{"id":10545,"date":"2021-11-14T12:18:35","date_gmt":"2021-11-14T09:18:35","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=10545"},"modified":"2021-11-14T12:18:36","modified_gmt":"2021-11-14T09:18:36","slug":"arxeologiya-ekspeditsiyalari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/arxeologiya-ekspeditsiyalari\/","title":{"rendered":"ARXEOLOGIYA EKSPEDITSIYALARI"},"content":{"rendered":"\n<p>ARXEOLOGIYA EKSPEDITSIYALARI \u2014 moddiy madaniyat yodgorliklarini dala-tadqiqot yo&#8217;li bilan o&#8217;rganish uchun tashkil qilinadigan ekspeditsiyalar. Ularni ilmiy tadqiqot institutlari, oliy o&#8217;quv yurtlari, muzeylar va o\u2019lkashunoslik to&#8217;garaklari tashkil etadi. Ko&#8217;pincha, kompleks ravishda tuzilib, tarkibiga arxeologlardan tashqari etnograf, antropolog, geograf, tuproqshunos, biolog, botanik va boshqa olimlar kiritiladi. Uzoq yillar ishlashga mo&#8217;ljallanib, mustaqil ishlaydigan otryad va guruhlardan iborat qilib tuziladi. Har bir ekspeditsiyaning o&#8217;ziga xos nizomi, ilmiy kengashi, maxsus bazasi bo&#8217;ladi. Dastlabki arxeologik kuzatuvlar 19-asrning 2-yarmida boshlangan. 1895 yilda Toshkentda Turkiston arxeologiya havaskorlari to&#8217;garagi tashkil qilingan. 1920 yildan O&#8217;zbekistonning har bir viloyatida turli Arxeologiya ekspeditsiyalari ish olib bordi. Eng yirik Arxeologiya ekspeditsiyalari \u2014 Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi va Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi 1936 \u2014 37 yillarda tuzilgan. Ekspeditsiyalar O&#8217;zbekiston xalqlarining tarixiy va madaniy yodgorliklarini topish va o&#8217;rganishga muayyan hissa qo&#8217;shdi. Tuproq qal&#8217;a, Qo&#8217;yqirilgan qal&#8217;a, ko&#8217;hna Termiz shahri va boshqalardan moddiy madaniyat va san&#8217;atning ajoyib yodgorliklari topiddi. Ikkinchi jahon urushidan so&#8217;ng Arxeologiya ekspeditsiyalarining faoliyati yanada avj oldi. 1946 yilda Janubiy Turkmaniston arxeologiya kompleks ekspeditsiyasi, So&#8217;g&#8217;d-tojik arxeologiya ekspeditsiyasi tashkil qilindi. O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya instituti otryadlari O&#8217;zbekistonning turli tumanlarida tadqiqot ishlarini olib bordi. Akademik Ya. G&#8217;ulomov rahbarligidagi Arxeologiya ekspeditsiyalarining Xorazm, Zarafshon va Toshkent vohalarida, Farg&#8217;ona vodiysida; A. R. Muhammadjonovning Buxoroda olib borgan arxeologik tadqiqotlari O&#8217;zbekistonning qadimgi sug&#8217;orish sistemasi va dehqonchiligini o&#8217;rganishda, undan xalq xo&#8217;jaligi maqsadlarida foydalanishda katta ahamiyatga ega. A. A. Asqarov boshchiligidagi otryadning Sopollitepa, Jarqo&#8217;tonla olib borgan qazishmalari ancha samarali bo&#8217;ldi. U. I. Islomov rahbarligidagi otryad O&#8217;zbekistonning qator viloyatlarida tosh davriga oid yangi yodgorliklarni qazib o&#8217;rgandi, Afrosiyob ekspeditsiyasi qadimgi Samarqandni o&#8217;rgandi va uning ilk o&#8217;rta asrlarga oid devoriy rasmlarini ochdi, Yer qo&#8217;rtndya ish olib borgan otryad (R. H. Sulaymonov boshchiligida) antik va ilk o&#8217;rta asrlarga oid madaniyat va san&#8217;at namunalarini topdi. 1959 yilda G. A. Pugachenkova rahbarligida O&#8217;zbekiston san&#8217;atshunoslik ekspeditsiyasi tuzildi. Ekspeditsiya Dalvarzintepa, Xolchayon, Budrochtepada qazishmalar o&#8217;tkazib, qizil sopollarning noyob namunalarini topib, tadqiq qildi. O&#8217;zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin O&#8217;zbekiston ba san&#8217;atshunoslik ekspeditsiyasi yapon arxeologlari bilan hamkorlikda bu yerda, shuningdek Qoratepa, Termizda keng ko&#8217;lamda arxeologik ishlar olib bormoqda. 1964 yildan beri ToshDU (hozirgi O&#8217;zMU) arxeologiya kafedrasining Qashqadaryo arxeologik topografiya ekspeditsiyasi Qashqadaryo vohasida ish olib borib, kitob, Shahrisabz shaharlari tarixini o&#8217;rgandi, shahar xarobalari, manzilgohlarda qazish ishlari olib bordi. Toshkent shahri va viloyatining tarixiy va madaniy yodgorliklarini Yu. F. Buryakov va M. I. Filanovich rahbarligidagi otryadlar o&#8217;rgandi va hokazolar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ARXEOLOGIYA EKSPEDITSIYALARI \u2014 moddiy madaniyat yodgorliklarini dala-tadqiqot yo&#8217;li bilan o&#8217;rganish uchun tashkil qilinadigan ekspeditsiyalar. Ularni ilmiy tadqiqot institutlari, oliy o&#8217;quv yurtlari, muzeylar va o\u2019lkashunoslik to&#8217;garaklari tashkil etadi. Ko&#8217;pincha, kompleks ravishda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/arxeologiya-ekspeditsiyalari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-10545","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10545","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=10545"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10545\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":10548,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10545\/revisions\/10548"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=10545"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=10545"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=10545"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}