{"id":106676,"date":"2023-09-17T18:39:07","date_gmt":"2023-09-17T15:39:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=106676"},"modified":"2023-09-17T18:39:10","modified_gmt":"2023-09-17T15:39:10","slug":"regeneratsiya-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/regeneratsiya-2\/","title":{"rendered":"Regeneratsiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Regeneratsiya (lotincha Regeneration qayta tiklanish) (biologiyada) \u2014 organizmning yo&#8217;qotgan yoki jarohatlangan organlar va to&#8217;qimalarni tiklash xususiyati (xususiy Regeneratsiya), shuningdek, uning ayrim qismlaridan bir butun organizmning tiklanishi (somatik embriogenez, vegetativ ko&#8217;payish). Regeneratsiya terminini frantsuz tabiatshunosi R.Reomyur (1712) kiritgan. Odam va hayvonlarda Regeneratsiya reparativ (olib tashlangan yoki nobud bo&#8217;lgan tuzilmalar o&#8217;rniga yangisining hosil bulishi) va fiziologik (yuqotilgan tuzilmalar o\u2019rniga yangisining hosil bo&#8217;lishi) bo&#8217;ladi. Fiziologik Regeneratsiya ko&#8217;proq uchraydi (masalan, sut emizuvchilarda qon va ayrim epiteliy hujayralarining yangilanib turishi). Regeneratsiya turli hayvonlarda turlicha rivojlangan. Ko&#8217;pchilik tuban umurtqasiz hayvonlar (g&#8217;ovak tanlilar, bo&#8217;shliqichlilar)da tananing kichik parchasidan yaxlit organizm rivojlanishi mumkin. Tuban umurtqalilar (suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar), shuningdek, bir qancha yuksak umurtqasizlar (halqalilar, qisqichbaqasimonlar, ignaterililar)da ko&#8217;z qismlari, dum, ichak va to&#8217;qimalar, odam va sut emizuvchilarda esa faqat ayrim to&#8217;qimalar tiklanadi. Sharoit o&#8217;zgarganida geteromorfoz kelib chiqishi mumkin. Regeneratsiya mexanizmlarini hujayraviy manbalar, hujayralararo va to&#8217;qimalararo ta&#8217;sirlar, gormonlar va boshqa biologik faol moddalar ta&#8217;siri, nerv va immun sistemalari, shuningdek, genetik omillar orqali tushuntirish mumkin. Har xil organlar va to&#8217;qimalar Regeneratsiyasida kam ixtisoslashgan (ko&#8217;pchilik hayvonlarda) va ixtisoslashgan (tuban umurtqalilarda) hujayralar ishtirok etadi. Masalan, odam va hayvonlarda suyak to&#8217;qimasi Regeneratsiyasi osteogen (suyak hosil qiluvchi), muskul to&#8217;qimasi Regeneratsiyasi yo&#8217;ldosh (satellit) hujayralar bilan bog&#8217;liq. Organizmning yoshi, moddalar almashinuvining intensivligi, endokrin va nerv sistemasi holati, kasalliklar Regeneratsiyani kuchaytirishi yoki sekinlashtirishi tufayli patologik Regeneratsiya ro&#8217;y berishi mumkin. Bunda jarohat uzoq vaqt bitmaydi. O&#8217;simliklarda Regeneratsiya yo&#8217;qotilgan qismining o&#8217;rnida [masalan, poyaning jarohatlangan joyi g&#8217;udda (kallyus) bilan qoplanadi] yoki boshqa joyda kuzatiladi (masalan, uchki novda kesilganida yon novdalarning o&#8217;sishi tezlashadi, kuzda to&#8217;kilgan barglar o&#8217;rniga bahorda yangi barglar hosil bo&#8217;ladi). Lekin ko&#8217;pincha Regeneratsiya biron kuch ta&#8217;sirida uzib olingan qismning tiklanishi tarzida tushuniladi. Tabiatda ildiz, izdizmeva, poya, barg bachkilari, alohidalangan hujayralar, protoplastlar, ayrim suvo&#8217;tlarda ko&#8217;p yadroli protoplazmasining ayrim qismlari Regeneratsiyasi keng tarqalgan. Regeneratsiyaning yo&#8217;qotilgan organlarning qayta tiklanishi va vegetativ ko&#8217;payishiga biologic moslanish sifati o&#8217;simlikshunoslikda, bog&#8217;dorchilik, o&#8217;rmonchilik va gulchilikda katta ahamiyatga ega.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Regeneratsiya (lotincha Regeneration qayta tiklanish) (biologiyada) \u2014 organizmning yo&#8217;qotgan yoki jarohatlangan organlar va to&#8217;qimalarni tiklash xususiyati (xususiy Regeneratsiya), shuningdek, uning ayrim qismlaridan bir butun organizmning tiklanishi (somatik embriogenez, vegetativ ko&#8217;payish). &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/regeneratsiya-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-106676","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106676","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=106676"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106676\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":106681,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106676\/revisions\/106681"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=106676"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=106676"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=106676"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}