{"id":107032,"date":"2023-09-19T15:13:50","date_gmt":"2023-09-19T12:13:50","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=107032"},"modified":"2023-09-19T15:13:57","modified_gmt":"2023-09-19T12:13:57","slug":"rafael-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/rafael-2\/","title":{"rendered":"Rafael"},"content":{"rendered":"\n<p>Rafael [asli Rafaello Santi (Santsio), Rafaello Santi (Sanzio)] [1483.26 yoki 28.3 (ayrim manbalarga ko&#8217;ra, 6.4), Urbino \u2014 1520.6.4, Rim] italyan rassomi va me&#8217;mori; Rafael san&#8217;atida yuksak Uyg&#8217;onish davriga xos bo&#8217;lgan go&#8217;zallik va mukammal dunyo haqidagi ilg&#8217;or qarashlar, hayotbaxsh ideallar uyg&#8217;unlikda o&#8217;ta aniqlik bilan mujassamlashgan. Ilk asarlaridayoq manzara bilan uyg&#8217;unlashgan nafis shakllar Rafaelning yuksak iqtidoridan darak beradi (&#8220;riser uyqusi&#8221;, Milliy galereya, London; &#8220;Madonna Konestabile&#8221;, Ermitaj \u2014 taxminan 1500-02), &#8220;Mariyaning nikohi&#8221; asari (1504, Brera) fazoviy echimi jihatidan ustozi Perujino asarlariga yaqin. 1504-08 yillar Florentsiyada yashab, buyuk san&#8217;atkorlar (Leonardo da Vinchi, F. Bartolommeo va boshqalar) ijodi, anatomiya va perspektivani o&#8217;rganadi, dramatik voqealarga boy asarlar yaratadi (&#8220;tobutga qo&#8217;yish&#8221;, 1507, Borgoze gal., Rim va boshqalar), ko&#8217;plab yaratgan madonnalari unga katta Shuhrat keltirdi: &#8220;Madonna Granduka&#8221; (Pitti, Florentsiya), &#8220;Bog\u2019bon Madonna&#8221; (Luvr, Parij) va boshqalar. 1508 yildan Papa Yuliy II taklifi bilan Rimda yashab, ijod qiladi, antik yodgorliklar bilan tanishadi, arxeologik qazishmalarda ishtirok etadi. Vatikan saroyida devoriy rasmlar turkuminl yaratadi: ularda ozodlik g&#8217;oyalari va insoniy baxt, insonni har tomonlama jismoniy o&#8217;sishi va ruhiy imkoniyatlarini tarannum etadi, saroy zal (stans)lariga ishlagan freskalari rassomlik san&#8217;atida monumental rangtasvirning katta yutug&#8217;i, tasviriy san&#8217;atning me&#8217;morlik bilan uyg&#8217;unligining eng yaxshi namunasi bo&#8217;ldi. Jumladan, Della Senyatura zalida inson faoliyatining 4 sohasi \u2014 din (&#8220;munozara&#8221;), falsafa (&#8220;Afina maktabi&#8221;), she&#8217;riyat (&#8220;Parnas&#8221;), huquq (&#8220;aql, mezon va kuch&#8221;)ni tasvirlaydi qamda plafonda shu kompozitsiyalarga mos Injil va afsonalar mazmuniga oid majoziy shaklli kompozitsiyalar yaratib, ulkan iste&#8217;dod egasi sifatida shuxrat qozondi. Rimda Rafael yetuk portretchi sifatida namoyon bo&#8217;ldi: &#8220;Papa Yuliy II&#8221; (taxminan 1510), &#8220;kardinal portreta&#8221; (taxminan 1512), &#8220;B.Kastilone&#8221; (1515-16), &#8220;Lev X kardinallar bilan&#8221; (taxminan 1518) va boshqalar; &#8220;Madonna Alba&#8221; (taxminan 1510\u2014I), &#8220;Madonna Di Folino&#8221; (taxminan 1511-12) kabi madonnalar tasvirida ulug&#8217; tuyg&#8217;u \u2014 onalik tuyg&#8217;usini bera oldi, ayniqsa, &#8220;Sikst madonnasi&#8221; (1515-19) eng mukammal asar sifatida xavotirlik va o&#8217;ta nafosat tuyg&#8217;usini uyg&#8217;unlashtirgan. Rafaelning me&#8217;morlikdagi faoliyati muhim ahamiyatga ega bo&#8217;ldi; me&#8217;mor barmante boshlagan Rimdagi Avliyo Pyotr sobori qurilishiga uning vafotidan so&#8217;ng Rafael rahbarlik qiddi, qurilishni o&#8217;zining yangi bazilikali loyihasi asosida davom ettirdi. Vatikandagi bir necha binolar Rafael rahbarligida qurilgan, uning loyihasi va rasmlari asosida ko&#8217;p binolar, ayniqsa, yirik saroylar barpo etilgan; har bir saroyga o&#8217;ziga xos qiyofa va bezaklar berishga intilgan [Rimda Rafael loyihasi asosida aylana tarxli Santelijo Deli Orefichi cherkovi (1509 yildan), Santamariya del Popolo cherkovining nafis Kiji kapellasi (1512\u2014 20) va palassolar qurilgan], u qurgan binolar salobatliligi va intererlarining nozikligi bilan ajralib turadi. Uzoq vaqtlar davomida betakror san&#8217;at namunasi mavqeini saqlagan Rafael ijodiga keyingi davr ijodkorlari ideal san&#8217;at namunasi sifatida takror-takror murojaat etdilar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rafael [asli Rafaello Santi (Santsio), Rafaello Santi (Sanzio)] [1483.26 yoki 28.3 (ayrim manbalarga ko&#8217;ra, 6.4), Urbino \u2014 1520.6.4, Rim] italyan rassomi va me&#8217;mori; Rafael san&#8217;atida yuksak Uyg&#8217;onish davriga xos bo&#8217;lgan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/rafael-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-107032","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107032","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=107032"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107032\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":107048,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107032\/revisions\/107048"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=107032"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=107032"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=107032"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}