{"id":106536,"date":"2023-09-16T08:03:53","date_gmt":"2023-09-16T05:03:53","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=106536"},"modified":"2023-09-16T08:03:57","modified_gmt":"2023-09-16T05:03:57","slug":"ravish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ravish\/","title":{"rendered":"Ravish"},"content":{"rendered":"\n<p>Ravish \u2014 mustaqil so&#8217;z turkumlaridan biri; harakat va holatning belgisini, shuningdek, belgining belgisini bildiradi. Ravishlarning quyidagi ma&#8217;noviy turlari mavjud: holat (tarz) Ravishlari (tez, sekin, piyoda kabi); o&#8217;rin Ravishlari (uzoqda, yaqindan, pastda kabi); payt Ravishlari (hozir, kecha, bugun kabi); daraja-miqdor Ravishlari (ancha, sal, kam kabi); maqsad Ravishlari (ataylab, jo&#8217;rttaga kabi); sabab Ravishlari (noiloj, ilojsiz, chorasizlikdan kabi). Payt, o&#8217;rin va maqsad Ravishlaridan boshqa barcha Ravishlarni, eng umumiy xususiyatlariga ko&#8217;ra, bir turga kiritish va ularni holat (tarz) Ravishlari deb atash mumkin. Ravish mustaqil so&#8217;z turkumi sifatida quyidagi morfologik xususiyatlar bilan ajralib turadi: 1) daraja kategoriyasiga ega: tez, ko&#8217;p (oddiy daraja) \u2014 tezroq, ko&#8217;proq (qiyosiy daraja) \u2014 eng tez, juda ko&#8217;p (orttirma daraja) kabi; 2) o&#8217;zgarmas bo\u2019lib, ko&#8217;pincha fe&#8217;llarga bog&#8217;lanib keladi: so&#8217;rida qat-qat duxoba ko&#8217;rpachalar ustma-ust to&#8217;shalgan edi; 3) Ravish ayrim o&#8217;rinlarda sifat va otga bog&#8217;lanib kelishi ham mumkin. Bunday hollarda Ravish belgining belgisini yoki predmetning belgisini emas, o&#8217;zi bog&#8217;lanib kelgan sifat yoxud otdan anglashilgan harakatxrlatning belgisini bildiradi: Kecha havo juda sovuq edi. U hozir beqiyos va tasavvur qilib bo&#8217;lmas Baxtiyor edi; 4) Ravish yasovchi muxsus qo&#8217;shimchalarga ega: cha, ona, larcha, lab va boshqalar; 5) turlanmaydi va tuslanmaydi (otlashish hollari bundan mustasno). Ravishlar morfologik va sintaktik usullar bilan yasaladi: do&#8217;stona, qahramonlarcha, oylab (morfologik usul), har zamon, shu on, bir dam (sintaktik usul) kabi. Ravishlar tuzilishiga ko&#8217;ra, sodda (kamtarona, vijdonan, butunlay), qo&#8217;shma (har dam, bir yo&#8217;la, ozmuncha, har qachon), juft (kecha-kunduz, qishin-yozin) va takroriy (oz-oz, tez-tez, ko&#8217;p-ko&#8217;p) turlarga bo&#8217;linadi. Ravishlarning anchagina, juda, kam, kam-kam kabi shakllari modal shakl hisoblanadi. Ravishlar gapda hol, aniqlovchi va kesim vazifalarida keladi. Ravishlar belgi anglatish xususiyatlari bilan sifatlarga o\u2019xshaydi, ammo grammatik xususiyatlari jihatidan ular o&#8217;zaro farqlanadi: sifatlar predmetning belgisini, Ravishlar esa harakat yoki holatning belgisini bildiradi; ularning gapdagi, ya&#8217;ni sintaktik vazifasi ham o&#8217;zgachadir. Ad.: O&#8217;zbek tili grammatikasi [morfologiya, 1-j.], T., 1975. Ilhomjon Madrahimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ravish \u2014 mustaqil so&#8217;z turkumlaridan biri; harakat va holatning belgisini, shuningdek, belgining belgisini bildiradi. Ravishlarning quyidagi ma&#8217;noviy turlari mavjud: holat (tarz) Ravishlari (tez, sekin, piyoda kabi); o&#8217;rin Ravishlari (uzoqda, yaqindan, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ravish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-106536","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106536","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=106536"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106536\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":106542,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106536\/revisions\/106542"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=106536"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=106536"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=106536"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}