{"id":106436,"date":"2023-09-15T14:53:21","date_gmt":"2023-09-15T11:53:21","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=106436"},"modified":"2023-09-15T14:53:28","modified_gmt":"2023-09-15T11:53:28","slug":"respublika-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/respublika-3\/","title":{"rendered":"Respublika"},"content":{"rendered":"\n<p>Respublika (lotincha respublica, res \u2014 ish va publicus \u2014 ijtimoiy, umumxalq) \u2014 davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qo&#8217;yiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega bo&#8217;ladilar. Tarixan Respublika antik davrda monarxiyaning ziddi sifatida vujudga kelgan (masalan, Afinadagi quldorlik demokratiyasi). Miloddan avvalgi 5-4-asrlarda Sparta va miloddan avvalgi 2-asrda Rim davlati aristokratlar qismi manfanatlarini ifoda etgan. O&#8217;rta asrlarda Respublika boshqaruv shaklini qo&#8217;llagan Venetsiya va Genuya singari shahardavlatlar bor edi. Hozirgi vaqtda jahondagi 190 davlatdan 140 dan ortig&#8217;i Respublika hisoblanadi. Boshqaruvning Respublika shakli quyidagi turlarga ajratiladi: 1) prezidentlik Respublikasi (AQSh, Meksika va boshqalar), bunda prezident umumxalq saylovida saylanib, bir vaqtning o&#8217;zida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig&#8217;i hisoblanadi; 2) parlamentar respublika (Italiya, GFR, Vengriya va boshqalar), bunda parlament to&#8217;liq hokimiyatga ega bo&#8217;lib, uning oldida hukumat siyosiy javobgar hisoblanadi. Parlament prezidentni saylaydi. Bunda prezident faqat davlat boshlig&#8217;i bo&#8217;lib, ijro etuvchi hokimiyat boshlig&#8217;i hisoblanmaydi; 3) aralash tipdagi respublika (yarim prezidentlik; Frantsiya, Portugaliya, Finlyandiya, Yevropadagi totalitar tuzumdan xalos bo&#8217;lgan yangi mamlakatlarning aksariyati), bunda prezidentlik Respublikasi bilan parlamentar respublika xususiyatlari qo&#8217;shilib ketadi. Ya&#8217;ni prezident umumxalq saylovlarida saylanib, yuridik va Real keng vakolatlarga ega bo&#8217;ladi. Biroq hukumat parlament tomonidan tashkil etiladi va u nafaqat prezident oldida, balki parlament oldida ham siyosiy javobgar bo&#8217;ladi. Bunda prezident hukumatga umumiy rahbarlik qiladi, lekin uni bosh vazir boshqaradi. Prezident ma&#8217;lum holatlar yuz berganda parlamentni tarqatib yuborish huquqiga ega. O&#8217;zbekiston Respublikasi \u2014 suveren demokratik respublika bo&#8217;lib, mamlakatimizda prezidentlik Respublikasi boshqaruv shakli amal qiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Respublika (lotincha respublica, res \u2014 ish va publicus \u2014 ijtimoiy, umumxalq) \u2014 davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qo&#8217;yiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/respublika-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-106436","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106436","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=106436"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106436\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":106455,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106436\/revisions\/106455"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=106436"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=106436"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=106436"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}