{"id":105872,"date":"2023-09-13T10:42:05","date_gmt":"2023-09-13T07:42:05","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=105872"},"modified":"2023-09-13T10:42:15","modified_gmt":"2023-09-13T07:42:15","slug":"rofe-ibn-lays-qozgoloni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/rofe-ibn-lays-qozgoloni\/","title":{"rendered":"Rofe ibn Lays qo&#8217;zg&#8217;oloni"},"content":{"rendered":"\n<p>Rofe ibn Lays qo&#8217;zg&#8217;oloni (806\u2014 810) \u2014 Movarounnahr va Xurosonda abbosiylar xalifaligiga qarshi ko&#8217;tarilgan qo&#8217;zg&#8217;olon. Unga Nasr ibn Sayyo&#8217;rning nabirasi, Buxorxudot Tug&#8217;shodaning kuyovi Rofe ibn Lays boshchilik qilgan. Qo&#8217;zg&#8217;olonga Xuroson va Movarounnahr noibi Ali ibn Isoning mahalliy xalqqa nisbatan o&#8217;tkazayotgan zulmi sabab bo&#8217;lgan. Unda mahalliy dehqonlar, kashovarzlar va kadivarlar, turk qabilalari (qarluqlar va boshqalar) hamda ayrim Arab zodagonlari faol qatnashgan. Qo&#8217;zg&#8217;olon 2 bosqichdan iborat bo&#8217;lgan. Tabariyning yozishicha, qo&#8217;zg&#8217;olon boshlanishiga maishiy holatlar (nufuzli Arab oqsuyaklari o&#8217;rtasidagi o&#8217;zaro kelishmovchilik va boshqalar) bahona bo&#8217;lgan. Qo&#8217;zg&#8217;olonning 1-bosqichida o&#8217;zi Arab va Xuroson noibining mehtari bo&#8217;lgan Rofe ibn Laysning harakatga yetakchilik qilishi uning qo&#8217;zg&#8217;olonchilar o&#8217;rtasida nufuzi ortishiga olib kelgan. Janglarda Rofe ibn Lays guruhi Samarqand hokimi Sulaymon ibn Humayd (806)ni va Shosh turklaridan iborat maxsus guruh noibning o&#8217;g&#8217;li Iso ibn Ali (807 yil sentabr)ni o&#8217;ldirgach, qo&#8217;zg&#8217;olon avj olib ketgan va Samarqanddan tashqari Buxoro, Xorazm, Shosh, Xo&#8217;jand, Usrushona, Nasaf, Chag&#8217;oniyon, Xuttalon, Balx va Toxaristonga keng yoyilgan. Buxorodagi qo&#8217;zg&#8217;olonga Rofe ibn Laysning ukasi Bashir ibn Lays, Ishtixondagi qo&#8217;zg&#8217;olonga esa Ujayf ibn Anbas boshchilik qilgan. Qo&#8217;zg&#8217;olon ko&#8217;lamining tobora kengayib borishidan cho&#8217;chigan xalifa Horun arrashid 300 ming kishilik qo&#8217;shinni Harsama ibn Ayyon boshchiligida Xurosonga jo&#8217;natgan (807 yil oxiri). Harsama Marv va Amul orqali Buxoroga keladi va shiddatli janglardan so&#8217;ng uni egallaydi (809). Bashir ibn Lays qo&#8217;lga olinib, tusda qiynab o&#8217;ldirilgan. Keyinchalik Horun Arrashid o&#8217;g&#8217;li \u2014 Ma&#8217;mun bilan birga qo&#8217;zg&#8217;olonchilarga qarshi qo&#8217;shin tortib kelgan. Biroq tuega yetib kelgach, xastalanib vafot etgan (809 yil mart). Xuroson noibi bo&#8217;lib olgan Ma&#8217;mun turli yo&#8217;llar bilan qo&#8217;zg&#8217;olonni bostirishga intilgan. Rofe ibn Lays Samarqandda mustahkam o&#8217;rnashib, unda mudofaa devorlari kurdirgan. U qarluqlar, to&#8217;qqiz o&#8217;g&#8217;uzlar va boshqa turk qabilalaridan ham yordam so&#8217;ragan. Ma&#8217;mun mahalliy mulkdor Somonxudotning nabiralari \u2014 Nuh, Ahmad, Yahyo va Ilyos ibn Asadga maktub yuborib, lashkarboshi Xarsama ibn ayyonning qo&#8217;zg&#8217;olonchilarga qarshi kurashida madad berishini so&#8217;raydi. Bal&#8217;amiyning aytishicha, Ma&#8217;mun Xuroson va Movarounnahr aholisini bir yil xiroj to&#8217;lashdan butunlay ozod qilib, xiroj miqdorini 1\/4 qismga kamaytirgan. Ma&#8217;munning akasi \u2014 xalifa Amin bilan hokimiyat uchun bo&#8217;lgan kurashlarda mahalliy tabaqa zodagonlari Ma&#8217;munni qo&#8217;llab-quvvatlaydi. Lekin shu paytdan boshlab qo&#8217;zg&#8217;olon susayadi va uning 2-bosqichi boshlanadi. Narshaxiyning yozishicha, Asad o&#8217;g&#8217;illarining da&#8217;vatiga ko&#8217;ra, Rofe ibn Lays dastlab Xarsama bilan sulh tuzgan va ular o&#8217;rtasida quad-andachilik vujudga kelgan. Samarqandda Rofe ibn Lays va uning tarafdorlari o&#8217;z xohishlari bilan taslim bo&#8217;lgach (809 yil oktabr), qo&#8217;zg&#8217;olondan Arab va mahalliy zodagonlar chetlashgan. Yo&#8217;lboshchilarsiz qolgan qo&#8217;zg&#8217;olon tez orada butunlay bostirilgan (810). Rofe ibn Laysning keyingi taqtsiri haqida bir-biriga zid turli fikrlar (yangi xalifaning saroyida xizmat qilishdan tortib to qatl qilinishigacha kabi) mavud. Rofe ibn Lays qo&#8217;zg&#8217;oloni Movarounnaxr va Xurosonda xalifalik hokimiyati inqirozining tezlashuvi hamda Somoniylar sulolasi vakillari Nuh ibn Asadiy Samarqand, Ahmad ibn Asadni Farg&#8217;ona (Narshaxiyning yozishicha, Marv), Yahyo ibn Asadni Choch va Usrushona, Ilyos ibn Asadni Hirot amirlari bulishi (817)ga imkon yaratdi. Tohiriylar sulolasi ning asoschisi Tohir ibn Husayn esa Xuroson amiri bo&#8217;lgan (821). Manba: Istoriya at-Tabari, T., 1987; Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966. Qahramon Rajabov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rofe ibn Lays qo&#8217;zg&#8217;oloni (806\u2014 810) \u2014 Movarounnahr va Xurosonda abbosiylar xalifaligiga qarshi ko&#8217;tarilgan qo&#8217;zg&#8217;olon. Unga Nasr ibn Sayyo&#8217;rning nabirasi, Buxorxudot Tug&#8217;shodaning kuyovi Rofe ibn Lays boshchilik qilgan. Qo&#8217;zg&#8217;olonga Xuroson &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/rofe-ibn-lays-qozgoloni\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-105872","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105872","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=105872"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105872\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":105887,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105872\/revisions\/105887"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=105872"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=105872"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=105872"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}