{"id":105343,"date":"2023-09-09T14:50:07","date_gmt":"2023-09-09T11:50:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=105343"},"modified":"2023-09-09T14:50:12","modified_gmt":"2023-09-09T11:50:12","slug":"shaftoli","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shaftoli\/","title":{"rendered":"Shaftoli"},"content":{"rendered":"\n<p>Shaftoli (Regasa) \u2014 ra&#8217;noguldoshlarga mansub daraxtlar turkumi; mevali daraxti. Vatani \u2014 O&#8217;rta Osiyo. 6 turi ma&#8217;lum: oddiy Shaftoli, gansun Shaftolisi, David Shaftolisi, Potanin Shaftolisi, Mir Shaftolisi, Farg&#8217;ona Shaftolisi. AQSh, Yevropaning janubi, Yaponiya, Xitoy, Turkiya, O&#8217;rta Osiyo, Zakavkazeda keng tarqalgan. Bundan 2 ming yil oldin madaniylashtirilgan. 5000 ga yaqin navi bor. Hozirgi davrda shimoliy va Janubiy yarim sharning barcha subtropik va tropik mamlakatlarida o&#8217;stiriladi. Jahon bo&#8217;yicha yalpi hosili 12,0 million tonna (1999). O&#8217;zbekistonda ekin maydoni jihatidan mevali daraxtlar orasida 3-o&#8217;rinni egallaydi. Bog&#8217;dorchilikda, asosan, oddiy Shaftoli turi navlari o&#8217;stiriladi (boshqa turlaridan manzarali o&#8217;simlik yoki payvandtag sifatida foydalaniladi). Bo&#8217;yi 3-9 metr, bargi ketma-ket joylashgan, nashtarsimon, gullari ikki jinsli. Mevasi sersuv (50\u2014 600 grammgacha), danakli, yassi dumaloq, tuxumsimon, oqish-yashildan to&#8217;q qizilgacha, tukli va tuksiz (luchchak). Eti ko&#8217;kimtiroq, och pushti, sariq, to&#8217;q qizil, danagidan ajraladi (ajralmaydigan navlari ham bor), mazasi nordonshirin, shirin. Tarkibida 80-90% suv, 10\u2014 14% qand, 0,081,02% olma, vino, limon kislota, 0,56\u20141,26% pektin, shuningdek, oshlovchi va azotli moddalar, A, S, V VI- taminlari, danagi mag&#8217;zida 20-60% yog&#8217;, amigdalin, oqsil moddalar va boshqalar bor. Yangiligida eyiladi, qoqi, konserva (jem, murabbo, kompot) qilinadi, bargi va guli qaynatmasi xalq tabobatida bosh og&#8217;rig&#8217;i, revmatizm, oshqozonichak kasalliklarini davolashda qo&#8217;llaniladi. Shaftoli yaxshi asal beruvchi daraxt. Shaftoli danagidan va payvand qilib qo&#8217;paytiriladi. Payvandtag sifatida oddiy Shaftoli va boshqalar turlari urug&#8217; ko&#8217;chati, bodom, tog&#8217;olcha, ba&#8217;zan o&#8217;rikdan foydalaniladi. Hosildorligi 200-400 ts\/ga. Ekilganidan keyin 3 \u2014 4-yili hosilga kiradi. 12-15 yil yaxshi hosil beradi (daraxti 100-150 kilogrammgacha). O&#8217;zbekistonda aprelda gullaydi, naviga qarab mevasi may\u2014oktabr oylarida pishadi. Shaftoli nisbatan issiqsevar, yorug&#8217;sevar va -15, \u2014 20\u00b0 li qisqa sovuqlarga chidaydi, -25\u00b0 da nobud bo&#8217;ladi, ayniqsa, gullagan paytida bahorgi qorasovuqlardan ko&#8217;p zararlanadi. Ko&#8217;chati kuzda va bahorda 25-30 santimetr chuqurlikda haydalgan yerga 5&#215;4, 5&#215;5, 6&#215;3 metr sxemada ekiladi. Yosh daraxtlar vegetasiya davrida 15-16, hosilga kirganlari 4-5, Toshloq yerlarda 10-12 marta sug&#8217;oriladi. Shaftoliga kosasimon shakl beriladi va har yili erta bahorda butaladi. O&#8217;zbekistonda 50 ga yaqin navlari rayonlashtirilgan. Shaftolining ertapishar \u2014 Anjir shaftoli. Lola, Morettini; o&#8217;rtapishar \u2014 Zafar, Start, Malinoviy, Elberta, Shirinmag&#8217;iz, oq shaftoli, kechki \u2014 Salvey, Farhod navlari ko&#8217;p ekiladi. Kasalliklari: barg bujmayishi, shira oqishi, dog&#8217;lanish va boshqalar. Zararkunandalari: Shaftoli barg biti, Shaftoli kuyasi, Shaftoli tana biti. Ularga qarshi bahorda kurtaklar bo&#8217;rtishiga qadar insektisidlar va fungisidlar bilan ishlov beriladi. Ad.: O&#8217;rik, shaftoli, olxo&#8217;ri, T., 1960; Pomologiya Uzbekistana, T., 1983; so- birov M . Q., Tomorqa bog&#8217;dorchiligi, T., 1991. Sulton Xolnazarov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shaftoli (Regasa) \u2014 ra&#8217;noguldoshlarga mansub daraxtlar turkumi; mevali daraxti. Vatani \u2014 O&#8217;rta Osiyo. 6 turi ma&#8217;lum: oddiy Shaftoli, gansun Shaftolisi, David Shaftolisi, Potanin Shaftolisi, Mir Shaftolisi, Farg&#8217;ona Shaftolisi. AQSh, Yevropaning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shaftoli\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[211],"tags":[],"class_list":["post-105343","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105343","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=105343"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105343\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":105365,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105343\/revisions\/105365"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=105343"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=105343"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=105343"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}