{"id":105588,"date":"2023-09-10T19:41:03","date_gmt":"2023-09-10T16:41:03","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=105588"},"modified":"2023-09-10T19:41:08","modified_gmt":"2023-09-10T16:41:08","slug":"rudakiy-abu-abdullo-jafar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/rudakiy-abu-abdullo-jafar\/","title":{"rendered":"Rudakiy Abu Abdullo Ja&#8217;far"},"content":{"rendered":"\n<p>Rudakiy Abu Abdullo Ja&#8217;far (858, hozirgi Tojikiston Respublikasi Panjakent tumani Panjrudak qishlog&#8217;i \u2014 941) \u2014 fors-tojik shoiri. Fors-tojik she&#8217;riyati asoschilaridan biri. Yoshligidan she&#8217;riyat va musiqaga ixlos qo&#8217;ygan, adabiyotni, arab tilini o&#8217;rgangan. Zamonasining mashhur cholg\u2019uchisi Abul Abbos Baxtiyordan musiqa bo&#8217;yicha ta&#8217;lim olgan; barbat, chang, ud, Rud kabi cholg&#8217;u asboblarini chalishni o&#8217;rgangan. Rudakiyning she&#8217;riyat va musiqadagi mahoratini eshitgan Buxoro hokimi Nasr ibn Ahmad Somoniy uni saroyga taklif etgan. Rudakiy Buxoroda vazir Abul Fazl Bal&#8217;amiy homiyligida ijod qilib, san&#8217;atda katta obro&#8217; qozongan. Rudakiy 40 yil saroyda shoirlarga boshchilik qilgan. Uning tug&#8217;ma ko&#8217;r bo&#8217;lganligi haqida naqllar bor. Aslida saroydagi igvo va fitnalar tufayli dushmanlari Rudakiyning ko&#8217;zlariga mil tortib ko&#8217;r qilgan, mol-mulkini talab, o&#8217;zini Buxorodan badarg&#8217;a qilishga erishganlar. Qarigan chog&#8217;ida Rudakiy o\u2019z qishlog&#8217;iga qaytib, faqirlikda umr kechirgan. Manbalarda Rudakiy she&#8217;riyati 100 000 baytdan iboratligi qayd etilgan. Lekin bizga qadar uning 1000 bayt asari (2 qasida, 50 ruboiy, she&#8217;r va dostonlari) yetib kelgan. Rudakiy Movarounnahrda o&#8217;z she&#8217;rlaridan devon tuzgan ilk shoir hisoblanadi. &#8220;Bo&#8217;i jo&#8217;i Mo&#8217;liyon oyad hame&#8221; (&#8220;Mo&#8217;liyon arig&#8217;ining isi kelmoqdadir&#8221;) misrasi bilan boshlanadigan g&#8217;azali unga favqulodda shuhrat keltirgan. Unga 120 shoir tazmin bitgan, lekin birortasi Rudakiy darajasiga ko&#8217;tarila olmagan. &#8220;Modari may&#8221; (&#8220;mayning onasi&#8221;) qasidasi ham mashhur. Rudakiy fors-tojik she&#8217;riyatining deyarli barcha shakllarini ishlab bergan. She&#8217;rlari g&#8217;azal, ruboiy, qasida, madhiya, marsiya, pandu hikmat, hasbi hol, mazammat, hajv hamda chistoy janrlarida yozilgan. &#8220;Sindbodnoma&#8221; (933), &#8220;Qarilikdan shikoyat&#8221; avtobiografik asarlari tuda holda, &#8220;Kalila va Dimna&#8221;, &#8220;davroni falak&#8221; va boshqa bir necha masnaviylaridan parchalar etib kelgan. Qadimgi manbalarda Rudakiyning &#8220;Aroisannafois&#8221; (&#8220;nafis kurtaklar&#8221;) dostoni bo&#8217;lganligi haqida ma&#8217;lumotlar uchraydi. Rudakiy va uning izdoshlari forsiy she&#8217;riyatda bir necha asr hukmronlik qilgan Xuroson (yoki Turkiston) uslubiga asos solib, uni rivojlantirganlar. Rudakiy aruzni chuqur o&#8217;rganib, uni xalq orasida keng tarqalgan qo&#8217;shiqlarga tatbiq qilish natijasida 9 ta yangi vaznlar kashf etgan. Ularning ko&#8217;pchiligi xalq qo&#8217;shiqlarining barmoq vaznlari asosida tuzilgan. Rudakiy ruboiylari janrning barcha talablariga javob beradigan dastlabki ruboiylardandir. Dunyoning tuzilishi, hayot hodisalari, inson fe&#8217;l-atvori, xatti-harakatlari haqida falsafiy xulosalar chiqarish, pand-nasihat shoir she&#8217;riyatining yetakchi xususiyati hisoblanadi. Rudakiy ishqu muhabbatni xam baland pardalarda kuylagan, dunyoviy sevgini ulug&#8217;lagan. U peyzaj lirikasining ham ustalaridan. Dunyo, zamon, inson mavzusi, turli illatlardan shikoyat motivlari ham Rudakiy ijodida, xususan, umrining oxirida yaratgan she&#8217;rlarida ko&#8217;p uchraydi. She&#8217;rlari Munirxon Muinzoda (1957) va Sh. Shomuhamedov (1988, 1994) tomonidan o&#8217;zbek tiliga tarjima qilingan. Shoir haqida &#8220;Rudakiy&#8221; dramasi va &#8220;shoirning qismati&#8221; kinofilmi yaratilgan. Rudakiy nomida Tojikiston Davlat mukofoti ta&#8217;sis etilgan. As: Rudakiy, T., 1957; injular Ummoni, T., 1988. Ad., Abdurahmon Jomiy, Bahoriston, T., 1997; Davlatshoh Samarqandiy, Shoirlar bo&#8217;stoni, T., 1981; Ayniy S, Asarlar, 8j., T., 1967; Shomuhamedov Sh., Odamiylik inshosi, T., 1984. Ergash Ochilov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rudakiy Abu Abdullo Ja&#8217;far (858, hozirgi Tojikiston Respublikasi Panjakent tumani Panjrudak qishlog&#8217;i \u2014 941) \u2014 fors-tojik shoiri. Fors-tojik she&#8217;riyati asoschilaridan biri. Yoshligidan she&#8217;riyat va musiqaga ixlos qo&#8217;ygan, adabiyotni, arab tilini &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/rudakiy-abu-abdullo-jafar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-105588","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105588","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=105588"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105588\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":105597,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105588\/revisions\/105597"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=105588"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=105588"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=105588"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}