{"id":106045,"date":"2023-09-14T10:27:11","date_gmt":"2023-09-14T07:27:11","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=106045"},"modified":"2023-09-14T10:27:15","modified_gmt":"2023-09-14T07:27:15","slug":"romitan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/romitan\/","title":{"rendered":"Romitan"},"content":{"rendered":"\n<p>Romitan \u2014 Buxoro viloyati Romitan tumanidagi shahar (1981 yildan), tumanning ma&#8217;muriy markazi. Yaqin temir yo\u2019l stantsiyasi\u2014Kogon (30 kilometr). Viloyat markazi (Buxoro)dan 17 kilometr. Aholisi 15 ming kishi (2003), asosan, o&#8217;zbeklar, shuningdek, tojik, qozoq, tatar, rus va boshqalar ham yashaydi. Romitan O&#8217;zbekistonning qadimgi shaharlaridan biri. Romitan nomi mahalliy rivoyatga ko&#8217;ra, &#8220;Romitan&#8221; \u2014 &#8220;tan oromi&#8221; dan deyiladi. &#8220;Romitan&#8221; atamasi turkey Mitan urug&#8217;i nomidan kelib chiqqan degan taxminlar ham mavjud. Narshaxiy yozishicha, Romitan katta bir ko&#8217;handizga ega va mustahkam bir qishloq bo&#8217;lib, Buxorodan qadimiyroqdir. Ba&#8217;zi manbalarda bu qishloqni Buxoro deb ataganlar. Romitanda qadimda hukmdorlar turar joylari bo&#8217;lgan. Buxoro shahri vujudga kelgandan so&#8217;ng ular Romitanda faqatgina qish faslida yashaganlar. Arab sarkardasi Ubaydulloh ibn Ziyod qo&#8217;shini 674 yilda Romitanga bosqin uyushtirgan. Buxoroliklarning Arab qo&#8217;shini bilan bo&#8217;lgan hal qiluvchi jangi Romitan yaqinida Vardonze hududida bo&#8217;lib o&#8217;tgan. Tabariyning yozishicha, 707 yilda Kutayba Romitanni bosib olgan. Xuroson voliysi Abu Muslim Buxoroga har gal kelganida o&#8217;z qarorgohini Romitanda joylashtirgan. Arab geograf va sayyoxdari 10-asrda Buxoro vohasidagi 30 ga yaqin shaharlar qatorida Romitan nomini ham tilga olishgan. Mahmud ibn Banuwmx: &#8220;Bahr alasror&#8221; (17-asr) asarida yozishicha, Romitan Buxoro viloyatidagi 10 ta tumanning biri, o&#8217;rta asrlarda &#8220;Samjon&#8221; (Romitan tumanining 2-nomi) deb atalgan. Romitan Toshkent\u2014Samarqand\u2014Urganch, Toshkent\u2014Nukus avtomagistral yo&#8217;li yoqasida joylashgan. Aholisi va xo&#8217;jaliklari Amu \u2014 Buxoro mashina kanalidan suv oladi. Shaharda g&#8217;isht va paxta tozalash zavodlari, to&#8217;quvchilik fabrikasi, bosmaxona, dehqon bozori, novvoyxona, mehmonxona, aloqa bo&#8217;limi, bank, madaniy savdo va maishiy xizmat ko&#8217;rsatish shoxobchalari bor. Umumiy ta&#8217;lim maktablari, qishloq xo\u2019jalik kasb-hunar kolleji, madaniyat saroyi, kutubxona, stadion, &#8220;g&#8217;alaba&#8221; madaniyat va istirohat bog&#8217;i, kasalxona va dorixonalar mavjud. &#8220;Noma&#8217;lum askar&#8221; yodgorligi qurilgan. Romitanda me&#8217;moriy yodgorliklardan Mulla Mir Hakim xonaqosi, Xoja Ali Romitaniy (Xojai Azizon) va Xoja Muhammad Boboyi Samosiy maqbaralari (13-14-asrlar), Zarafshon daryosi ustida qurilgan Choriqulboy ko&#8217;prigi saqlangan. Hazrati Xoja Ubbon va Xoja za&#8217;faron qadamjo (ziyoratgoh)lari bor. Ad.: Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966; Istoriya atTabari, T., 1987; Mahmud ibn Vali More tayn, T., 1977; naselyonnie punkti Buxarskogo emirata, T.,2001.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Romitan \u2014 Buxoro viloyati Romitan tumanidagi shahar (1981 yildan), tumanning ma&#8217;muriy markazi. Yaqin temir yo\u2019l stantsiyasi\u2014Kogon (30 kilometr). Viloyat markazi (Buxoro)dan 17 kilometr. Aholisi 15 ming kishi (2003), asosan, o&#8217;zbeklar, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/romitan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-106045","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106045","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=106045"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106045\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":106058,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106045\/revisions\/106058"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=106045"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=106045"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=106045"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}