{"id":10677,"date":"2021-11-14T15:12:46","date_gmt":"2021-11-14T12:12:46","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=10677"},"modified":"2025-10-30T09:52:20","modified_gmt":"2025-10-30T06:52:20","slug":"asal-haqida-nimani-bilasiz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/asal-haqida-nimani-bilasiz\/","title":{"rendered":"ASAL haqida nimani bilasiz?"},"content":{"rendered":"\n<p>ASAL, bol \u2014 ishchi asalarilar o&#8217;simliklar gulidagi shira (nektar) ni organizmida qayta ishlash yo&#8217;li bilan hosil qiladigan shirin suyuqlik. Asalarilar Asalni uya kataklariga o&#8217;zlari uchun oziq qilib g&#8217;amlaydi. Asal o&#8217;z tarkibiga ko&#8217;ra nektardan farq qiladi. Asalda 80% dan ko&#8217;proq uglevodlar (glyukoza, fruktoza), 0,4% kul, 13 \u2014 20% suv bo&#8217;ladi. Asalda inson uchun foydali moddalarning 70 dan ortiq turi bor. Shuningdek, Asalda mineral moddalar: kaltsiy, natriy, kaliy va boshqalar; mikroelementlar, organik kislotalardan olma, limon kislotalari, vitaminlar (V2, V6, RR, S, E, K) borligi aniqlangan. Tabiatdan olinish manbaiga ko&#8217;ra gul (nektar) Asal va shira (o&#8217;simlik barglari va poyalaridan ajraladigan shira) Asalga bo&#8217;linadi. Guldan olingan Asal ham o&#8217;simlik turiga qarab beda, yantoq, kungaboqar, g&#8217;o&#8217;za va boshqalarga ajraladi. Asal o&#8217;zining ta&#8217;mi, hidi, rangi jihatidan, shuningdek qaysi faslda qanday o&#8217;simlik gulidan yig&#8217;ilganligiga va joyi (tog&#8217;, o&#8217;rmon, vodiy) ga qarab ham farqlanadi. Eng yaxshi Asal \u2014 tog&#8217; asali, chunki u turli dorivor gullardan yig&#8217;iladi. Oq akasiya, beda, olma, shaftoli va boshqa o&#8217;simliklar gulidan to&#8217;plangan Asal ham sifatli, oftob kam tushadigan o&#8217;rmon gullari va yetishgarishda turli zaharli dorilar sepiladigan texnika o&#8217;simliklari, masalan, FA, kanopdan olingan Asal ancha sifatsiz hisoblanadi. Asal mumkataklardan maxsus asal ajratkich moslamalar bilan ajratib olinadi. Asal qimmatli oziq-ovqat mahsuloti, uning 1 kilogrammda o&#8217;rtacha 3200 kaloriya energiya bor. Asaldan tibbiyotda qadimdan doridarmon sifatida foydalanilgan. Hozir farmatsevtika sanoatida turli doridarmonlar ishlab chiqariladi. Asalning o&#8217;zi turli kasalliklarga parhez va davo vositasi tarzida beriladi. 20-asrning 60-yillaridan boshlab tibbiyotda Asal bilan davolash usullari &#8211; apiterapiya shakllandi. Asal oziq-ovqat sanoatida ham ishlatiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ASAL, bol \u2014 ishchi asalarilar o&#8217;simliklar gulidagi shira (nektar) ni organizmida qayta ishlash yo&#8217;li bilan hosil qiladigan shirin suyuqlik. Asalarilar Asalni uya kataklariga o&#8217;zlari uchun oziq qilib g&#8217;amlaydi. Asal o&#8217;z &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/asal-haqida-nimani-bilasiz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-10677","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10677","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=10677"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10677\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163167,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10677\/revisions\/163167"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=10677"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=10677"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=10677"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}