{"id":106050,"date":"2023-09-14T10:27:15","date_gmt":"2023-09-14T07:27:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=106050"},"modified":"2023-09-14T10:27:22","modified_gmt":"2023-09-14T07:27:22","slug":"rostov-viloyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/rostov-viloyati\/","title":{"rendered":"Rostov viloyati"},"content":{"rendered":"\n<p>Rostov viloyati \u2014 Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1937 yil 13 sentabrda tuzilgan. Janubiy federal okrugiga kiradi. Maydoni 100,8 ming km2. Aholisi 4406,7 ming kishi (2002), asosan, ruslar, shuningdek, ukrain, arman, belorus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi \u2014 67,6%. Viloyat tarkibida 43 ma&#8217;muriy tuman, 23 shahar, 25 shaharcha bor. Markazi \u2014 Rostov-Don shahri. Boshqa yirik shaharlari: Taganrog, shaxti, Novocherkassk, Volgodonsk, Novoshaxtinsk. Rostov viloyati Rossiya Yevropa qismining Janubda joylashgan. Janubi g&#8217;arbda Azov dengizining Taganrog qo&#8217;ltig&#8217;iga tutash. Relefi, asosan, tekislik. G&#8217;arbida Donesk kryajining Sharqiy etaklari (eng baland joyi \u2014 253 metr), shimolda don gryadasi, Janubi sharqda Ergeni qirlari, Janubda kumamanich botig&#8217;i joylashgan. Foydali qazilmalari: temir rudasi, antrasit, kokslanuvchi kumir, kvarsit, ohaktosh, qurilish materiallari, osh tuzi, tabiiy gaz va boshqalar. Iqlimi mo&#8217;tadil kontinental. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -9\u00b0 dan (shimolda) \u2014 5\u00b0gacha (Janubda), iyulniki 22\u00b0, 24\u00b0. O&#8217;rtacha yillik yog&#8217;in 400-650 mm. Vegetatsiya davri 165-180 kun. Asosiy daryolari \u2014 don va uning irmoqlari (Severe kiy Dones, sal, Manich va boshqalar). Qoratuproq, kashtan, sho&#8217;rtob tuproqlar tarqalgan. Har xil boshoqlilar, betagachalov, shuvoq o&#8217;sadi. Tulki, sayg&#8217;oq, sassiqko&#8217;zan, yumronqoziq, qo&#8217;shoyoq, bedana, kaklik yashaydi. Viloyat hududida Rostov qo&#8217;riqxonasi joylashgan. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: mashinasozlik va metallsozlik, shu jumladan, qishloq xo\u2019jalik (kombaynlar, kultivatorlar va boshqalar \u2014 &#8220;Rostselmash&#8221; ishlab chiqarish birlashmasi), energetika; temirchilik-presslash (&#8220;Donpressmash&#8221; ishlab chiqarish birlashmasi), metallurgiya, neft, savdo jihozlari, metallsozlik stanoklari, asboblar, elektrovozlar (Novocherkassk elektrovoz zavodi), ekskavatorlar, optika-mexanika, uy-ro&#8217;zg&#8217;or elektr asboblari, neft-gazni qayta ishlaydigan jihozlar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish. Qora va rangli metallurgiya, kimyo va neft kimyosi (kimyo tolasi, plastmassa, texnik rezina, lokbo&#8217;yoq mahsulotlari), oziq-ovqat (go&#8217;sht, yog&#8217;moy, konserva va boshqalar) sanoatlari ham rivojlangan. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Toshko&#8217;mir qazib olinadi (Donesk havzasi). Novocherkassk va boshqa issiqlik elektr stantsiyalari, Tsimlyansk GES bor. Qishloq xo\u2019jalikning yetakchi tarmog&#8217;i \u2014 dehqonchilik. Bug&#8217;doy, arpa, sholi, kungaboqar, poliz, sabzavot, kartoshka, yem-xashak ekinlari ekiladi. Tokchilik va mevachilik rivojlangan. Chorvachiligi go&#8217;shtsutga ixtisoslashgan. Qoramol, qo&#8217;y va echki, cho&#8217;chqa, parranda boqiladi. Azov dengizi, don, Severskiy Dones, G&#8217;arbiy Manich daryolarida kema qatnaydi. Dengiz porti \u2014 Taganrog; Daryo portlari \u2014 Rostov-don, Ustdoneskiy. Temir yo\u2019llar uzunligi 1865 kilometr, kattik qoplamali avtomobil yo&#8217;llar uzunligi 10988 kilometr (2002). 16 oliy o&#8217;quv yurti, 8 muzey, 7 teatr, filarmoniya, tsirk, qimiz bilan davolaydigan Manich iqlim kurorti, Vyoshenskaya kurorti va 12 sanatoriy mavjud.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rostov viloyati \u2014 Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1937 yil 13 sentabrda tuzilgan. Janubiy federal okrugiga kiradi. Maydoni 100,8 ming km2. Aholisi 4406,7 ming kishi (2002), asosan, ruslar, shuningdek, ukrain, arman, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/rostov-viloyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-106050","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106050","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=106050"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106050\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":106062,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106050\/revisions\/106062"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=106050"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=106050"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=106050"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}