{"id":10670,"date":"2021-11-14T14:41:10","date_gmt":"2021-11-14T11:41:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=10670"},"modified":"2025-10-30T09:54:05","modified_gmt":"2025-10-30T06:54:05","slug":"asaka-avtomobil-zavodi-haqida-nimani-bilasiz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/asaka-avtomobil-zavodi-haqida-nimani-bilasiz\/","title":{"rendered":"ASAKA AVTOMOBIL ZAVODI haqida nimani bilasiz?"},"content":{"rendered":"\n<p>ASAKA AVTOMOBIL ZAVODI, &#8220;O&#8217;zDEUavto&#8221; kompaniyasi \u2014 O&#8217;zbekiston avtomobil sanoatining yetakchi va to&#8217;ng&#8217;ich korxonasi. Zavodning ishga tushirilishi tufayli O&#8217;zbekiston jahonda o&#8217;z avtomobil sanoatiga ega bo&#8217;lgan 28 mamlakat qatoridan o&#8217;rin oldi. Asaka avtomobil zavodi Andijon viloyatining Asaka shahrida 1994-96 yillarda qurilgan. Avtomobil zavodi o&#8217;rta klassdagi dvigateli sig&#8217;imi 1500 santimetr kub bo&#8217;lgan &#8220;Neksiya&#8221;, o&#8217;ta kichik klassdagi yonilg&#8217;i kam sarflovchi, dvigateli sig&#8217;imi 800 santimetr kub &#8220;Tiko&#8221; yengil avtomobillari hamda furgon tipidagi yetti o&#8217;rindiqli, dvigateli sig&#8217;imi 800 santimetr kub bo&#8217;lgan &#8220;Damas&#8221; miniavtobuslarni ishlab chiqaradi. Uning barcha uskuna va jihozlari Koreya, Yaponiya, Germaniya, Shvetsiya, Italiya mamlakatlarida ishlab chiqarilgan ilg&#8217;or avtomatika va texnologiyalardan iborat. &#8220;O&#8217;zDEUavto&#8221; kompaniyasi yopiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati. Muassislari: O&#8217;zbekiston Respublikasi hukumati nomidan &#8220;O&#8217;zavtosanoat&#8221; uyushmasi va Koreya Respublikasining &#8220;DEU&#8221; korporatsiyasi. Aktsiyalari hissasi 50% ga 50% bo&#8217;lib, investitsiyalarning umumiy hajmi 650 million AQSh dollariga teng. Kompaniyani tuzish to&#8217;g&#8217;risidagi Ta&#8217;sis shartnomasi 1992 yil 29 avgustda imzolangan, zavod qurilishi esa 1994 yil boshlarida boshlangan. &#8220;Damas&#8221; miniavtobuslari 1996 yil 25 martdan, &#8220;Tiko&#8221; 1996 yil iyun oyining o&#8217;rtalaridan, &#8220;Neksiya&#8221; avtomobili esa 1996 yil iyul oyining o&#8217;rtalardan ishlab chiqarila boshlandi. 1996 yil 19 iyulda zavodning tantanali ochilish marosimi bo&#8217;lib o&#8217;tdi. Qo&#8217;shma korxonaning umumiy maydoni hududi 55 gektar. Asosiy tsexlar yagona binoda joylashgan. Binoning umumiy maydoni 16 gektarni ishg&#8217;ol qiladi. Binoning tepa qismlarida ham avtomat boshqaruvidagi ulkan konveyrlar ishlab turadi. Avtomobil yaratishning dastlabki jarayoni asosan bosma (press) tsexidan boshlanadi. Janubiy Koreyadan keltirilgan metall o&#8217;rami (avtostal)dan shu tsexda avtomobil &#8220;bichiladi&#8221;. Buni Yaponiyaning &#8220;Komaku&#8221; firmasining 500, 800, 1000 tonnali presslari bajaradi. Mashinalar konveyrlari payvandlash tsexiga o&#8217;tadi. Bu tsexda ishni asosan Shvetsiyadan keltirilgan robotlar bajaradi. Robotlarni bir necha ishchi kompyuter orqali boshqaradi. Mashinalar bo&#8217;yash tsexiga tushib, bo&#8217;yalib chiqadi, so&#8217;ng yig&#8217;uv tsexiga o&#8217;tadi. Bu tsexda mashina detallari joy-joyiga qo&#8217;yiladi. Tayyor bo&#8217;lgan avtomobillar sinalib, zavod eshigidan chiqariladi. Zavod kuniga 200 &#8220;Neksiya&#8221;, 120 &#8220;Tiko&#8221;, 60 &#8220;Damas&#8221; rusumli avtomashinalar ishlab chiqarishga mo&#8217;ljallangan. Korxonadan 2000 yil oktyabr oyiga qadar 216659 avtomobil, jumladan 103535 &#8220;Neksiya&#8221;, 63322 &#8220;Tiko&#8221;, 49802 &#8220;Damas&#8221; ishlab chiqarildi. 1999 yil 15 mingga yaqin avtomobil eksport qilindi. Korxonada 7000 dan ortiq kishi ishlaydi, shundan 3700 dan ziyodi bevosita ishlab chiqarishda band, 3400 dan ortig&#8217;i sotuv va avtoxizmat tizimlarida ishlaydi (2000). Toshkent shahrida avtomobillarni sotish va sotuvdan keyin xizmat ko&#8217;rsatish vakolatxonasi faoliyat ko&#8217;rsatadi. Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Yekaterinburg, Tyumen, Novosibirsk, Minsk, Bishkek, Chimkent, Krasnodar kabi shaharlarda mintaqaviy vakolatxonalari va sho\u2019ba korxonalari ochilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ASAKA AVTOMOBIL ZAVODI, &#8220;O&#8217;zDEUavto&#8221; kompaniyasi \u2014 O&#8217;zbekiston avtomobil sanoatining yetakchi va to&#8217;ng&#8217;ich korxonasi. Zavodning ishga tushirilishi tufayli O&#8217;zbekiston jahonda o&#8217;z avtomobil sanoatiga ega bo&#8217;lgan 28 mamlakat qatoridan o&#8217;rin oldi. Asaka &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/asaka-avtomobil-zavodi-haqida-nimani-bilasiz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-10670","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10670","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=10670"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10670\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163175,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10670\/revisions\/163175"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=10670"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=10670"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=10670"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}