{"id":106885,"date":"2023-09-19T07:23:32","date_gmt":"2023-09-19T04:23:32","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=106885"},"modified":"2023-09-19T07:23:35","modified_gmt":"2023-09-19T04:23:35","slug":"radiometeorologiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/radiometeorologiya\/","title":{"rendered":"Radiometeorologiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Radiometeorologiya (radio&#8230; va meteorologiya) \u2014 troposfera va stratosferalagi meteorologik sharoitlarning radioto&#8217;lqin (asosan, ultraqisqa to&#8217;lqin)lar tarqalishiga ta&#8217;sirini, shuningdek, radiosignallar yordamida troposfera va stratosferadagi meteorologik hodisalarni o&#8217;rganuvchi fan sohasi. Radiometeorologik tadqiqotlarga birinchi marta A. S. Popov o&#8217;zining yashin qaytargich asbobini yaratish bilan asos soldi (1895). 20-asr 20-yillarida ultraqisqa radioto&#8217;lqinlarning tarqalishi, asosan, troposferadagi meteorologik jarayonlarga bog&#8217;liqligi, shuningdek, radioto&#8217;lqinlarning troposferada tarqalishidan unda sodir bo&#8217;layotgan jarayonlarni o&#8217;rganish mumkinligi aniqdandi. Radioto&#8217;lqinlarning atmosferada tarqalish nazariyasi 20-asr 50-yillarida rus olimi V. A. Fok tomonidan yaratildi. Atmosferaning yer sathidan 5 kilometr balandligidagi qismi radioto&#8217;lqinlarning tarqalishida asosiy hisoblanadi, chunki shu qismda atmosferadagi bosim, temperatura va namlik hamda gidrometeorologik xossalar (atmosferadagi namlik kondensatsiyasi \u2014 yomg&#8217;ir tomchisi, tuman, bulutlar) va har xil aralashmalar kabi o&#8217;zgaruvchi omillar havoning sindirish ko&#8217;rsatkichi p ga ta&#8217;sir qiladi. Radioto&#8217;lqinlarning troposfera va stratosferada tarqalishida ular sinadi, yutiladi, qaytadi va sochiladi. Bunda har bir hodisaning intensivligi stratosfera va troposferaning kuzatilayotgan vaqtdagi holatiga bog&#8217;liq. Bunday muhitda tarqalayotgan radioto&#8217;lqinlarni o&#8217;rganish yo&#8217;li bilan muhitning meteorologik holatini aniqlash mumkin, masalan, atmosfera dielektrik singdiruvchanligi e ning vertikal va gorizontal taqsimoti radioto&#8217;lqinlar bilan aniqlanib, havo namligi, temperaturasi, yog&#8217;inlar intensivligi, bulutlardagi suv zarralari kontsentratsiyasi va b. meteorologik elementlar aniqlanadi. Radiometeorologiyaning iklimi turlicha hududlarda i ning mavsumiy o&#8217;zgarishini, atmosfera gazlarida yutilishi hamda bulutlar va yog&#8217;inlarda kuchsizlanishini o&#8217;rganuvchi sohasi radioiqlimshunoslik deyiladi. Radiometeorologiyada radiolokatsiya usullari keng qo&#8217;llaniladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Radiometeorologiya (radio&#8230; va meteorologiya) \u2014 troposfera va stratosferalagi meteorologik sharoitlarning radioto&#8217;lqin (asosan, ultraqisqa to&#8217;lqin)lar tarqalishiga ta&#8217;sirini, shuningdek, radiosignallar yordamida troposfera va stratosferadagi meteorologik hodisalarni o&#8217;rganuvchi fan sohasi. Radiometeorologik tadqiqotlarga birinchi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/radiometeorologiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-106885","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106885","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=106885"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106885\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":106898,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106885\/revisions\/106898"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=106885"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=106885"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=106885"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}