{"id":106966,"date":"2023-09-19T11:54:11","date_gmt":"2023-09-19T08:54:11","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=106966"},"modified":"2023-09-19T11:54:15","modified_gmt":"2023-09-19T08:54:15","slug":"rajabiylar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/rajabiylar\/","title":{"rendered":"Rajabiylar"},"content":{"rendered":"\n<p>Rajabiylar \u2014 20-asr o&#8217;zbek san&#8217;atiga ulkan hissa qo&#8217;shgan san&#8217;atkorlar sulolasi. Sulola boshlig&#8217;i Yunus Rajabiy [1897.5(17).1\u2014Toshkent \u2014 1976.23.4] \u2014 bastakor, xonanda va sozanda (nay, dutor), o&#8217;zbek musiqa merosini to&#8217;plovchisi. O&#8217;zbekiston xalq artisti (1953), O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1966). Madrasada, keyinchalik Turkiston xalq konservatoriyasida (1919\u2014 23), Toshkent Oliy musiqa maktabining tayyorlov kursi (1934) hamda Moskvada tashkil etilgan bastakorlar kursi (1940-41)da ta&#8217;lim olgan. Dutor chalishni Mirza Qosimdan, keyinchalik o&#8217;zbek mumtoz musiqa merosini Sh. Shoumarov, Hoji Abdulaziz, To&#8217;ychi Hofiz, Domla Halimlardan o&#8217;rgangan. Samarqand pedagogika bilim yurtida musiqa o&#8217;qituvchisi (1923-25). Samarqand teatrining musiqa rahbari (1925-27), O&#8217;zbekiston radiokomiteti qoshidagi xalq cholg&#8217;u asboblari ansambli (keyinchalik xalq cholg&#8217;ulari orkestri) tashkilotchisi va badiiy rahbari (1927-42, 1945-59), Yangiyo&#8217;l teatri musiqa rahbari (1942-45), O&#8217;zbekiston teleradiosining &#8220;maqom&#8221; ansambli tashkilotchisi va badiiy rahbari (1959-76). Yoshligidanoq shirali va ta&#8217;sirchan ovozga ega bo&#8217;lgan iste&#8217;dodli xonanda va mohir sozanda sifatida tanilgan. Uning repertuaridan maqom parchalari, &#8220;Girya&#8221;, &#8220;Ushshoq&#8221;, &#8220;ko&#8217;cha bogi&#8221;, &#8220;Eshvoy&#8221;, &#8220;kurd&#8221;, &#8220;Qalandariy&#8221;, &#8220;Gulyor\u2014Shahnoz&#8221;, &#8220;Baet&#8221;, &#8220;Dugohi Husayniy&#8221;, &#8220;Chorgoh&#8221;, &#8220;Miskin&#8221;, &#8220;Nasrulloyi&#8221; kabi ashula va kuy turkumlari o&#8217;rin olgan. U bir qancha qadimgi o&#8217;zbek xalq kuy va ashulalarini qayta ishlab tiklagan: &#8220;Subhidam&#8221;, &#8220;yolg&#8217;iz&#8221; &#8220;sayqal&#8221;, &#8220;fig&#8217;on&#8221;, &#8220;Oraz&#8221;, &#8220;begi Sultan&#8221; va boshqalar. Ijrochilik faoliyatini bastakorlik bilan birgalikda olib borgan Yu. Rajabiylar o&#8217;zbek musiqali dramasining shakllanishiga muhim hissa qo&#8217;shgan. Dastlab &#8220;Farhod va Shirin&#8221; (Xurshid, 1922-25, Sh. Shoumarov bilan hamkorlikda), &#8220;Layli va Majnun&#8221; (Xurshid, 1926), &#8220;Rustam&#8221; (U. Ismoilov, 1933), &#8220;Avaz&#8221; (A. Hidoyatov, 1935), &#8220;Xolisxon&#8221; (Hamza, 1940) kabi spektakllarga xalq ashulalari asosida kuylar bastalagan. Keyinchalik B. Nadejdin bilan hamkorliqsa &#8220;qasos&#8221; (A. Umariy, Uyg&#8217;un, 1941), N. Mironov bilan &#8220;Qo&#8217;chqor Turdiev&#8221; (S. Abdulla, Chustiy, 1942), G. Mushel bilan &#8220;Muqanna&#8221; (H. Olimjon, 1943), O. Halimov bilan &#8220;Nodira&#8221; (S. Kosimov, Ya. Mamatxonov, 194243), B. Zeydman bilan &#8220;O&#8217;g&#8217;il uylantirish&#8221; (H. G\u2019ulom, 1964), Sayfi Jalil bilan &#8220;Navoiy Astrobodda&#8221; (I. Maxsumov, 1968) singari musiqali dramalarni yaratgan. U &#8220;Zaynab va omon&#8221; operasi (1958; B. Zeydman, D. Zokirov va T. Sodiqovlar bilan) ning yozilishida ishtirok etgan. Yu. Rajabiylar, shuningdek, &#8220;fabrika yallasi&#8221;, &#8220;Bizning Davron&#8221;, &#8220;Mirzacho&#8217;lda tuy&#8221;, &#8220;O&#8217;zbekiston&#8221;, &#8220;Yangrasin Gulyor&#8221;, &#8220;Dugonalarga&#8221;, &#8220;Qadah&#8221;, &#8220;Koshki&#8221;, &#8220;gul sochar&#8221;, &#8220;judo&#8221;, &#8220;Ra&#8217;nolanmasun&#8221;, &#8220;chapandoz&#8221;, &#8220;Kuygay&#8221; kabi qo&#8217;shiq va ashulalar, &#8220;O&#8217;yin Bayoti&#8221;, &#8220;O&#8217;yin Dugohi&#8221;, &#8220;Paxta&#8221; singari raqs kuylari yaratgan. Yu. Rajabiylarning, ayniqsa, o&#8217;zbek musiqa merosini to&#8217;plashdagi xizmatlari katta. U 1935 yildan xalq, kuy va ashulalarini notaga yoza boshlagan. Natijada E. Romanovskaya va Il. Akbarov tuzgan &#8220;O&#8217;zbek xalq qo&#8217;shiqlari&#8221; (1939) to&#8217;plamidan Yu. Rajabiylar notaga olgan 29 ta xalq musiqa namunasi o\u2019rin olgan. 1955-59 yillarda Yu. Rajabiylar 5 jildli &#8220;O&#8217;zbek xalq musiqasi&#8221; (I. A. Akbarov taxririda) to\u2019plamini nashr ettirdi. Unga mingga yaqin turli janrdagi o&#8217;zbek (bir qancha tojik, uyg&#8217;ur) kuy va ashulalari, Buxoro Shashmaqomi, Farg&#8217;ona \u2014 Toshkent maqom yo&#8217;llari, katta ashulalar, 20-asr bastakorlari (Hamza, K. Jabborov, N. Hasanov, S. Kalonov, F. Sodiqov, T. Jalilov, M. Mirzayev va boshqalar)ning asarlari kiritilgan. &#8220;Makom&#8221; ansambli bilan ishlashi jarayonida Yu. Rajabiylar Shashmaqomning 6 jildli yangi nashrini (1966-74, F. Karomatov taxririda) hamda grammplastinka yozuvlar mukammal tuplamini (Toshkent grammyozuvlar studiyasida, 1970-yillar) tayyorladi. T. Sodiqov, D. Zokirov, D. Soatqulov, F. Sodiqov, N. Hasanov, K. Jabborov, S. Kalonov, K. Mo&#8217;minov, O. Imomxo&#8217;jayev, B. Dovidova, K. Ismoilova, O. Alimahsumov, T. Alimatov va boshqa san&#8217;atkorlar Yu. Rajabiylarning shogirdlaridir. Yu. Rajabiylar Hamza nomidagi O&#8217;zbekiston Davlat mukofoti laureati (1971), &#8220;Buyuk xizmatlari uchun&#8221; ordeni (2000) bilan mukofotlangan. O&#8217;zbekiston teleradiokompaniyasi qoshidagi &#8220;maqom&#8221; ansambli, Jizzax musiqali drama va komediya teatri, Toshkent musiqa pedagogika bilim yurti, Toshkentdagi ko&#8217;chalardan biri, metro bekati Yunus Rajabiy nomi bilan yuritiladi. Uning hayoti va ijodiga bag&#8217;ishlangan &#8220;Yunus Rajabiy&#8221; (&#8220;O&#8217;zkinoxronika&#8221; studiyasi, 1967; &#8220;O&#8217;zbektelefilm&#8221; studiyasi, 1990), &#8220;umr daftari&#8221; (O&#8217;zbekiston televideniesi, 2001) filmlari suratga olingan. Yunus Rajabiy 1957-76 yillar yashab ijod etgan uy (Toshkent, Yunus Rajabiy ko&#8217;chasi, 20)da 1997 yilda Rajabiy uymuzeyi ochilgan. 2001 yil Yunus Rajabiy madaniyat markazi tashkil etilgan. Rizqi Rajabiy (1887\u2014 Toshkent \u2014 1977.20.7) \u2014 sozanda (tanbur), o&#8217;zbek musiqa ijrochilik san&#8217;atining yirik namoyandasi. O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan artist (1940). Yunus Rajabiyning akasi. Toshkent musiqa texnikumini tugatgan (1923). Samarqand musiqa bilim yurtida o&#8217;qituvchi va viloyat musiqali teatrida sozanda (1924\u2014 27). O&#8217;zbekiston radioqo&#8217;mitasi huzuridagi Xalq musiqa cholg&#8217;ulari ansamblida sozanda, kontsertmeyster (1927-42). Toshkent musiqa texnikumida (1930-39), Toshkent konservatoriyasida (1972-77) o&#8217;qituvchi. Ijro uslubi noxun zarblarini hamda musiqa bezak (nolish, sayqal) larini kuy xarakteri va mazmuniga moslab ishlatishi bilan ajralib turadi. Repertuaridan maqom yo&#8217;llari (tasnifi va Samoy Dugoh, Gulyorshahnoz, Garduni va Ufari Segoh va boshqalar) hamda mumtoz cholg&#8217;u kuylari (Miskin, Nasrulloyi, Tanavor, Munojot, Abdurahmonbegi, Girya, Suvora kabi) o&#8217;rin olgan. San&#8217;atshunoslik ilmiy tadqiqot institutida 200 dan ortiq, O&#8217;zbekiston radiosi va Toshkent grammyozuvlar studiyalarida Rajabiylar ijrosida 100 ga yaqin kuy yozib olingan. U bir necha ashula (&#8220;soralar&#8221;, &#8220;yashnasin&#8221;, &#8220;yorug&#8217;lik&#8221;, &#8220;ovoraman&#8221;, &#8220;tantana&#8221;, &#8220;Oftobim&#8221;) va kuy (&#8220;Chaqir&#8221;, &#8220;olg&#8217;a&#8221;, &#8220;uxlasin&#8221;)lar muallifi. Akbar Haydarov, Mahmud Yunusov, Orif Qosimov va boshqalar uning shogirdlaridir. Ahmad Yunusov (1923.10.5, Toshkent) \u2014 musiqa muharriri, rejissyor. O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan madaniyat xodimi (1968), Yunus Rajabiyning o&#8217;g&#8217;li. O&#8217;rta Osiyo universiteti (1952), Toshkent teatr va rassomlik san&#8217;ati institutining 1 yillik rejissyorlik kursini (1953) tugatgan. Yangiyo&#8217;ldagi &#8220;Toshsovet&#8221; teatrida aktyor (1941-45). Toshkent to&#8217;qimachilar kombinati klubi (1947-94), Toshmi qoshida (1948-94), Mirzacho&#8217;l (hozirgi Guliston) shahar madaniyat uyida (1964-69) &#8220;Xalq teatri&#8221; unvoniga sazovor bo&#8217;lgan havaskor teatr jamoalarining tashkilotchisi va rahbari. Rejissyor sifatida saxnalashtirgan spektakllari: &#8220;Yurak sirlari&#8221; (B. Rahmonov), &#8220;makr va muhabbat&#8221; (F. Shiller), &#8220;Imon&#8221; (I. Sulton), &#8220;Sharqtongi&#8221; (N. Safarov), &#8220;Mehribonlar&#8221;, &#8220;toshkesar&#8221; (Alp Jamol) va boshqalar. Ayni paytda O&#8217;zbekiston televideniyesining musiqa tahririyatida muharrir va bo&#8217;lim boshlig&#8217;i lavozimlarida ishlab (1957-94), &#8220;Marxabo, talantlar&#8221;, &#8220;San&#8217;atkorlar hosil ustalariga&#8221; kabi turkum ko&#8217;rsatuvlar, shuningdek, Sh. Rahimova, M. Azizova, M. Mirzaev, Sayfi Jalil, S. Kalonov, S. Xo&#8217;jaev, M. G&#8217;ofurov kabi san&#8217;atkorlarning ijodiy portret va kontsertlarini tayyorlagan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rajabiylar \u2014 20-asr o&#8217;zbek san&#8217;atiga ulkan hissa qo&#8217;shgan san&#8217;atkorlar sulolasi. Sulola boshlig&#8217;i Yunus Rajabiy [1897.5(17).1\u2014Toshkent \u2014 1976.23.4] \u2014 bastakor, xonanda va sozanda (nay, dutor), o&#8217;zbek musiqa merosini to&#8217;plovchisi. O&#8217;zbekiston xalq &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/rajabiylar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-106966","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106966","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=106966"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106966\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":106973,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106966\/revisions\/106973"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=106966"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=106966"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=106966"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}