{"id":106727,"date":"2023-09-17T20:11:52","date_gmt":"2023-09-17T17:11:52","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=106727"},"modified":"2023-09-17T20:11:55","modified_gmt":"2023-09-17T17:11:55","slug":"reabilitatsiya-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/reabilitatsiya-2\/","title":{"rendered":"Reabilitatsiya"},"content":{"rendered":"\n<p><a>Reabilitatsiya<\/a> \u2014 huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari tomonidan jinoyat sodir etishda asossiz gumon qilingan yoxud ayblangan shaxs sha&#8217;ni va qadr-qimmatining tiklanishi. Reabilitatsiya inson huquqlariiya kafolatlashning o&#8217;ziga xos turi. Reabilitatsiya huquqiy davlat, adolatli fuqaroviy jamiyat qurishning muhim shartlaridan hisoblanadi. O&#8217;zbekiston Respublikasida shaxsning huquq va qonuniy manfaatlari O&#8217;zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, shuningdek, xalqaro hujjatlar bilan muhofaza qilinadi va kafolatlanadi. 1930-40 yillardagi qatag&#8217;on qurbonlarining xotirasini abadiylashtirishda hamda ularning sha&#8217;ni va qadr-qimmatini tiklashga qaratilgan normativ hujjatlarda Reabilitatsiya qo&#8217;llash nazarda tutilgan. Shuningdek, sho&#8217;rolar davrida mamlakatning olis joylariga majburiy ravishda ko&#8217;chirilgan xalqlar va ayrim fuqarolar ham Reabilitatsiya qilindi. Reabilitatsiya qilingan shaxsga nisbatan g&#8217;ayriqonuniy prosessual majburlov choralari qo&#8217;llangan, chunonchi ushlab turilgan, qamoqda saqlangan, egallab turgan lavozimidan chetlashtirilgan, tibbiy muassasaga joylashtirilgan bo&#8217;lsa, unga yetkazilgan moddiy va ma&#8217;naviy ziyon qoplanishi, uning barcha huquqlari tiklanishi shart. Reabilitatsiya to&#8217;la yoki qisman Reabilitatsiya ko&#8217;rinishida bo&#8217;ladi. Javobgarlikdan batamom ozod qilingan aybsiz shaxs to&#8217;la Reabilitatsiya qilingan hisoblanadi. Agar shaxs qamoqda saqlab turilganiga qaraganda kamroq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan yoki qamoq bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lmagan jazoga hukm qilingan, ayblov qisman chiqarib tashlangan, yuqori sud ozodlikdan mahrum qilish muddatini o&#8217;talgan qismidan ham kamaytirilgan yoxud yengilroq jazo turi bilan almashtirgan, jinoiy jazo tayinlamay hukm chiqargan bo&#8217;lsa, u qisman Reabilitatsiya qilingan bo&#8217;ladi. To&#8217;la yoki qisman Reabilitatsiya etilgan shaxsga ziyon tegishlicha to&#8217;la hajmda yoxud qisman qoplanishi lozim. Reabilitatsiya qilinganni lavozimiga tiklash, ishlashdan mahrum bo&#8217;lgan vaqtini mehnat va ixtisoslik stajiga qo&#8217;shish, o&#8217;quv yurtida o&#8217;qish va uy-joydan foydalanish huquqlarini tiklash tartibi bor. Shaxs ushlab turilgani, qamalgani, lavozimidan chetlashtirilgani, tibbiy muassasaga joylashtirilgani haqidagi ma&#8217;lumotlar ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilgan bo&#8217;lsa, u Reabilitatsiya qilingani haqida o&#8217;sha ommaviy axborot vositalarida xabar berilishi shart. Reabilitatsiya etilgan shaxs vafot etgan taqtsirda unga yetkazilgan moddiy ziyon uning merosxo&#8217;rlari va oila a&#8217;zolari foydasiga undiriladi. Ziyonning miqdorini sud belgilaydi. Mulkiy ziyon to&#8217;lanishini manfaatdor shaxslar tergovchi, prokuror yoki suddan 2 yil mobaynida, boshqa huquqlarni tiklashni 1 yil mobaynida talab qilishlari mumkin (O&#8217;zbekiston Respublikasi JPK, 301 \u2014 313-moddalar). G&#8217;afur Abdumajidov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Reabilitatsiya \u2014 huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari tomonidan jinoyat sodir etishda asossiz gumon qilingan yoxud ayblangan shaxs sha&#8217;ni va qadr-qimmatining tiklanishi. Reabilitatsiya inson huquqlariiya kafolatlashning o&#8217;ziga xos turi. Reabilitatsiya huquqiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/reabilitatsiya-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-106727","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106727","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=106727"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106727\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":106736,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106727\/revisions\/106736"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=106727"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=106727"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=106727"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}