{"id":105741,"date":"2023-09-12T18:20:45","date_gmt":"2023-09-12T15:20:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=105741"},"modified":"2023-09-12T18:20:49","modified_gmt":"2023-09-12T15:20:49","slug":"rubidiy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/rubidiy\/","title":{"rendered":"Rubidiy"},"content":{"rendered":"\n<p>Rubidiy [lotincha rubidus \u2014 qizil, to&#8217;q qizil (spektrning qizil qismi chiziqlari bo&#8217;yicha kashf etilgan), lotincha Rubidium], Rb \u2014 Mendeleyev davriy sistemasining 1 guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 37, atom molekulasi 85,4678. Tabiiy izotoplarining massa sonlari 85 (72, 15%) va 87 (27,85%). 10 dan ortiq sun&#8217;iy radioaktiv izotoplari olingan. R. Bunzen va G. Kirxgof 1861 yilda Germaniyadagi Dyurkgeym mineral suvini spektral analiz qilib, Rubidiyni kashf etganlar. Bunzen 1863 yilda metall Rubidiyni olishga muvaffaq bo&#8217;lgan. Rubidiy birikmalari tabiatda kaliy birikmalari bilan birga uchraydi, u yer po&#8217;stining massa jihatidan 3,110~2%ini tashkil qiladi. Rubidiyning ion radiusi kaliy va tseziyning ion radiuslariga yaqin bo&#8217;lganligi uchun bu element birikmalari o&#8217;zaro izomorfdir. Rubidiy suyultirilgan rubidiy xloridni elektroliz qilib olinadi. Rubidiy ishqoriy metallar jumlasiga kiradi. Rubidiy juda yumshoq, kumush rang \u2014 oq metall. Suyu-qlanish temperaturasi 39,5\u00b0, qaynash temperaturasi 685\u00b0, zichligi 1,248 g\/sm3. Rubidiy sanoatda karnallit va lepidolitdan ajratib olinadi. Kimyoviy jihatdan juda faol; suv va kislotalar bilan reaktsiyaga kirishganida portlash yuz beradi. Birikmalarida +1 valentli. Kislorod bilan rubidiy peroksid Rb2O2 va rubidiy giperoksid RbO2 hosil qiladi. Rubidiyning gidroksidi RbOH kuchli ishkorlar jumlasiga kiradi. Rubidiy juda ko&#8217;p elementlar bilan bevosita birikadi. Rubidiy gidrid RbH beqaror birikma. Uning nitridi Rb3N bilvosita yo&#8217;l bilan hosil qilinadi. Rubidiyning Rb2C2 tarkibli karbidi, Rb2S tarkibli sulfidi bor. Rubidiy ba&#8217;zi metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Qizdirilsa yoki yoritilsa, o&#8217;zidan elektronlar chiqaradi. Metall holatdagi Rubidiy havosiz muhitda berk idishlarda saqlanadi. Qattiq holatdagi Rubidiy gidroksidga ozon ta&#8217;sir ettirilsa, juda kuchli oksidlovchi Rubidiy ozonid RbO3 hosil bo&#8217;ladi. Rubidiy 300\u00b0da grafit bilan qizdirilganida RbCg va RbC]6 tarkibli Rubidiy grafitidlar kelib chiqadi. Rubidiy, asosan, kunduzgi lampalar ishlab chiqarishda, vakuum texnikasida (gazyutgich) va boshqa sohalarda ishlatiladi, ionli raketalar uchun tseziy kabi kelajagi porloq &#8220;yonilg&#8217;i&#8221; hisoblanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rubidiy [lotincha rubidus \u2014 qizil, to&#8217;q qizil (spektrning qizil qismi chiziqlari bo&#8217;yicha kashf etilgan), lotincha Rubidium], Rb \u2014 Mendeleyev davriy sistemasining 1 guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 37, atom &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/rubidiy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-105741","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105741","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=105741"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105741\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":105748,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105741\/revisions\/105748"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=105741"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=105741"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=105741"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}