{"id":106606,"date":"2023-09-16T17:54:48","date_gmt":"2023-09-16T14:54:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=106606"},"modified":"2023-09-16T17:54:52","modified_gmt":"2023-09-16T14:54:52","slug":"radikulit","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/radikulit\/","title":{"rendered":"Radikulit"},"content":{"rendered":"\n<p>Radikulit (lotincha radicula \u2014 ildizcha) \u2014 orqa miyaning nerv ildizlari va ulardan ketadigan nerv tolalari kasalligi. Periferik nerv sistemasining eng kup tarqalgan xastaligi. Ko&#8217;pincha umurtqa pog&#8217;onasi kasalligi (osteoxondroz) sabab bo&#8217;ladi. Bunda amortizasiya rolini o&#8217;ynaydigan umurtqalararo disk elastikligini yo&#8217;qotib, mo&#8217;rt bo&#8217;lib qoladi. Diski o&#8217;zgargan umurtqaning birikkan yerida tuz yig&#8217;ilib, suyak o&#8217;sishi (osteofitlar) kuzatiladi. O&#8217;sib chiqqan suyak o&#8217;siqchalari umurtqa orasidan o&#8217;tadigan nerv ildizchalarini qisishi natijasida og&#8217;riq paydo bo&#8217;ladi. Radikulit jarohatlar oqibatida, sovqotish (masalan, uzoq vaqt muzday suvda yuvinish, zax joyda o&#8217;tirish va boshqalar), organizm ichdan zaharlanganda, yuqumli kasalliklar asorati sifatida ro&#8217;y berishi mumkin. Zararlangan nerv ildizchalari va nerv tolalari bo&#8217;ylab og&#8217;riq paydo bo&#8217;lishi va sezuvchanlikning yo&#8217;qolishi, ba&#8217;zan harakat buzilishi ham Radikulitga xos alomatlardan hisoblanadi. Radikulit, odatda, birdaniga paydo bo&#8217;lib, ko&#8217;p hollarda surunkali shaklga o&#8217;tadi va vaqt-vaqti bilan qo&#8217;zib turadi. Nerv tolalarining qaysi qismi zararlanganligiga qarab, Radikulit har xil bo&#8217;ladi. Eng ko&#8217;p tarqalgan xili beldumg&#8217;aza Radikulitidir. Bunda beldumg&#8217;aza sohasida hamda quymich nervi bo&#8217;ylab har xil og&#8217;riq paydo bo&#8217;ladi. Og&#8217;riq qimirlagan paytda kuchayadi, shuning uchun bemor birdaniga qimirlay olmaydi, yurganida esa tanasini oldinga yoki yonga egib oladi, natijada umurtqa pog&#8217;onasining qiyshayishi, orqa muskullarining taranglashishi kuzatiladi. Bemor og&#8217;riqni kamaytirish uchun o&#8217;rinda oyog&#8217;ini bukib, qorniga tortib yotadi. Agar faqat bel nervi ildizchalari zararlansa, og&#8217;riq son yuzasida bo&#8217;ladi. Quymich nervi chiqadigan dumg&#8217;aza bo&#8217;limi ildizchalari ko&#8217;proq zararlanishi bilan o&#8217;tadigan beldumg&#8217;aza Radikuliti ishias deb ham yuritiladi. Ishiasda og&#8217;riq kuymich nervi bo&#8217;ylab (dumba, sonning orqa yuzasi, boldir, oyoq panjasiga) tarqaladi. Oyoq sovqotadi, uvushadi, chumoli yurgandek seziladi. Kasal oyoqning muskullari tonusi pasayadi va &#8220;so&#8217;lib&#8221; qolganga o&#8217;xshaydi, keyinchalik atrofida uchraydi. Quymich nervining tortilishi (odam engashganda, oyoq ko&#8217;tarilganda va boshqa vaziyatlarda) og&#8217;riqning zo&#8217;rayishiga olib keladi. Bo&#8217;yin-yelka Radikulitida og&#8217;riq ensaga, yelkaga, kurakka tarqaladi. Boshni qimirlatganda va atrofga qarab qiyshaytirilganda, qo&#8217;l qimirlatilganda, aksirganda, yo&#8217;talganda og&#8217;riq zo&#8217;rayadi. Kasallikning og&#8217;ir shakllarida qo&#8217;l uvushadi, lovullab achishadi va sanchadi, keyinchalik sezish ham o&#8217;zgara borib, sekinasta muskullar kuchsizlanib &#8220;ozadi&#8221; (atrofiya). Ko&#8217;krak Radikuliti kam uchraydi. Bunda og&#8217;riq qovurg&#8217;alar oralig&#8217;ida bo&#8217;ladi va qimirlaganda, chuqur nafas olganda zo&#8217;rayadi. Radikulit bilan og&#8217;rigan bemorni nevropatologvrach davolaydi. Davo Radikulitni keltirib chiqargan sabablarni bartaraf etishga qaratiladi. Radikulitning oldini olishda davo gimnastikasi, fizkultura va har xil sport turlari bilan shug&#8217;ullanish (organizmni chiniqtirish) katta ahamiyatga ega.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Radikulit (lotincha radicula \u2014 ildizcha) \u2014 orqa miyaning nerv ildizlari va ulardan ketadigan nerv tolalari kasalligi. Periferik nerv sistemasining eng kup tarqalgan xastaligi. Ko&#8217;pincha umurtqa pog&#8217;onasi kasalligi (osteoxondroz) sabab bo&#8217;ladi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/radikulit\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-106606","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106606","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=106606"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106606\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":106613,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106606\/revisions\/106613"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=106606"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=106606"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=106606"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}