{"id":106518,"date":"2023-09-16T07:58:48","date_gmt":"2023-09-16T04:58:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=106518"},"modified":"2023-09-16T07:58:52","modified_gmt":"2023-09-16T04:58:52","slug":"radiatsion-kimyo","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/radiatsion-kimyo\/","title":{"rendered":"Radiatsion kimyo"},"content":{"rendered":"\n<p>Radiatsion kimyo \u2014 kimyoning ionlovchi nurlar ta&#8217;sirida moddada yuz beradigan kimyoviy jarayonlarni o&#8217;rganadigan sohasi. Kimyoviy jarayonlarni ionlovchi nurlar ta&#8217;sirida yuzaga kelishi ularning moddalar molekulalarini ionlash va qo&#8217;zg&#8217;atishi bilan bog&#8217;liq. Radiatsion kimyo 1865-96 yillarda paydo bo&#8217;ldi. Radiatsion kimyodagi dastlabki kuzatish ishlari nurlarning fotografiya plastinkasiga ta&#8217;sir etib qoraytirishidan boshlandi. Ko&#8217;p o&#8217;tmay radiy nurlarining suvni kislorod va vodorodga parchalashi ma&#8217;lum bo&#8217;ldi. Radiatsion kimyo rivojining keyingi bosqichi yadro reaktorlarining kashf etilishi bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lib, 40-yillardan kimyo fanining mustaqil sohasi sifatida shakllandi. Atom energetikasida ishlatiladigan har xil materiallarga turlicha nurlar ta&#8217;siri o&#8217;rganildi. Atom reaktorlarining ishlatilishi va yadro yoqilg&#8217;isining qayta ishlanishi suvning parchalanish jarayonlarini, yuqori radioaktivlikka ega bo&#8217;lgan texnologik aralashmalardagi kimyoviy o&#8217;zgarishlarni tushuntirib berishni talab qildi. 50-yillar oxirida radiatsion kimyoviy reaktsiyalar ilmining kengayishi va yadro nurlari manbalarining kashf etilishi munosabati bilan ba&#8217;zi kimyo-texnologiya jarayonlarini (kimyoviy birikmalarni parchalash, uglevodorodlarni oksilash, organik monomerlarni polimerlash) nurlar ta&#8217;sirida amalga oshirish imkoniyati tug&#8217;ildi. Radiatsion kimyo texnologiyasi maqsadlarida gamma uskunalari va elektron tezlatkichlar ishlatiladi. Yuqori energiyali elektromagnit nurlar \u2014 rentgen nurlari, unurlar, katta energiyali korpuskulyar nurlar \u2014 tezkor elektronlar, neytronlar, protonlar, deytronlar, azarrachalar, og&#8217;ir yadro bo&#8217;linishi parchalari, yadro reaksiyalarida hosil bo&#8217;ladigan tepki yadro (zarrachalar), tezlashtirilgan ko&#8217;p zaryadli ionlar oqimi ionlovchi nurlarga taalluqlidir. Nurlarning kimyoviy ta&#8217;siri samaradorligi, odatda, radiatsion-kimyoviy mahsul bilan aniqlanadi. Radiatsion-kimyoviy mahsul miqdori G harfi bilan belgilanadi. Radiatsion-kimyoviy mahsul deb, kimyoviy sistemada 100 ev ionlovchi nurlarni yutish evaziga hosil bo&#8217;ladigan zarralar (molekulalar, ionlar va erkin radikallar va hokazolar)ning absolyut miqdoriga aytiladi. Oddiy reaktsiyalar uchun G ning qiymati 1 dan 20 gacha bo&#8217;lsa, zanjir reaktsiyalar uchun bir necha o&#8217;n ming molekula bo&#8217;lishi mumkin. Ba&#8217;zi kimyoviy sistemalarda yuz beradigan radiatsion kimyoviy jarayonlarda kimyoviy dozimetrlar (masalan, temirsulfatli, tseriysulfatli dozimetrlar)dan foydalaniladi. Radiatsion-kimyoviy sintezda kimyoviy sistemalarga nur ta&#8217;sir ettirib yangi kimyoviy moddalar olinadi. Ionlovchi nurlar zanjirli jarayonlarni inisirlashda keng qo&#8217;llanadi. Bunga xlorlash, sulfirlash, oksidlash, sulfoxlorlash, sulfoksidlash, qo&#8217;sh bog&#8217;larga birikish va boshqa zanjirli mexanizm bo&#8217;yicha boradigan boshqa radiatsion-kimyoviy sintez jarayonlari kiradi. Radiatsion initsirlashning katalitik yoki fotokimyoviy inisirlashga qaraganda bir qancha afzalligi bor: sistemaga inisirlovchi moddalar qo&#8217;shish va temperaturani ko&#8217;tarish zarurati yo&#8217;qoladi, ko&#8217;pgina zanjirli jarayonlarning yong&#8217;in va portlash xavfi bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan bir qancha texnik talablarini amalga oshirish mumkin bo&#8217;ladi. Laboratoriya tadqiqotlari ionlovchi nurlarning bir qator elementorganik birikmalarni, masalan, fosfororganik va qalayorganik birikmalarni sintezlashda yaxshi natija berishini ko&#8217;rsatdi. Polimerlarni radiatsion modifikatsiyalash va kauchuklarni vulkanizatsiyalash jarayonlari Radiatsion kimyoning mustaqil sanoat tarmog&#8217;i hisoblanadi. Radiatsion termik vulkanizatsiyalash shinalarning sifatini ancha yaxshilaydi. Radiatsion kimyoning keyingi rivoji bir qator fan va texnika sohalari bilan chambarchas bog&#8217;liq. Yadro fizikasi, atom energetikasi, kosmik tadqiqotlar va boshqalar shular jumlasidandir. Ad.: Pikaev A.K. Sovremennaya radiatsionnaya ximiya, t. 1-3, M., 1986. Saidahmad Xo&#8217;jayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Radiatsion kimyo \u2014 kimyoning ionlovchi nurlar ta&#8217;sirida moddada yuz beradigan kimyoviy jarayonlarni o&#8217;rganadigan sohasi. Kimyoviy jarayonlarni ionlovchi nurlar ta&#8217;sirida yuzaga kelishi ularning moddalar molekulalarini ionlash va qo&#8217;zg&#8217;atishi bilan bog&#8217;liq. Radiatsion &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/radiatsion-kimyo\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-106518","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106518","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=106518"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106518\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":106519,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106518\/revisions\/106519"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=106518"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=106518"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=106518"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}