{"id":106929,"date":"2023-09-19T09:01:26","date_gmt":"2023-09-19T06:01:26","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=106929"},"modified":"2023-09-19T09:01:30","modified_gmt":"2023-09-19T06:01:30","slug":"raqs","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/raqs\/","title":{"rendered":"Raqs"},"content":{"rendered":"\n<p>Raqs \u2014 san&#8217;at turi. Bunda raqqos(a)ning garmonik tana harakati va holatlari, plastik ifodaviyligi va yuz imo-ishoralari, ritm, temp, kompozitsiya orqali obraz yaratish Raqsning asosiy vositasidir. Insonning mehnat jarayoni va borliqdan olgan emotsional taassurotlari bilan bog&#8217;liq holda yuzaga kelgan. Dastlab qo&#8217;shiq va so&#8217;z bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lib, keyinchalik mustaqil san&#8217;at turiga aylangan. Raqs asrlar davomida takomillashib, barqaror shakllarga ega bo&#8217;la borgan. Ijrochining libosi Raqs obrazlariga aniqlik beradi. Har bir xalqning Raqs an&#8217;analari, ijro uslubi, plastik tasviriy vositalari bo&#8217;lib, ular tarixiy, ijtimoiy va geografik sharoitlar ta&#8217;sirida tarkib topib rivojlangan. Raqs xalq marosimlari, bayramlarining tarkibiy qismidir. Ular bilan bog&#8217;liq holda xorovod va marosim o&#8217;yinlari paydo bo&#8217;lgan. Xorovodlar asta-sekin marosim o&#8217;yinlaridan xalos bo&#8217;lib, xalq turmushining ayrim tomonlarini aks ettira boshlagan. Xalq raqsida ovchilik, chorvachilik, dehqonchilik va hunarmandlik bilan bog\u2019liq mavzular, shuningdek, xalqning bosqinchilarga qarshi kurashi va lirik kayfiyati o&#8217;z aksini topgan. Raqs musiqa bilan uzviy bog&#8217;liq, musiqa mazmunini obrazlar vositasida ochib beradi. Xalq Raqslarida ritm muhim bo&#8217;lib, u musiqada o&#8217;z ifodasini topadi, oyoq, ko&#8217;l, bosh va tana harakatlari umumiy ritmga bo&#8217;ysunadi, bir-biri bilan bog\u2019lanadi. O&#8217;zbek Raqslari mazmunini ifodalashda ijrochilar tepki, qarsak, zangdan ham foydalanadi. Ayrim Raqslar ro&#8217;mol, piyola, qadah kabi buyum bilan ijro etiladi, ba&#8217;zan ijrochi xalq cholg&#8217;u asboblari (qayroq, doira, nog&#8217;ora va hokazolar)da o&#8217;ziga o&#8217;zi jo&#8217;r bo&#8217;ladi. G&#8217;arbiy Yevropa xalqlari Raqsida, asosan oyoq harakatlari muhim bo&#8217;lib, qo&#8217;l va tana harakatlari unga jo&#8217;r bo&#8217;ladi. Sharqda esa qo&#8217;l va tana harakatlari plastik ifodaviylikning asosiy vositalaridir. Sahnaviy Raqs xalq ijodiga tayanadi, uning merosi va o&#8217;ziga xos fazilatlarini saqlaydi va rivojlantiradi. U dastlab Yunoniston, Hindiston va boshqa mamlakatlarda paydo bo&#8217;lgan. Xalq Raqslari asosida tarkib topgan professional Raqslar yuksak darajada rivojlanib, turli Raqs tizimlari (xususan, Yevropa va Sharq mumtoz Raqslari) qaror topgan. Yevropa professional Raqs san&#8217;atining rivojlanishiga Yunoniston va Rim Raqs san&#8217;ati salmoqli hissa qo&#8217;shdi. O&#8217;rta asrlarda Yevropada jonglyor, Shpilman va skomoroxlar ijodidagina Professional Raqs ning ilk ko&#8217;rinishlari namoyon bo&#8217;ldi. 15-16-asrlarda moreski, ballafigurato nomli syujetli Raqslar rasm bo&#8217;lib, Raqs haqida risola va darsliklar yaratildi. 17\u2014asrda balet Raqs spektakllari yuzaga keldi va Raqs san&#8217;ati yangi texnika bilan boyidi. 20-asr boshida esa &#8220;modern&#8221; (ritmoplastik) raqsi paydo bo&#8217;ldi. 40-60-yillarda Yevropa va AQSh da kontsert ijrochiligiga mo&#8217;ljallangan kichik xoreografik asarlar, estrada Raqs rivoj topdi. Markaziy Osiyo, jumladan, O&#8217;zbyokiston hududida topilgan qoya tosh tasvirlari arxeologik topilmalar bu yerda Raqs juda qadimligidan guvohlik beradi. O&#8217;zbek Raqs san&#8217;atining qadimiyligi, shakl va turlarining boyligi ajdodlarimiz asosan dehqonchilik va hunarmandchilik bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lganidan kelib chiqqan. Zardushtiylarning muqaddas kitobi &#8220;Avesto&#8221; davridayoq Raqs san&#8217;ati shakllanib, xalq va professional Raqs \u2014 ikki yo&#8217;nalishda rivojlanishga kirishgan edi. Yunon \u2014 Baqtriya podsholigi davrida (miloddan avvalgi 4-3-asrlar) Turon Raqs san&#8217;atining darajasi Yunoniston, Vizantiya, Hindiston va Xitoy Raqsi bilan bahslashishiga imkon bergan. Shahar madaniyatining rivojlanishi tufayli bu san&#8217;at yanada mazmundor va rang-barang bo&#8217;la boradi. 4-8-asrlarga kelib O&#8217;zbekistonning Samarqand, Buxoro, Shahrisabz va Toshkent kabi shaharlaridan Raqs ustalari Buyuk ipak yo&#8217;llari bo&#8217;ylab Rum, Misr, G&#8217;arb o&#8217;lkalarigacha, Sharqda Xitoy, Koreya va hatto Yaponiyagacha borib, o&#8217;z san&#8217;atlarini namoyish etadilar. Chunonchi, Xitoyda ajdodlarimizning &#8220;Xusyuan&#8217;u&#8221; raqsi mashhur bo&#8217;lgan. Shoir Yuanchjan (776-831) va boshqalar madh etgan. Musulmonlik davrida ham O&#8217;zbekiston sarhadlarida turli taraqqiyot bosqichlarida paydo bo&#8217;lgan. Raqslar, o&#8217;yinlar bir-biriga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatib, yonmayon yashab kelgan. Shu bois shahar va qishloqlarda o&#8217;tkazilgan to&#8217;y, bayram va ma&#8217;rakalardagi &#8220;Beshqarsak&#8221; kabi qadimgi o&#8217;yinlar ham, &#8220;katta o&#8217;yin&#8221;, &#8220;Lazgi&#8221;, &#8220;Kema o&#8217;yin&#8221;, &#8220;Ashshadaroz&#8221; singari katta umumlashmaga, ramziy timsollarga ega. Raqslarni ham, jangovar o&#8217;yinlarni ham uchratish mumkin bo&#8217;lgan. 9-12-asrlardagi Uyg&#8217;onish davrida Raqs san&#8217;atida ham chinakam ko&#8217;tarilish yuz bergan, ko&#8217;pgina qadimgi Raqslar tiklanib, Navro&#8217;z, Mehrjon va sada bayramlarida namoyish qilingan. Abul Fayz Bayhakiyning yozishicha, o&#8217;sha davrda birgina Termiz shahrining o&#8217;zida yuzlab san&#8217;atkorlar bo&#8217;lib, Amir Ma&#8217;sudni kutib olish uchun Termizdan 300 dan ziyod san&#8217;atkor Amudaryo bo&#8217;yiga kelgan ekan. Buxoro, Gurganj, Kesh va boshqa shaharlarda ham Raqsga e&#8217;tibor baland bo&#8217;lgan. Xorazmda Abul Abbos Ma&#8217;mun hukmronligi davrida (1003-1017) Raqs san&#8217;ati yaxshi rivojlangan. Raqs san&#8217;ati, ayniqsa, Amir Temur va Temuriylar saltanatida ravnaq topgan. Unda xotinqizlarning o&#8217;rni katta bo&#8217;lgan. Rang-baranglik, tarixiy qatlamlar Raqsda yaqqol ko&#8217;zga tashlangan. Olov atrofidagi o&#8217;yinlar, Anaxita va Rustam timsollariga bag&#8217;ishlangan o&#8217;yinlar, maqom Raqslari, &#8220;Arg&#8217;ushtak&#8221; kabi Raqslar shu jumladandir. &#8220;Munojot&#8221;, &#8220;Tanavor&#8221;, &#8220;Lazgi&#8221; Raqslari ham aynan shu davrda malakali ijrochilar dasturidan mustahkam o&#8217;rin olgan. 15-asrning 2-yarmi va 16-asr boshida Sayyid Badr, Tohir chakka, Mohchuchuk, Maqsudali, Katta moh, kichik moh laqabli Raqs ustalari shuhrat qozondi. Bu davrda Raqs san&#8217;ati xalq raqsi va malakali Raqs yo&#8217;nalishida rivojlandi. Buxoro amirligi, Xiva va Qo&#8217;qon xonliklari vujudga kelgach, Raqs san&#8217;atida ham o&#8217;ziga xos uslublar maydonga keldi. Bu davrda jaholat, mutaassiblik kuchaygani sababli Raqs san&#8217;atida o&#8217;smir bolalar va yigitlar yetakchilik qilgan. Ayollar raqsi esa sozanda (Buxoro amirligi), xalfa (Xiva xonligi) va yallachi (Farg&#8217;ona vodiysida) deb yuritilgan ayol san&#8217;atkorlardan iborat ixcham to&#8217;dalarning teatrlashgan dasturlarida rivojlanib, ichkarilarda uyushtiriladigan ziyofat va bazmlarda ko&#8217;rsatib kelingan. Erkaklarning yig&#8217;inlarida raqqosalar xufiyona qatnashganlar. 20-asrda Raqs san&#8217;ati Buxoro Raqssi, Xorazm Raqssi, Farg&#8217;ona Raqssi yo&#8217;nalishida; zamonaviy sahna talablari asosida qayta ishlangan sahnaviy xalq Raqsi sifatida: milliy Raqs unsurlaridan foydalangan balet spektakllari tarzida rivojlanib keldi. Mazkur yo&#8217;nalishlarning har biri asr davomida bir necha tarixiy bosqichni bosib o&#8217;tib, o&#8217;z shakli-shamoyili, mazmuniga ega bo&#8217;ldi. Bir qator davlat va xalq Raqs jamoalari jahonga tanildi. Bunda Hamdamxon, Yusufjon qiziq Shakarjonov, usta olim Komilov, Tamaraxonim, Mukarrama Turg&#8217;unboeva, Gavhar Rahimova, Roziya Karimova, Qunduz Mirkarimova, Karim Rahimov, Qodir Mo&#8217;minov, Ma&#8217;mura Ergasheva, Yulduz Ismashova, Shokir Ahmedov, Gavhar Matyoqubova, Rushana Sultonova, Dilafro&#8217;z Jabborova, Qizlarxon Do&#8217;stmuhamedova, Malika Ahmedova kabi Raqs ustalarining xizmati katta. Mustaqillik davrida Raqs san&#8217;ati yanada tez sur&#8217;atlar bilan rivojlanmoqda. 1997 yil 8 yanvarda O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning &#8220;O&#8217;zbekistonda milliy raqs va xoreografiya san&#8217;atini rivojlantirish to&#8217;g&#8217;risida&#8221;gi farmoni va mazkur farmonni bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining o&#8217;sha yili 25 Fevralda 101-qarori chiqdi. Shu asosda M. Turg&#8217;unboyeva nomidagi &#8220;O&#8217;zbekraqs&#8221; ijodiy birlashmasi tashkil topdi, birlashma qoshida maxsus jamg&#8217;arma tuzildi. Xoreografiya bilim yurti negizida esa Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi barpo etildi. &#8220;O&#8217;zbekraqs&#8221;, &#8220;O&#8217;zbeknavo&#8221; ijodiy birlashmalari tarkibidagi ansambllar, xalq Raqs merosini o&#8217;rganish va tiklash asosida yangi Raqslar yaratish, an&#8217;anaviy Raqslarni asrab-avaylash va munosib darajada namoyish etish, yosh raqqos va raqqosalarni tarbiyalab etishtirish bo&#8217;yicha olib borayotgan harakatlari ijobiy natijalar bermoqda. Milliy raqs ijrochiligi bo&#8217;yicha M. Turg&#8217;unboyeva nomidagi mukofot ta&#8217;sis etilgan. Bir qator davlat va xalq Raqs ansambllari (masalan, &#8220;Bahor&#8221;, &#8220;Tanavor&#8221; va boshqalar), Raqs ustalari jahonning turli mamlakatlarida bo&#8217;lib, o&#8217;zbek Raqs san&#8217;atini namoyish etmoqdalar. Ad.: Avdeeva L . A., Iz istorii uzbekskoy nasionalnoy xoreografii, T., 2001; Qodirov M., O&#8217;zbek xalq tomosha san&#8217;ati, T., 1981; Avdeeva L. A., Qodirov M. X., Ismatova Yu., &#8220;Tanavor&#8221; raqsi jilolari, T., 2002. Muhsin Qodirov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Raqs \u2014 san&#8217;at turi. Bunda raqqos(a)ning garmonik tana harakati va holatlari, plastik ifodaviyligi va yuz imo-ishoralari, ritm, temp, kompozitsiya orqali obraz yaratish Raqsning asosiy vositasidir. Insonning mehnat jarayoni va borliqdan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/raqs\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-106929","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106929","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=106929"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106929\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":106934,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106929\/revisions\/106934"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=106929"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=106929"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=106929"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}