{"id":106018,"date":"2023-09-14T10:20:16","date_gmt":"2023-09-14T07:20:16","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=106018"},"modified":"2023-09-14T10:20:19","modified_gmt":"2023-09-14T07:20:19","slug":"rio-de-janeyro-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/rio-de-janeyro-2\/","title":{"rendered":"Rio-de-Janeyro"},"content":{"rendered":"\n<p>Rio-de-Janeyro \u2014 Braziliyaning Janubiy Sharqiy qismidagi shahar, Atlantika okeanining Guanabara buxtasining g&#8217;arbiy sohilida. Rio-de-Janeyro shtatining ma&#8217;muriy markazi. Iqlimi tropik iqlim. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi 26\u00b0, iyulniki 2G. Yillik yog&#8217;in 1000 mm dan ortiq. Aholisi 5,85 million kishi (2000). Atrofidagi shaharlar bilan katta Rio-de-Janeyro aglomerasiyasini tashkil qiladi. Shaharga bu erga ilk bor 1502 yil 1 yanvarda kelgan portugallar tomonidan 1565 yilda asos solingan va Rio-de-Janeyro \u2014 Yanvar daryosi deb atalgan. Sababi ular Guanabara buxtasini noma&#8217;lum daryoning quyilish joyi deb hisoblaganlar. 1531 yilda bu yerda Fort qurilgan. Uzoq muddat kichikroq qishloq bo&#8217;lgan. 17-asr oxiridan shahar tez o&#8217;sa boshladi. 18-asr o&#8217;rtalarigacha Janubiy Amerikaning qul savdosi markazi edi. 1763 yildan Portugaliya mustamlakasi bo&#8217;lgan Braziliya viseqirolligi, 1822-89 yillarda Braziliya imperiyasi, 1889 \u2014 1960 yillarda Braziliya Federativ Respublikasi poytaxti. Rio-de-Janeyro \u2014 mamlakatning yirik tashqi savdo portlaridan. Chetga kofe, shakarqand, teri, qimmatbaho yog&#8217;och, ruda, paxta, meva chiqariladi, chetdan kumir, neft, tsement, mashinalar keltiriladi. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. Muhim temir yo\u2019l va avtomobil yo&#8217;llari shaharni sohilbo&#8217;yi va ichki rayonlar bilan bog&#8217;laydi. Rio-de-Janeyro \u2014 iqtisodiy ahamiyati bo&#8217;yicha mamlakatning San-Paulu shahridan keyin 2o&#8217;rindagi savdo-sanoat markazi. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: oziq- ovqat, farmatsevtika, to&#8217;qimachilik, kimyo, metallurgiya, poligrafiya, elektrotexnika, mashinasozlik sanoatlari. Neft kimyosi, kemasozlik rivojlangan. Yog\u2019ochsozlik, mebel, ko&#8217;npoyabzal, rezina-texnika, tikuvchilik, zargarlik buyumlari ishlab chiqarish korxonalari bor. Rio-de-Janeyro mamlakatning yirik madaniy markazlaridan. Braziliya fanlar akademiyasi, Braziliya filologiya akademiyasi, tibbiyot milliy akademiyasi, 6 universitet, milliy kutubxona, rasadxona, teatrlar, muzeylar: milliy, nafis san&#8217;at, tarix, Braziliya geografiyasi va boshqalar, botanika va hayvonot bog\u2019lari bor. Me&#8217;moriy yodgorliklardan sobor, ratusha, cherkov, ibodatxona, saroylar saqlangan. Sohil bo&#8217;yida zamonaviy uslubda qurilgan otel va pansionat ko&#8217;p. Shaharda dunyoda eng katta Marakanya stadioni qurilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rio-de-Janeyro \u2014 Braziliyaning Janubiy Sharqiy qismidagi shahar, Atlantika okeanining Guanabara buxtasining g&#8217;arbiy sohilida. Rio-de-Janeyro shtatining ma&#8217;muriy markazi. Iqlimi tropik iqlim. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi 26\u00b0, iyulniki 2G. Yillik yog&#8217;in 1000 mm &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/rio-de-janeyro-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-106018","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106018","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=106018"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106018\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":106027,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106018\/revisions\/106027"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=106018"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=106018"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=106018"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}