{"id":106383,"date":"2023-09-15T13:26:23","date_gmt":"2023-09-15T10:26:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=106383"},"modified":"2023-09-15T13:26:26","modified_gmt":"2023-09-15T10:26:26","slug":"ribonuklein-kislotalar-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ribonuklein-kislotalar-2\/","title":{"rendered":"Ribonuklein kislotalar"},"content":{"rendered":"\n<p>Ribonuklein kislotalar (RNK) \u2014 yuqori molekulali murakkab birikmalar, nuklein kislotalardan biri, monomerlari nukleotidlardan iborat. Har bir nukleotidi tarkibiga uglevod D \u2014 riboza, azotli asoslar, adenin, guanin, tsitozin va urasildan biri hamda fosfor kislotasi krldig&#8217;i kiradi. Barcha tirik organizmlar va ko&#8217;pgina viruslarning muhim komponenti. Irsiy axborotning nasldan naslga o&#8217;tishida ishtirok etadi. Ribonuklein kislotalar molekulasining fazoviy strukturasi, asosan, bir ipli polinukleotid zanjirdan iborat bo&#8217;lib, tarkibida 75 tadan 10000 tagacha nukleotid qoldig&#8217;i bor. Molekulasining ayrim qismlarida azot asoslarining komplementarlik printsipiga binoan qo&#8217;sh zanjirlar hosil bo&#8217;ladi. Funktsiyasi va strukturasiga ko&#8217;ra, Ribonuklein kislotalar ribosomal (rRNK), transport (tRNK), informasiey (iRNK) va kichik molekulali (km RNK)ga ajratiladi. Tirik xujayralarda RNK sintezi DNK matrisasida Rnk polimeraza fermenti yordamida amalga oshadi. Eukariot hujayralarda RNK molekulalari 3 xil RNK \u2014 polimeraza ishtirokida sintezlanadi. Sintezlangan DNK matrisasiga komplementar, chunki RNK zanjiridagi nukleotidlar izchilligini DNK matrisasidagi nukleotidlar qatori belgilaydi. Muayyan gen sintezidagi DNKning komplementar 2 zanjiridan faqat bittasi RNK uchun matrisa vazifasini bajaradi. Odatda, RNK molekulalari u sintezlaydigan funktsional molekulalarga nisbatan birmuncha katta molekulyar massaga ega. Hujayradagi RNK sonining 80% ini ribosomal RNK tashkil etadi. Uning molekulyar massasi 1,1 \u2014 1,7 million bo&#8217;lib, 4000-6000 mononukleotid qoldig&#8217;idan iborat. RNKning bu xili ribosomalarning shakllanishida ishtirok etadi. Shakllangan ribosomalarning 60% massasini rRNK tashkil qiladi. Transport RNK hujayradagi RNKning 15% ini tashkil etadi. U aminokislotalarni oqsil sintezlaydigan ribosomalarga yetkazib beradi. Transport RNKning molekulyar massasi 25000 ga yaqin bo&#8217;lib, 60-90 nukleotid qoldig&#8217;idan iborat. Transport RNK boshqa RNKga nisbatan yaxshi o&#8217;rganilgan. Uning strukturasi beda bargiga o&#8217;xshaydi. Har bir aminokislotaning o&#8217;ziga xos tRNKsi mavjud bo&#8217;lib, aminoasilsintetaza fermenti bilan birga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. Bu ferment o&#8217;ziga xos keladigan tRNK va aminokislotani tanish xususiyatiga ega. Ayrim hollarda bitta aminokislota ikki va undan ortiq tRNK yordamida kodlanadi. Informatsion RNK hujayradagi RNK massasining 2-6% ini tashkil etadi. Har xil iRNK molekulalari bir-biridan molekulyar massasi va nukleotidlar tarkibi bilan farq qiladi. Hujayrada sintezlanadigan oqsil molekulalari muayyan i RNK yoki uning bir qismi orqali kodlanadi. Eukariotlar xujayrasida iRNK yadroda sintezlanib, u yerdan maxsus ribonukleoprotein zarrachalar (informosomlar) tarkibida tsitoplazmaga ko&#8217;chiriladi. Eukariotlarda iRNK sintezi kodlanmaydigan kiem (intron)larga ega bo\u2019lgan juda uzun zanjirli Pro iRNK sintezidan boshlanadi va birmuncha o&#8217;zgarishlar bilan yetilgan iRNK hosil bo&#8217;ladi. Kodlanmaydigan qismlar Pro iRNK molekulasining butun uzunligi bo&#8217;ylab tekis taqsimlangan. Intronlarni ajratib tashlab iRNK molekulasining kodlovchi qismlarini yangidan joylashtirish (splaysing) maxsus hujayra mexanizmlari orqali boshqariladi. Prokariot hujayralardagi iRNK sintezida deyarli katta o&#8217;zgarishlar bo&#8217;lmaydi. Kichik molekulali RNK funktsiyasi, strukturasi va o&#8217;lchamiga binoan har xil. Ular tarkibida 30 tadan 300 tagacha nukleotid qoldig&#8217;i bo&#8217;ladi. Bu turdagi RNK ribosoma, yadro va tsitoplazmadagi ribonukleoprotein zarrachalar tarkibida uchraydi. Abdukarim Zikiryoev, Muxsim Zokirov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ribonuklein kislotalar (RNK) \u2014 yuqori molekulali murakkab birikmalar, nuklein kislotalardan biri, monomerlari nukleotidlardan iborat. Har bir nukleotidi tarkibiga uglevod D \u2014 riboza, azotli asoslar, adenin, guanin, tsitozin va urasildan biri &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ribonuklein-kislotalar-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-106383","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106383","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=106383"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106383\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":106387,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106383\/revisions\/106387"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=106383"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=106383"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=106383"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}