{"id":106577,"date":"2023-09-16T17:45:32","date_gmt":"2023-09-16T14:45:32","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=106577"},"modified":"2023-09-16T17:45:36","modified_gmt":"2023-09-16T14:45:36","slug":"radioizotop-diagnostika","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/radioizotop-diagnostika\/","title":{"rendered":"Radioizotop diagnostika"},"content":{"rendered":"\n<p>Radioizotop diagnostika &#8211; radioaktiv izotoplar va nishonlangan birikmalar yordamida kasallikni aniqlash. Radioizotop diagnostikaning asosiy usuli radioaktiv indikasiya, ya&#8217;ni organizmga yuborilgan radioaktiv moddalarni kuzatib borishdir. Ko\u2019pgina kimyoviy elementlarning radioaktiv izotoplari o&#8217;zidan ionlovchi nurlar chiqarib turadi; izotop organizmga yuborilganidan keyin uning taratadigan nurlarini maxsus apparatlar yordamida juda aniqlik bilan qayd qilish mumkin. Zamonaviy radiologik apparatlar radioaktiv birikmalar juda kam miqdorda, ya&#8217;ni tekshirilayotgan kishining organizmi uchun amalda hech bir ziyonsiz indikator miqdorda olinganda ham ularni aniqlash va o&#8217;rganishga imkon beradi. Vrach radioaktiv moddalarning bemor organizmida qanday taqsimlanishi, bir joydan ikkinchi joyga o&#8217;tishi va organizmdan chiqib ketishiga qarab, tegishli elementlarning organizmdagi biokimyoviy va fiziologik jarayonlarda qay tariqa ishtirok etishi to&#8217;g&#8217;risida fikr yuritadi. Radioizotop diagnostikaning laboratoriya radiometriyasi, klinik radiometriya, klinik radiografiya va skanirlash usullari ko&#8217;p qo&#8217;llanadi. Laboratoriya radiometriyasida qon, siydik va axlatning ma&#8217;lum qismini tekshirib, nishonlangan birikmaning boryo&#8217;qligi aniqlanadi. Bu usul qon plazmasi hajmi va undagi qizil tanachalar sonini aniqlashda qo&#8217;llanadi. Klinik radiometriya a&#8217;zo va to&#8217;qimalarda to&#8217;plangan nishonlangan birikmalarni bemordagi nurlanishni tashqi tomondan o&#8217;lchash yo&#8217;li bilan aniqlashga asoslangan. Bu usul bilan qalqonsimon bez funktsiyasi aniqlanadi. Klinik radiografiya usulida nishonlangan birikmaning turli a&#8217;zolarga o&#8217;tish tezligini aniqlash orqali a&#8217;zolarning fiziologik faolligi tekshiriladi. Klinik radiografiyada maxsus radiodiagnostik apparatdan foydalaniladi, radiometrik o&#8217;lchov natijalari lenta qog&#8217;ozga egri chiziqlar ko&#8217;rinishida yozilib boradi. Skanirlash Radioizotop diagnostikaning keng tarqalgan usuli; a&#8217;zo va to&#8217;qimalar (jigar, buyrak, o&#8217;pka, qalqonsimon bez, orqa miya va bosh miya, suyaklar, limfa sistemasi)ning ma&#8217;lum radioaktiv preparatlarni to&#8217;plab borishiga va buning natijasini skanir deb ataladigan maxsus apparat yordamida qayd qilishiga asoslangan. Skanirda nurlar impulslarini qabul qilib oladigan datchik bo&#8217;ladi. Bu datchik bemor tanasining tekshirilayotgan joyi ustidan avtomatik ravishda yurib borib, nur impuls larini o&#8217;ziga qabul qiladi va ularni elektr signallarga aylantirib beradigan moslamaga o&#8217;tkazadi, shu moslamadan chiqadigan elektr signallari ularni qayd qilib boradigan qurilmaga tushadi. Elektr impulsi ta&#8217;sirida, xuddi yozuv mashinasidagidek, registrator qora lenta ustidan qog&#8217;ozga urib, unga shtrixlar, nuqtalar yoki raqamlar ko&#8217;rinishidagi belgilarni tushiradi. Datchik badanning tekshirilayotgan joyi ustidan o&#8217;tib borayotganida radioaktiv izotopning a&#8217;zoda qanchalik to&#8217;planganiga qarab belgilar har xil zichlikda tushadi. Organning radioaktiv preparatni ko&#8217;proq yutib olgan qismlaridan skanogrammaga belgilar ancha zich, qalin bo&#8217;lib tushadi. Preparat o&#8217;tmagan yoki ozroq o&#8217;tgan joylardan esa belgilar tushmaydi yoki ancha siyrak bo&#8217;ladi. Radioizotoplar bilan ichki organlarni skanirlash tekshirilayotgan organning organizmda qanday joy olgani, uning shakli va katta-kichikligini, shuningdek, unda patologik o&#8217;zgarishlar bor-yo&#8217;qligini aniqlashga imkon beradi. Bemorlarni radioizotoplar yordamida tekshirish usullarining asosiy afzalligi shuki, bunda bemor og&#8217;riq sezmaydi va unga hech qanday ziyon yetmaydi, Lekin olingan natijalar ancha aniq bo&#8217;lib chiqadi. Diagnozlash maqsadida foydalaniladigan nishonlangan preparatlar kishi organizmiga mutlaqo zararsizdir. Shuning uchun tekshirish paytida bemor normal rejimda bo&#8217;ladi. Narimon Murodxo&#8217;jayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Radioizotop diagnostika &#8211; radioaktiv izotoplar va nishonlangan birikmalar yordamida kasallikni aniqlash. Radioizotop diagnostikaning asosiy usuli radioaktiv indikasiya, ya&#8217;ni organizmga yuborilgan radioaktiv moddalarni kuzatib borishdir. Ko\u2019pgina kimyoviy elementlarning radioaktiv izotoplari o&#8217;zidan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/radioizotop-diagnostika\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-106577","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106577","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=106577"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106577\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":106587,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106577\/revisions\/106587"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=106577"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=106577"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=106577"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}