{"id":106634,"date":"2023-09-16T19:47:47","date_gmt":"2023-09-16T16:47:47","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=106634"},"modified":"2023-09-16T19:47:51","modified_gmt":"2023-09-16T16:47:51","slug":"relef","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/relef\/","title":{"rendered":"Relef"},"content":{"rendered":"\n<p>Relef (Fransuzcha relief, lotincha Relevo \u2014 ko&#8217;taraman) (geografiyada) \u2014 yer yuzasi, okean va dengiz tubidagi tashqi ko&#8217;rinishi, o&#8217;lchamlari, kelib chiqishi, yoshi va rivojlanish tarixiga ko&#8217;ra turli-tuman notekisliklar: tog&#8217;, tekislik, Pasttekislik, adir, yassitog&#8217;, tepalik, qir, vodiy, botiq, soylik, jarlar va boshqa past-balandliklar majmui. Relef kattaligiga ko&#8217;ra quyidagi toifalarga ajratiladi: Megarelef (materik do&#8217;ngliklari, okeanlar tubi), shuningdek, bir qadar kichikroq bo&#8217;lgan shakllar (tog&#8217; sistemalari, tekisliklar); makrorelef (tog&#8217;tizmalari, tog&#8217;lar oralig&#8217;idagi botiqlar, qirlar, pasttekisliklar); mezorelef (jarliklar, suv osti kan&#8217;onlari, tepaliklar); mikrorelef (karst chuqurliklari, jarlar, do&#8217;ng tepa, dasht tepaliklari va boshqalar); nanorelef (juda kichik chuqurchalar, do&#8217;ngchalar va boshqalar). Bu bo&#8217;linish shartli ravishda ajratilgan. Muhim orografik birliklarni tavsiflovchi Relefning tashqi yoki morfografik belgilari, shuningdek, uning miqdoriy xususiyatlari Relefni kompleks baholash uchun har doim ham ishonchli asos bo&#8217;la olmaydi, chunki bir xil tashqi ko&#8217;rinishga ega shakllarning kelib chiqishi va rivojlanishi turlicha bo&#8217;lishi mumkin. Relef endogen (ichki) va ekzogen (tashki) kuchlarning birgalikda hamda muntazam o&#8217;zaro ta&#8217;siri natijasida vujudga keladi. Shuningdek, yer yuzasining shakllanishiga gravitatsiya jarayonlari, inson faoliyati ham o&#8217;z ta&#8217;sirini ko&#8217;rsatadi. Endogen jarayonlar (yer po&#8217;stining tektonik harakatlari) ta&#8217;siri natijasida nisbatan yirik miqyosdagi \u2014 quruqlik, dengiz va okeanlar tubida strukturali Relef shakllari hosil bo&#8217;ladi. Yirik Relef shakllarining vujudga kelishi (sayyoraviy masshtabda), shuningdek, kosmik kuchlar \u2014 Yerning aylanishi, Quyoshoy tortilishi va boshqalar bilan ham bog&#8217;liq. Ekzogen kuchlar (oqar suvlar, dengiz to&#8217;lqinlari, shamol va hokazolar) odatda, nisbatan maydaroq Relef shakllarini yuzaga keltiradi, yirik masshtabli Releflarni yemiradi, pasaytiradi, mayda shakllarga bo&#8217;lib yuboradi, pastqam joylarni nurash mahsulotlari bilan to&#8217;ldiradi. Endogen kuchlar natijasida yuzaga kelgan Relef shakllari morfostrukturalar tarkibiga kiritiladi. Ularda yer po&#8217;stining geologik strukturasi (tuzilishi) aniq ifodalanadi. Relefdagi katlamlar gorizontal yotgan platformali geologik strukturalarga tekislik hududlar, burmali strukturalarga tog&#8217;li o&#8217;lkalar to&#8217;g&#8217;ri keladi. Relefning nisbatan mayda, asosan, ekzogen jarayonlar ta&#8217;sirida vujudga kelgan shakllari (daryo vodiylari, jarliklar, barxanlar, qator tepalar va boshqalar) morfoskulipuralar sifatida ajratiladi. Relefning kelib chiqishi va shakllanishini geomorfologiya fani o&#8217;rganadi. Relefni o&#8217;rganish natijalaridan bir qator masalalar: melioratsiya, muhandislik-texnik izlanishlar, foydali qazilmalarni qidirish va hokazolarda foydalaniladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Relef (Fransuzcha relief, lotincha Relevo \u2014 ko&#8217;taraman) (geografiyada) \u2014 yer yuzasi, okean va dengiz tubidagi tashqi ko&#8217;rinishi, o&#8217;lchamlari, kelib chiqishi, yoshi va rivojlanish tarixiga ko&#8217;ra turli-tuman notekisliklar: tog&#8217;, tekislik, Pasttekislik, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/relef\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-106634","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106634","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=106634"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106634\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":106641,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106634\/revisions\/106641"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=106634"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=106634"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=106634"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}