{"id":106179,"date":"2023-09-15T08:39:32","date_gmt":"2023-09-15T05:39:32","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=106179"},"modified":"2023-09-15T08:39:38","modified_gmt":"2023-09-15T05:39:38","slug":"robot","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/robot\/","title":{"rendered":"Robot"},"content":{"rendered":"\n<p>Robot (chexcha robota \u2014 erksiz mehnat, rob \u2014 qul) \u2014 insonning hayoti uchun xavfli sharoitlar (kuchli radiasiya, yuqori temperatura va boshqalar)da, odam borishi qiyin bo&#8217;lgan ob&#8217;yektlarda (suv ostida, Kosmosda) kishi funktsiyasini qisman yoki to&#8217;la bajaruvchi mashina. &#8220;Robot&#8221; terminini birinchi marta 1920 yilda Chex yozuvchisi K. Chapek o&#8217;zining &#8220;R. U. R.&#8221; pyesasida ishlatgan. Robotlar, asosan, 3 turga bo&#8217;linadi: qat&#8217;iy dastur asosida ishlaydigan Robot, odam (operator) boshqaradigan Robot va sun&#8217;iy intellektli (integralli) Robot. Ish bajarish turiga qarab, Robot manipulyatorlar, axborot uzatuvchi Robot, odimlovchi Robot va boshqalarga bo&#8217;linadi. Robotlarning tashqi ko&#8217;rinishi ham, xatti-harakatlari ham odamni eslatadi, ya&#8217;ni ular antropomorf (odamsimon) mashinalar hisoblanadi va boshqa mashinalardan shu xususiyati bilan farq qiladi. Robotlar texnikasining asosiy 2 yo&#8217;nalishi mavjud: sanoatda ishlatiladigan va favqulodda (ekstremal) sharoitda ishlatiladigan Robotlar texnikasi. Sanoatda ishlatiladigan Robot, Masalan, Robotmanipulyatorda &#8220;mexanik qo&#8217;llari&#8221; va tashqi boshqarish pulti yoki o&#8217;ziga o&#8217;rnatilgan dasturli boshqarish qurilmasi, EHM (kompyuter) bo&#8217;ladi. Operator Robot qo&#8217;llarining harakatini bevosita yoki televizor ekranidan kuzatib boshqaradi. Ko&#8217;pincha Robot avtomatik boshqarish tizimi bilan jihozlanadi. Robotmanipulyatorlar, asosan, kishi salomatligi uchun xavfli bo&#8217;lgan (ekstremal) sharoitlarda qo&#8217;llaniladi. Robotlar jarayonlarni avtomatlashtirishning eng samarali vositasi hisoblanadi. Robotlardan foydalanish sohalari borgan sari kengayib bormokda. Masalan, Yaponiyada 6 ming metrgacha chuqurlikda ishlay oladigan Robot&#8221;geolog&#8221;, notani &#8220;o&#8217;qib&#8221; elektr gitara chaladigan Robot &#8220;mashshoq&#8221;, Avstraliyada qo&#8217;y junini qirqadigan Robot &#8220;sartarosh&#8221;, AQSh da suv ostida ishlay oladigan Robot &#8220;g&#8217;avvos&#8221; yaratilgan. Germaniyada esa Robotlar polisiyada ishlaydi (ularga portlovchi moddalar o&#8217;rnatilgan mashinalarni ochish vazifasi topshiriladi). Avtomobilsozlik rivojlangan barcha mamlakatlarda (shu jumladan, O&#8217;zbekistonda) Robotlar mashinalarni yig&#8217;ishda (ayniqsa, payvandlash ishlarida) qatnashadi. Ixtirochilar avtomobilni boshqara oladigan Robotni yasash bilan shug&#8217;ullanishmokda. Bunday Robotning varianti Volkswagen (VW) zdida (Germaniya) yaratilgan. &#8220;Klaus&#8221; laqabli ushbu Robot 2000 yilda namoyish qilingan. U boshqa Robotlar kabi 2 qo&#8217;l va 2 oyokdi emas, balki 3 qo&#8217;l va 3 oyoqqa ega. Bu Robot 2002 yilgi ko&#8217;rgazmada ham ishtirok etdi, lekin hali amalda qo&#8217;llanilganicha yo&#8217;q. Bunday Robotlar ustida Yaponiyada ham tajribalar olib borilmoqda. &#8220;Soni&#8221; kompaniyasi (Yaponiya) sun&#8217;iy intellektli &#8220;Aybo&#8221; (&#8220;o&#8217;rtoq&#8221;) nomli Robotni yaratdi (2004). U uydagi ko&#8217;p ishlarni (mebelni surish, Oynani artish, telefon jiringlaganda uy egasini chaqirish va boshqalarni) bajaradi. Mirkomil Mirboboyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Robot (chexcha robota \u2014 erksiz mehnat, rob \u2014 qul) \u2014 insonning hayoti uchun xavfli sharoitlar (kuchli radiasiya, yuqori temperatura va boshqalar)da, odam borishi qiyin bo&#8217;lgan ob&#8217;yektlarda (suv ostida, Kosmosda) kishi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/robot\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-106179","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106179","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=106179"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106179\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":106192,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106179\/revisions\/106192"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=106179"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=106179"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=106179"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}