \u2014 Qublaustyurt (Qo&#8217;ng&#8217;irot tumanida) aholisi 0,7 ming kishi bo&#8217;lsa, eng katta Xonqa Shaharchasi aholisi 35,9 ming kishi. Shaharchalar, asosan, qishloq tumanlari markazi vazifasini bajaradi. Shuningdek, konchilar (G&#8217;ozg&#8217;on, Qoratov, Polvontosh, Olamushuk, ingichka va boshqalar), sanoat korxonalari (Kimyogarlar, Iskandar, Oltiariq va boshqalar), temir yo\u2019l stantsiyalari (Xovos, Oltinko&#8217;l, yangi Marg&#8217;ilon va boshqalar), ilmiy tadqiqot institutlari (Ulug&#8217;bek) Shaharchalari mavjud.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shaharcha \u2014 ma&#8217;muriy-hududiy birlik, shahar aholi manzilgohlari tiplaridan biri. Shaharchalar dunyoning barcha mamlakatlarida ham mavjud emas. O&#8217;zbekistonda yaqin vaqglargacha mazkur aholi manzilgohlari shahar tipidagi posyolkalar deyilgan. Manzilgohlarga Shaharcha maqomi berilishi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shaharcha\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[211],"tags":[],"class_list":["post-105340","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105340","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=105340"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105340\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":105344,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105340\/revisions\/105344"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=105340"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=105340"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=105340"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}