{"id":10661,"date":"2021-11-14T14:21:55","date_gmt":"2021-11-14T11:21:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=10661"},"modified":"2025-10-30T09:58:13","modified_gmt":"2025-10-30T06:58:13","slug":"asadullaxojayev-ubaydullaxoja-kim-bolgan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/asadullaxojayev-ubaydullaxoja-kim-bolgan\/","title":{"rendered":"ASADULLAXO&#8217;JAYEV UBAYDULLAXO&#8217;JA kim bo&#8217;lgan?"},"content":{"rendered":"\n<p>ASADULLAXO&#8217;JAYEV UBAYDULLAXO&#8217;JA (ayrim manbalarda Xo&#8217;jayev Ubaydulla) (1878, Toshkent &#8211; 1937) &#8211; jamoat arbobi, jadidchilik harakatining yirik vakili, o&#8217;zbek matbuotining ilk tashkilotchilaridan biri. Toshkentdagi rus-tuzem maktabini bitirgach, mahkamalardan birida tilmoch bo&#8217;lib ishladi (1897). Rossiyaning Saratov shahridagi huquqshunoslik institutida o&#8217;qidi (1908-12). Talabalik yillaridayoq davr muammolarini yechishni o&#8217;yladi, rus yozuvchisi L. N. Tolstoy bilan yozishmalar qildi (1909). O&#8217;qishni tugatgach, dastlab Saratov, 1913 yilda Toshkent okrug sudida xususiy advokat bo&#8217;lib ishladi. Chor hukumati ma&#8217;murlarining poraxo&#8217;rligi va zolimligini fosh etib, ayrimlarini davlat ishidan chetlatishga erishdi. Jadidchilik harakatiga qo&#8217;shilib, tez orada uning yirik vakillaridan biriga aylandi. &#8220;Umid&#8221; deb ataluvchi ilg&#8217;or musulmon guruhiga yetakchilik qildi (1913). &#8220;Turon&#8221; jamiyatining asoschilaridan biri (1913). U mustaqil firqa tashkil qilish niyatida Toshkentda &#8220;Sadoi Turkiston&#8221; gazetasini tashkil etib (1914.4.4), unga muharrirlik qildi. Gazeta ishiga o&#8217;sha davr ma&#8217;rifat darg&#8217;alari \u2014 Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Muzaffarov singarilarni jalb etdi. U gazetada turli mavzularda dolzarb maqolalar bilan chiqib, chorizmning mustamlakachilik siyosatini fosh qildi. Turkistonga tarqalib, umummilliy matbuot nashriga aylanayotgan &#8220;Sadoi Turkiston&#8221; 1915 yil aprelda yopib qo&#8217;yilgan bo&#8217;lsada, u o&#8217;lka ziyolilarining &#8220;Taraqqiyparvarlar&#8221; firqasiga zamin tayyorladi. Asadullaxo\u2019jayev Toshkentda tuzilib, mardikorlikka olish ishi bilan shug&#8217;ullangan &#8220;Turkiston mardikorlikka olish qo&#8217;mitasi&#8221;ning raisi (1916). Qo&#8217;mita chor amaldorlarining o&#8217;zboshimchaliklarini ochib tashladi. Mardikorlikka jo&#8217;natish haqidagi oq podsho farmoni (1916 yil 25 iyun) ni bekor qildirish uchun Asadullaxo\u2019jayev mahalliy millatparvar boy Mirkomil Mirmo&#8217;minboyev bilan birga Peterburgga bordi. Davlat dumasining 1916 yil dekabrdagi majlisida farmon Rossiya imperiyasining qonunchiligida ko&#8217;rsatilgan hollarga zid ravishda qabul qilingani isbotlab berildi. Asadullaxo\u2019jayev 1917 yil Turkistondagi siyosiy jarayonlarda faol qatnashdi. &#8220;Sho&#8217;roi Islom&#8221; jamiyati raisi. Butun Turkiston musulmonlari I-s&#8217;yezdida tashkil qilingan Turkiston o&#8217;lka musulmonlari Markaziy kengashi kotibi va a&#8217;zolaridan biri (1917 yil aprel). Butun Rossiya musulmonlar kengashi MK a&#8217;zosi (1917). Muxtoriyatchilik harakati tashabbuskorlaridan. Turkiston muxtoriyati hukumatining harbiy ishlar vaziri (1917 yil noyabr \u2014 1918 yil Fevral). Hukumat topshirig&#8217;i bilan Kavkazga bordi va Turkistonga g&#8217;alla keltirish masalasini hal qildi. Istiqlolchilik harakatiga xayrixohlik bilan qaragani, mustamlakachilikka qarshi kurashgani uchun &#8220;millatchilik&#8221;da ayblanib qatag&#8217;onga uchragan. Bir necha marta qamalib, turmada halok bo&#8217;ldi. Ad.: Mustafo Cho&#8217;qay o&#8217;g&#8217;li. Istiqlol jallodlari, T., 1992; Turkiston mustaqilligi va birligi uchun kurash sahifalaridan, T., 1996; O&#8217;zbekiston tarixi: yangi nigoh. Jadidlar harakatidan milliy mustaqillikka qadar, T., 1998; Pidaev T., Matbuot\u2014millat chirog&#8217;i, T., 1999.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ASADULLAXO&#8217;JAYEV UBAYDULLAXO&#8217;JA (ayrim manbalarda Xo&#8217;jayev Ubaydulla) (1878, Toshkent &#8211; 1937) &#8211; jamoat arbobi, jadidchilik harakatining yirik vakili, o&#8217;zbek matbuotining ilk tashkilotchilaridan biri. Toshkentdagi rus-tuzem maktabini bitirgach, mahkamalardan birida tilmoch bo&#8217;lib &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/asadullaxojayev-ubaydullaxoja-kim-bolgan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-10661","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10661","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=10661"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10661\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163189,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10661\/revisions\/163189"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=10661"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=10661"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=10661"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}