{"id":106187,"date":"2023-09-15T08:39:28","date_gmt":"2023-09-15T05:39:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=106187"},"modified":"2023-09-15T08:39:33","modified_gmt":"2023-09-15T05:39:33","slug":"rokoko","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/rokoko\/","title":{"rendered":"Rokoko"},"content":{"rendered":"\n<p>Rokoko (Fransuzcha rococo), rokayl \u2014 18-asr 1-yarmida Yevropa nafis san&#8217;atida yuzaga kelgan uslub (bezaklari chig&#8217;anoqqa o&#8217;xshatib gajaksimon ishlanadi). Dastlab Frantsiyada paydo bo&#8217;lgan, keyinchalik Germaniya, Avstriya va boshqa mamlakatlarga tarqalgan. 30-40-yillarda Rokoko eng gullagan davrini boshidan kechirgan. Absolyutizm inqirozi davrida kiborlarga xos bo&#8217;lgan xususiyatlar, ya&#8217;ni Real hayotdan qochib, soxta teatrlashtirilgan hayot tarziga intilish va boshqalarni o&#8217;zida aks ettirgan. Me&#8217;morlikda bezakka ta&#8217;sir etib, jim-jimadorlikka e&#8217;tibor kuchaydi: nozik hoshiyalarga olingan o&#8217;yma va bo&#8217;rtma naqshlar, o&#8217;rama, kartush, rokayl va boshqa keng qo&#8217;llanildi; binolarda simmetriya o&#8217;rnini asimmetriya, tartibsizlik egallay boshladi. Binolar tashqi ko&#8217;rinishi jiddiy va sipo ishlangani holda xonalarni bezashga e&#8217;tibor ortdi, bino, uning xonalari uchun olingan nisbatlar ham yengil va nafislikka ega bo&#8217;la boshladi, xonaning ichki qismi yengil &#8220;pastel&#8221; rangida ishlangan naqshlar, afsonalardan olingan kichik suratlar bilan bezatildi, xonalarning burchaklari yo&#8217;q qilinib oval shakliga ega bo&#8217;la boshladi. Ichki bezaklarda ko&#8217;zgularning bezak imkoniyatlari ham hisobga olindi, mebellar ham xona va uning bezagiga moslab tanlandi (me&#8217;morlar J. M. Oppener, J. O. Meysone, J. Bofran va boshqalar). Rangtasvir, grafika va haykaltaroshlik Rokoko asarlari o&#8217;ta nafis, nozik sahnalar bir oz o&#8217;ynoqi va jim-jimadorligi bilan ajralib turadi. Bezak va dastgoh san&#8217;atida namoyon bo&#8217;lgan devor, plafon, eshik tepasiga ishlangan tasvirlar, gobelenlar ko&#8217;ngil ochishga mo&#8217;ljallangan mavzular bilan to&#8217;ldirildi; odam qomati bezak bo&#8217;lagiga aylana bordi; kompozitsiya qurilishi yengillik, mayinlik xislatini ifodalashga bo&#8217;ysundirildi. Rasmlar mavzusi ham birmuncha cheklangan bo&#8217;lib, ishq-muhabbat, kiborlarning ko&#8217;ngil ochishi va dam olishi, pastoral mavzuda (tabiat qo&#8217;ynida erkin, farog&#8217;atda yashayotgan cho&#8217;pon yigit va qizlar hayotiga bag&#8217;ishlangan) asarlar yaratildi, portretlar chizildi (rassomlar F. Bushe, A. Vatto, N. Lankre, J. Fragonar va boshqalar). Haykaltaroshlikda releflar, binolar intererini bezaydigan haykallar (haykalcha, byust, terrakotadan yasalgan naqshlangan yoki sirlanmagan chinnilar) keng o&#8217;rin egalladi. Nozik ranglar jilosiga boy Rokoko rangtasviri ham bezak xususiyatiga ega edi. Amaliy san&#8217;at ustalari xom ashyoning ifoda imkoniyatlarini nozik ochib bera oldi. 18-asr o&#8217;rtalaridan Rokoko uslubi kompozitsiyalarining haddan ortiq murakkabligi, jim-jimadorligi tanqidga uchray boshladi. Rokoko o&#8217;rnini klassisizm egallay boshladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rokoko (Fransuzcha rococo), rokayl \u2014 18-asr 1-yarmida Yevropa nafis san&#8217;atida yuzaga kelgan uslub (bezaklari chig&#8217;anoqqa o&#8217;xshatib gajaksimon ishlanadi). Dastlab Frantsiyada paydo bo&#8217;lgan, keyinchalik Germaniya, Avstriya va boshqa mamlakatlarga tarqalgan. 30-40-yillarda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/rokoko\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-106187","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106187","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=106187"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106187\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":106188,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106187\/revisions\/106188"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=106187"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=106187"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=106187"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}