{"id":106515,"date":"2023-09-16T07:58:51","date_gmt":"2023-09-16T04:58:51","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=106515"},"modified":"2023-09-16T07:58:55","modified_gmt":"2023-09-16T04:58:55","slug":"radiatsion-belboglar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/radiatsion-belboglar\/","title":{"rendered":"Radiatsion belbog&#8217;lar"},"content":{"rendered":"\n<p>Radiatsion belbog&#8217;lar \u2014 sayyora xususiy magnitosferasining sohasi; shu magnitosfera tutib qolgan yuqori kinetik energiyali zarralar (protonlar va elektronlar, alfazarralar) dan iborat teshik kulcha ko&#8217;rinishidagi sayyorani o&#8217;rovchi kamarlar. Radiatsion belbog&#8217;larda zarralar magnit maydoni (Lorents kuchi) ta&#8217;sirida murakkab traektoriyalar bo&#8217;ylab sayyoraning Shimoliy yarim sharidan Janub yarim shariga tomon va, aksincha, harakatlanadi. Yerning Radiatsion belbog&#8217;lari, odatda, ichki va tashqi qismlarga bo&#8217;linadi. Yerning magnit maydoni Koinot (aksariyat Quyosh) dan kelayotgan zarralar uchun qafas rolini o&#8217;tashi mumkinligini 20-asr boshlarida norvegiyalik olimlar Birkelind va Shtermer bashorat qilishgan. Ma&#8217;lumki, magnit maydoniga kirgan zarraga Lorents kuchi va zarra tezligiga perpendikulyar kuch ta&#8217;sir qiladi. Bu kuch ta&#8217;sirida zarra magnit kuch chiziqlari atrofida magnit maydoni induktsiya vektoriga tik tekislik bilan aylana boshlaydi. Tsiklotron aylanish (Larmor) radiusi g zarra massasi va tezligiga to&#8217;g&#8217;ri proportsional bo&#8217;lib, uning zaryadi hamda magnit maydoni induktsiya vektori (V) ga teskari proportsional bo&#8217;ladi. Binobarin, maydon kuchlanganligi qancha katta bo&#8217;lsa, Larmor radiusi shuncha kichik, zarraning energiyasi (ya&#8217;ni tezligi) qancha katta bo&#8217;lsa, aylana shuncha katta bo&#8217;ladi. Agar erning magnit &#8220;qafasi&#8221;ga tushgan zarraning Larmor radiusi yer radiusi (Tudan ancha kichik bo&#8217;lsa (g &#8220;R), zarra yer sirtigacha yetib bormaydi va geomagnit maydonida tutilib qoladi. Yer magnit maydoni tutib qolgan zarralar sohalarini o&#8217;rganishga doir dastlabki tadqiqotlar natijasida Geomagnit ekvator atrofida erni o&#8217;rovchi va aniq chegaralari bo&#8217;lgan 2 ta ulkan halqa ko&#8217;rinishdagi, asosan elektrondan tashkil topgan Radiatsion belbog&#8217;lar mavjudligi aniqlandi. Ular ichki va tashqi Radiatsion belbog&#8217;lar deb ataladi. Tashqi elektron belbog&#8217;ekvator qismida Yer markazidan uning 4\u2014 6 radiusiga teng masofaga cho&#8217;zilgan sohani o&#8217;z ichiga olib, energiyasi o&#8217;nlab keV dan MeV gacha bo&#8217;lgan elektronlardan tashkil topgan. Ichki elektron belbog&#8217; \u2014 radiatsiyaning quyi chegarasi yaqinida joylashib, energiyasi bir necha keV dan yuzlab KeV gacha bo&#8217;lgan elektronlar zarralarning asosiy qismini tashkil etadi. Bu sohani 1958-1962 yillarda amerikalik olimlar atmosferada o&#8217;rganishgan yadro portlashlardan ajralgan elektronlar bilan to&#8217;ldirdi. Tashqi va ichki elektron belbog&#8217;lar orasida elektronlar oqimi yer markazidan 3-4 yer radiusi masofasida minimumga tushadi. Radiatsion belbog&#8217;lar sohasida yerga kelayotgan protonlarning energiyasi Radiatsion belbog&#8217;lar tashqi chegarasidan quyi chegarasigacha 100 keV dan o&#8217;nlab MeV gacha ortadi. Bunda protonlarning umumiy oqimi ham 3,5 yer radiusi masofasigacha ortib, so&#8217;ngra kamaya boradi. Elektronlar oqimining minimumi kuzatilgan joyda (yer markazidan 3,5 radius masofada) protonlar belbog&#8217;i hosil bo&#8217;ladi. Protonlardan tashkil topgan Radiatsion belbog&#8217;lar Yerning magnit maydoniga sezilarli ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. Yerning Radiatsion belbog&#8217;lar kosmik parvozlarda kosmonavtlar hayoti uchun katta xavf tug&#8217;diradi. Shuning uchun oyga, sayyoralarga parvozlarda uchish traektoriyalari, Radiatsion belbog&#8217;lar bilan kesishmaydigan qilib tanlanadi. Gigant sayyoralardan Yupiter va Saturnning atrofidagi kuchli magnitosfera ulkan sayyoralarning geomagnit ekvatorlarini o&#8217;rovchi kuchli Radiatsion belbog&#8217;larni vujudga keltiradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Radiatsion belbog&#8217;lar \u2014 sayyora xususiy magnitosferasining sohasi; shu magnitosfera tutib qolgan yuqori kinetik energiyali zarralar (protonlar va elektronlar, alfazarralar) dan iborat teshik kulcha ko&#8217;rinishidagi sayyorani o&#8217;rovchi kamarlar. Radiatsion belbog&#8217;larda zarralar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/radiatsion-belboglar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-106515","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106515","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=106515"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106515\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":106520,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106515\/revisions\/106520"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=106515"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=106515"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=106515"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}