{"id":105767,"date":"2023-09-12T20:25:13","date_gmt":"2023-09-12T17:25:13","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=105767"},"modified":"2023-09-12T20:25:16","modified_gmt":"2023-09-12T17:25:16","slug":"rossiyada-fuqarolar-urushi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/rossiyada-fuqarolar-urushi\/","title":{"rendered":"Rossiyada fuqarolar urushi"},"content":{"rendered":"\n<p>Rossiyada fuqarolar urushi &#8211; oktyabr to&#8217;ntarishi natijasida Rossiyada hokimiyatni qo&#8217;lga kiritgan bolsheviklar bilan boshqa ijtimoiy guruhlar va siyosiy kuchlar o&#8217;rtasidagi urush (1918-1922). Bu urush Rossiyaga bostirib kirgan 14 ta davlatning interventsiyasi bilan o&#8217;zaro qo&#8217;shilib ketgan. Rossiya birinchi jahon urushidan chiqqandan keyin Germaniya va Avstriya-Vengriya qo&#8217;shinlari unga qarashli Ukraina, Belorussiya, Boltiqbo&#8217;yi va Janubiy Rossiyani bosib olishgan (1918 yil Fevral). Brest sulhi (1918 yil mart) imzolangandan keyin bu hududlarning katta qismi Germaniya ixtiyoriga o&#8217;tgan. 1918 yil martda Angliya\u2014AQSh\u2014 Italiya \u2014 Kanada qo&#8217;shinlari Murmanskka tushirildi; aprelda yaponlar Vladivostokni egallashdi; may oyida Avstriya-Vengriya armiyasining asir olingan 40 ming kishilik Chexoslovak korpusi askarlari isyon ko&#8217;tardi. Bularning hammasi yangi hokimiyat uchun jiddiy xavf tug&#8217;dirgan. 1918 yil yozi \u2014 kuzida Rossiyaning \u00be qismida turli hukumatlar, masalan, 8 iyunda Samarada esermensheviklarning Volgabo&#8217;yi hukumati \u2014 ta&#8217;sis Majlisi a&#8217;zolarining komiteti (Komuch) (hukumat raisi \u2014 eser V. K. Volskiy); 23 iyunda Tomskda muvaqqat Sibir hukumati (hukumat raisi \u2014 P. V. Vologorskiy); 23 sentabrda Ufa direktoriyasi (raisi \u2014 N. D. Avksentev); 28 sentabrda Arxangelsk guberniyasida shimoliy viloyat muvaqqat hukumati (hukumat raisi general E. K. Miller); Ashxobodda Zakaspiy muvaqqat hukumati (hukumat raisi\u2014 eser Funtikov) tuzilgan. Biroq hokimiyatni zo&#8217;ravonlik bilan egallagan bolsheviklar uni qurol kuchi bilan saqlab qolishga urinishgan. 1918 yil Fevralda qizil armiya tashkil qilingan, bolsheviklar &#8220;harbiy kommunizm&#8221; siyosatiga o&#8217;tishgan. Oziq-ovqat taqsimoti (razvyorstka) natijasida oziq- ovqat to&#8217;plovchi otryadlar (prodotryadlar) tashkil qilinib, ular aholi qo&#8217;lidagi oziq-ovqat mahsulotlarini tortib olish bilan shug&#8217;ullangan. 1918 yil yozida qizil armiya zudlik bilan qayta qurilgan. 18 yoshdan 40 yoshgacha bo&#8217;lgan barcha erkaklar uchun majburiy harbiy xizmat joriy qilindi, armiyada harbiy komissar lavozimi ta&#8217;sis etildi, sinfiylik tamoyillariga amal qilindi va Markaziy boshqaruvga o&#8217;tildi (1918 yil iyul). Sovet rejimi o&#8217;z mavqeini saqlashda harbiy tayanchi bo&#8217;lgan qizil askarlarga ko&#8217;plab imtiyozlar bergan. 1918 yil 5 sentabrda RSFSR XKS &#8220;Qizil terror haqida&#8221; dekret chiqarib, front va uning orqasida kurashning shafqatsiz shakli \u2014 ommaviy terrorni qo&#8217;llagan. Butunrossiya Favqulodda Komissiyasi (BFK) ga fuqarolarni hech qanday sud va tergovsiz otish huquqi berilgan. Chekistlarning shafqatsizligi sovet hokimiyatining o&#8217;ziga xos ramziga aylangan. Bolsheviklar va sovetlarga qarshi kuchlar ham ularga nisbatan huddi shunday choralar ko&#8217;rishgan. Fuqarolar urushi o&#8217;zining butun dahshatli qonunlarini ommaviy ravishda namoyish qilgan. Qizil armiyaning qayta qurilishi natijasida u tez orada dunyodagi eng katta va tajovuzkor armiyalardan biriga aylangan (1918 yil bahorida 300000; yozida 600000; kuzida 1 million; 1920 yilda 5 million kishi). 1918 yil 2-yarmida u Sharqiy frontda dastlabki g&#8217;alabalarini qo&#8217;lga kiritgan. Volgabo&#8217;yi va Uralni egallagan. 1918 yil 13 noyabrda sovet hukumati Brest sulhini bekor qilgandan so&#8217;ng, Ukraina, Belorussiya va Boltiqbo&#8217;yi Rossiyaga qo&#8217;shib olingan. &#8220;Harbiy kommunizm&#8221; siyosati, kazaklar va badavlat krestyanlar (dehqonlar)ni yo&#8217;qotishga mo&#8217;ljallangan harbiy harakatlarga qarshi Rossiyaning turli mintaqalarida krestyanlar va kazaklarning ko&#8217;plab isyonlari va qo&#8217;zg&#8217;olonlari bo&#8217;lib o&#8217;tgan. Biroq sovet hokimiyatiga qarshi qaratilgan bunday norozilik chiqishlari (1918 yil iyun \u2014 Tambov; iyul \u2014 Yaroslavl; avgust \u2014 Livensk va hokazolar) ni qizil armiya shafqatsizlik bilan bostirgan. 1919 yil mart\u2014may oylarida qizil armiya Rossiya sharqida admiral A. V. Kolchak, Janubda general A. I. Denikin, g&#8217;arbida general N. N. Yudenichning juda katta hujumlarini qaytarishga muvaffaq bo&#8217;ldi. Sharqiy front qo&#8217;shinlarining may \u2014 iyul oylaridagi umumiy hujumi natijasida qizil armiya Ural, keyinchalik Sibirni egalladi. 1919 yil aprel avgust oylarida xorijiy davlatlar Janubiy Ukraina, Qrim, Bokudan o&#8217;z qo&#8217;shinlarini olib chiqib ketishga majbur bo&#8217;lishgan. Qizil armiyaning Janubiy front qo&#8217;shinlari Oryol va Voronej atroflarida Denikin armiyasini mag&#8217;lubiyatga uchratib, ularni Qrimga surib chiqargan (1920 yil mart). 1919 yil kuzida Petrograd atrofida Yudenich armiyasi tor-mor qilingan. 1920 yil boshlarida Rossiyaning shimoliy Guberniyalari va Kaspiy dengizi sohillari egallandi. Antanta davlatlari barcha qo&#8217;shinlarini butunlay chaqirib olgan. Rossiya-Polsha urushidan so&#8217;ng, qizil armiya general P. N. Vrangel (1878\u2014 1928) qo&#8217;shinlariga kuchli zarba bergan va ularni Qrimdan surib chiqargan (1920 yil noyabr). Vrangel boshchiligida 145693 kishi 126 kemada Sevastopoldan xorijga jo&#8217;nab ketishga majbur bo&#8217;lgan. Ukraina, Ozarbayjon, Gruziya, Armaniston respublikalaridagi mustaqil milliy hukumatlar ham qizil askarlar tomonidan tormor keltirilgan. Bu hududlarda sovet rejimi o&#8217;rnatilib, ular sovet Rossiyasi tarkibiga kiritilgan (1920-21). 1921\u2014 22 yillarda Kronshtadt, Tambov guberniyasi (A. S. Antonov boshchiligida), Ukrainaning ko&#8217;plab tumanlari va boshqa joylarda bolsheviklarga qarshi ko&#8217;tarilgan isyonlar va qo&#8217;zg&#8217;olonlar ham qizil armiya tomonidan shafqatsiz ravishda bostirilgan. Uzoq Sharqdagi oq gvardiyachilar hukumati ham tugatilgach (1922 yil 25 oktabr), Rossiyada fuqarolar urushi tugadi. Rossiyadan farqli o&#8217;laroq, bu davrda Turkiston mintaqasida fuqarolar urushi bo&#8217;lmagan, xorijiy davlatlar bu hududga o&#8217;z qo&#8217;shinlarini ham kiritmaganlar (faqat Zakaspiy viloyati bundan mustasno). Turkistonda sovet rejimi o&#8217;rnatilgach, bosqinchi qizil armiya va bolsheviklarga qarshi istiqlolchilik harakati boshlangan. Keyinchalik ba&#8217;zi oq gvardiyachi ofitserlar Rossiyadan Farg&#8217;ona vodiysiga kelib, qo&#8217;rboshilar guruhlarida harbiy instruktor sifatida faoliyat ko&#8217;rsatishgan. Katta Ergash, Madaminbek, Junaidxon bilan Kolchak, A. I. Dutov, Annenkov o&#8217;rtasida ayrim aloqalar bo&#8217;lgan. Biroq Kolchak va boshqalarning Turkistondagi bu harakatdan o&#8217;z maqsadlari yo&#8217;lida foydalanishini sezgan qo&#8217;rboshilar ular bilan aloqalarni to&#8217;xtatishgan. Rossiyada fuqarolar urushi katta yo&#8217;qotishlar keltirgan. Ocharchilik, turli kasalliklar, terror vaharbiy harakatlarda 8-13 million kishi (ulardan faqat 1 million qizil askarlar) halok bo&#8217;lgan. Bu davrda 2 million kishi Rossiyani tark etgan. Xalq xo&#8217;jaligiga keltirilgan moddiy zarar taxminan 50 milliard oltin rublni tashkil qiladi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 1913 yilga qaraganda deyarli 20%, ko&#8217;mir qazib chiqarish 33%, neft olish 50%, qishloq xo\u2019jalik mahsulotlari yetishtirish esa 40% qisqargan. Ad.: Grajdanskaya voyna v Rossii: Perekrestok mneniy, M., 1994; Istoriya Rossii XX vek, M., 2000; Istoriya Sovetskoy Rossii, Sankt-Peterburg, 2001. Qahramon Rajabov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rossiyada fuqarolar urushi &#8211; oktyabr to&#8217;ntarishi natijasida Rossiyada hokimiyatni qo&#8217;lga kiritgan bolsheviklar bilan boshqa ijtimoiy guruhlar va siyosiy kuchlar o&#8217;rtasidagi urush (1918-1922). Bu urush Rossiyaga bostirib kirgan 14 ta davlatning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/rossiyada-fuqarolar-urushi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-105767","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105767","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=105767"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105767\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":105778,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105767\/revisions\/105778"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=105767"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=105767"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=105767"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}