{"id":105356,"date":"2023-09-09T14:50:15","date_gmt":"2023-09-09T11:50:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=105356"},"modified":"2023-09-09T14:50:28","modified_gmt":"2023-09-09T11:50:28","slug":"shaxs-4","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shaxs-4\/","title":{"rendered":"Shaxs"},"content":{"rendered":"\n<p>Shaxs (tilshunoslikda) \u2014 ish-harakatning so&#8217;zlovchi nuqtai nazaridan uning bajaruvchisiga aloqadorligini ifodalovchi, o&#8217;zaro qarama-qarshi shakllar tizimidan iborat grammatik kategoriya, morfologik ko&#8217;rsatkich. Shaxs shakllari ish-harakatning so&#8217;zlovchiga (1- Shaxs), tinglovchiga (2- Shaxs) va suhbatda ishtirok etmovchi o&#8217;zga shaxsga (3- Shaxs) qarashliligini bildiradi. Harakat ob&#8217;yektining Shaxsi ko&#8217;p tillarda, jumladan, turkiy tillarda asosan fe&#8217;l orqali ifodalanadi. Masalan, o&#8217;zbek tilida \u2014 ko&#8217;rdim, ko&#8217;rganman \u2014 1-Shaxs; ko&#8217;rding, ko&#8217;rgansan \u2014 2-Shaxs; ko&#8217;rdi, ko&#8217;rgan \u2014 3-Shaxs shakllaridir; dan (dat) va malayalam tillarida har uchala Shaxs uchun bir xil fe&#8217;l ko&#8217;rsatkichi qo&#8217;llanadi \u2014 u yoki bu Shaxs matnda anglashiladi. 1 va 2-Shaxs shakllari 3-Shaxsga ikki belgi bo&#8217;yicha qarama-qarshi qo&#8217;yiladi: a) ular hamisha Shaxs ma&#8217;nosiga ega bo&#8217;ladi; b) ushbu Shaxslarda nutq jarayoni (suhbat) ishtirokchilarigina ish-harakatning bajaruvchisi hisoblanadilar; 3-Shaxs esa: a) shaxs yoki predmet ma&#8217;nosiga ega bo&#8217;la oladi, 2) ish-harakatning ushbu Shaxs orqali ifodalangan bajaruvchisi suhbat ishtirokchisi hisoblanmaydi. Shaxs kategoriyasi fe&#8217;lning boshqa kategoriyalari (mayl, zamon, nisbat kabilar) bilan paradigmatik va funktsional munosabatlar orqali bog&#8217;lanadi. Ayniqsa, Shaxs kategoriyasining son kategoriyasisiz tasavvur etib bo&#8217;lmaydi. Shuning uchun ularni birgalikda nomlab, shaxs-son kategoriyasi, ushbu ma&#8217;noni ifodalovchi shakl (ko&#8217;rsatkich)lar esa shaxs-son qo&#8217;shimchalari deb ham ataladi. Shaxs tushunchasi muayyan leksemalar bilan kishilik olmoshlari tizimida, maxsus affiksal morfemalar (egalik qo&#8217;shimchalari) yordamida otlarda ham ifodalanishi mumkin. Bunda kishilik olmoshlari (men, sen, u; biz, siz, ular) bajaruvchi Shaxslarni, egalik qo&#8217;shimchalari esa (kitobim, kitobing, kitobi) biror narsa \u2014 buyumning uch Shaxsdan qaysi biriga qarashli ekanini bildiradi. Ad.: O&#8217;zbek tili grammatikasi, 1-j., Morfologiya, T., 1975; hozirgi o&#8217;zbek adabiy tili, 1-qism, T., 1980. Azim Hojiev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shaxs (tilshunoslikda) \u2014 ish-harakatning so&#8217;zlovchi nuqtai nazaridan uning bajaruvchisiga aloqadorligini ifodalovchi, o&#8217;zaro qarama-qarshi shakllar tizimidan iborat grammatik kategoriya, morfologik ko&#8217;rsatkich. Shaxs shakllari ish-harakatning so&#8217;zlovchiga (1- Shaxs), tinglovchiga (2- Shaxs) va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shaxs-4\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[211],"tags":[],"class_list":["post-105356","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105356","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=105356"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105356\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":105366,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105356\/revisions\/105366"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=105356"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=105356"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=105356"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}