{"id":105771,"date":"2023-09-12T20:23:41","date_gmt":"2023-09-12T17:23:41","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=105771"},"modified":"2023-09-12T20:23:45","modified_gmt":"2023-09-12T17:23:45","slug":"romitan-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/romitan-tumani\/","title":{"rendered":"Romitan tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Romitan tumani \u2014 Buxoro viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. Buxoro viloyatining markazida joylashgan. Tuman hududi shimoli sharqdan katta masofada Peshku, Janubi sharqdan esa Vobkent, Buxoro tumanlari, Janubi g&#8217;arbdan Jondor tumani, tumanning Amudaryo bilan Qizilravot bo&#8217;lagi Amudaryo orqali Turkmaniston, shimoli g&#8217;arbdan Xorazm viloyati va Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 1,29 ming km2. Aholisi 105,5 ming kishi (2003). Tumanda 2 shahar (Romitan, Gazli), 7 qishloq fuqarolar yig&#8217;ini (Bog&#8217;iturkon, Do&#8217;stlik, Romitan, Chilong&#8217;u, Sho&#8217;rcha, Qizilravot, Qo&#8217;rg&#8217;on) bor. Markazi \u2014 Romitan shahri. Tabiati. Tuman hududining relefi, asosan, tekislikdan iborat. Shimoliy g&#8217;arbiy qismi Amudaryo bilan chegaradosh. To&#8217;rtdan uch qismi Qizilqum cho&#8217;li bilan band, shimoliy Kuljuqtov etaklaridan iborat. Janubi Zarafshon daryosining quyi etaklaridagi Buxoro vohasida joylashgan. Cho&#8217;l zonasida yassi tekisliklar bag&#8217;rida alohida ifodalangan tepalar (Jagastepa \u2014 226 metr, Nortepa \u2014 191 metr) bo&#8217;rtib turadi. Aksariyat maydonlar qumli, gipsli cho&#8217;l yaylovzorlari bilan band. Janubdan Zarafshon daryosining irmoqlari oqadi. Tumanning asosiy suv manbai Amu-Buxoro mashina kanalidir. Iqlimi keskin kontinental. YanvArning o&#8217;rtacha temperaturasi 0\u00b0, -1,5\u00b0, Qizilravot atrofida -3\u00b0, -4\u00b0, eng past temperatura -29\u00b0, iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 28\u00b0\u2014 31,3\u00b0, eng yuqori temperatura 45\u00b0. Vegetatsiya davri 200\u2014 205 kungacha kuzatiladi. Yillik yog&#8217;in 100-130 mm. Tuproqlari, asosan, o&#8217;tloqi, bo&#8217;z tuproqlar, cho&#8217;lqum, taqir bo&#8217;z tuproqlar, sho&#8217;rxok va sho&#8217;rtoblar uchraydi. Yovvoyi o&#8217;simliklardan boyalich, kavrak, sho&#8217;rashuvoq, yantoq, yer osti suvlari yaqin joylarda qamish, qumloqlarda saksovul o&#8217;sadi. Bahorda rang, qo&#8217;ng&#8217;irbosh, yaltirbosh, lola va boshqalar o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan taroq barmoqli qo&#8217;shoyoq, ingichka barmoqli yumronqoziq, qo&#8217;shoyoq, qumsichqon, qum bo&#8217;g&#8217;ma iloni, charx ilon, kaltakesaklar, chayon, qoraqurt va boshqalar bor. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar (78,5%), shuningdek, qozoq, tojik, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 km2ga 81,8 kishi. Shaharliklar 21,1 ming kishi, qishloq aholisi 84,4 ming kishi. Xo&#8217;jaligi. Paxtachilik, g&#8217;allachilik, bog&#8217;dorchilik yetakchilik qiladi. Chorvachilikda qoramolchilik, qorako&#8217;lchilik, parrandachilik, tuyachilik, baliqchilik yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan, pillachilik ham rivojlangan. 858 fermer xo&#8217;jaligi bor. 14 ta muqobil MTP, 1 MTP aktsiyadorlik jamiyati fermer xo&#8217;jaliklarga xizmat ko&#8217;rsatadi. Romitan tumanida 1667 kichik va o&#8217;rta korxona bor. Tumanda gaz sanoati (Gazli), paxta tozalash zavodi, hunarmandchilik tarmoqlari faoliyat ko&#8217;rsatadi. Avtotransport asosiy o&#8217;rinda. Tuman jamoa va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida 51,4 ming qoramol, 96 ming qo&#8217;y va echki, 400 ga yaqin ot va tuya, 53,4 ming parranda boqiladi (2003). Romitan tumanining umumiy yer maydoni qariyb 419 ming gektar, shundan sug&#8217;oriladigan yerlar maydoni 23,1 ming gektardan ziyod, ekin maydoni 20,5 ming gektardan ziyod, 12,7 ming gekar maydonga paxta, 6,2 ming gektardan ziyod maydonga g&#8217;alla ekiladi, shuningdek, kartoshka, sabzavot va poliz ekinlari ham yetishtiriladi. 1300 gektar maydonda mevazor va tokzor bor. Yaylovlar qariyb 254,9 ming gektar maydonni egallaydi. 45 umumiy ta&#8217;lim maktabidan (26 mingdan ortiq o&#8217;quvchi) 2 tasi iqtidorli bolalar internat maktabidir. 1 litsey, 3 kasb-hunar kolleji (1300 o&#8217;quvchi) bor. 41 kutubxona, madaniyat uyi faoliyat ko&#8217;rsatmoqda. Tarix o&#8217;lkashunoslik muzeyi ishlab turibdi. 335 o&#8217;rinli 4 kasalxona, 5 poliklinika, tashxis markazi, 3 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 25 qishloq vrachlik punkti va boshqa tibbiy muassasalarda 240 vrach, 1300 o&#8217;rta tibbiy xodim ishlaydi (2003). Romitan tumani bilan qo&#8217;shni tumanlar o&#8217;rtasida avtobuslar qatnaydi. 1934 yildan &#8220;Romitannoma&#8221; tuman gazeta chiqadi (adadi 1600). Ad.: Xalimov T., Qobilov I. Qadimiy va navqiron Romitan, T., 1997. Qahramon Rajabov, Lola Muhammadjonova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Romitan tumani \u2014 Buxoro viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. Buxoro viloyatining markazida joylashgan. Tuman hududi shimoli sharqdan katta masofada Peshku, Janubi sharqdan esa Vobkent, Buxoro tumanlari, Janubi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/romitan-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-105771","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105771","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=105771"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105771\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":105774,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105771\/revisions\/105774"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=105771"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=105771"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=105771"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}