{"id":107166,"date":"2023-09-20T08:27:12","date_gmt":"2023-09-20T05:27:12","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=107166"},"modified":"2023-09-20T08:27:19","modified_gmt":"2023-09-20T05:27:19","slug":"rang-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/rang-2\/","title":{"rendered":"Rang"},"content":{"rendered":"\n<p>Rang ( tasviriy san&#8217;atda) \u2014 rangtasvirning asosiy ifoda va tasvir vositasi. Rang orqali rassom mavjud borliqni o&#8217;ziga xos xususiyatlari bilan haqqoniy aks ettiradi. Jahon san&#8217;ati taraqqiyotida borliq Rangini aks ettirishning turli uslub va tizimlari shakllangan, biroq hammasining asosida Ranglarni bir-biri bilan aralashtirib, yangi Rang hosil qilish uslubi yotadi. 7 xil kamalak (spektr) Rangini bir-biriga aralashtirish orqali 280 dan ortiq Rang tuslanishini hosil qilish mumkin. Rang inson ruhiyatiga kuchli ta&#8217;sir etuvchi vosita bo&#8217;lib, u insonda quvonch va mayuslik, tetiklik yoki g&#8217;amginlik, xotirjamlik yoki bezovtalik tuyg&#8217;ularini uygotishi mumkin. Rassom uchun Rangning ana shu kuchi muhim omil bo&#8217;lib, ular asarning g&#8217;oyaviy-plastik yechimida muxim rol o&#8217;ynaydi. Tabiatdagi bor Ranglar axromatik va xromatik Ranglarga bo&#8217;linadi. Axromatik Ranglarga oqdan to&#8217;q qoragacha bo&#8217;lgan bo&#8217;yoqlar, qolganlari xromatik (qizil, sariq, ko&#8217;k va hokazolar) Ranglarga kiradi. Xromatik Ranglar o&#8217;z navbatida issiq (qizil, sariq, zarg&#8217;aldoq) va sovuq (ko&#8217;k, moviy, binafsha), shuningdek, har ikkisiga kiruvchi (binafsha, yashil) Ranglarga ajratiladi. Rangtasvirda issiq va sovuq Ranglarning o&#8217;zaro uyg&#8217;unligi asarning rang tizimi \u2014 koloritni tashkil qiladi, shuningdek, asar kompozisiyasini tashkil etuvchi unsur va vosita hisoblanadi. Iliq Rang yaqinlik, sovuq Rang uzoqlik tuyg&#8217;usini berishi asarda masofani ko\u2019rsatish (ayniqsa, manzara janri)da qo&#8217;l keladi. Tasviriy san&#8217;at tarixida Rangdan foydalanish jamiyat taraqqiyoti bilan birga rivojlanib borgan. Ibtidoiy jamoa rassomi o&#8217;z &#8220;asar&#8221;ini mavjud tabiiy Rang (yog&#8217;och ko&#8217;miri, olov kuyasi)dan foydalanib ishlagan, jamiyat rivoji bilan Rang \u2014 pigment va bog&#8217;lovchilar ortib borgan, Rang ishlab chiqarish usuli rivojlangan: quldorlik davrida murakkab Rang (akvarel, tempera, enkaustika) texnologiyasi ishlab chiqilgan. O&#8217;rta asrlar oxirida moybo&#8217;yoq texnologiyasi paydo bo&#8217;lgan, shu davrdan Rang tuslanishi ham ortib avvalgi lokal, yassi Rang o&#8217;rnini nursoya yordamida o&#8217;zgaruvchi, tuslanuvchi Ranglar tizimi egallagan. Buyumlarning to&#8217;laqonli hajmli ko&#8217;rinishini aks ettirish, fazoviy bo&#8217;shliqni Rang orqali o&#8217;zlashtirish kuchayib borgan. 19-asr 60-70-yillaridan yorqin (spektr) Ranglarga yaqin Ranglarni yonmayon qo&#8217;yish asosida kartinalar yaratila boshlandi. Bunday asarlarni ma&#8217;lum masofadan kuzatish lozim. Avangard san&#8217;ati (abstrakt san&#8217;at, simvolizm, syurrealizm va boshqalar)da Rang majoziy, ramziy mazmunga ega bo&#8217;ldi, ko&#8217;p hollarda asarning asosiy mazmuni va g&#8217;oyasini tashkil etdi. Ranglar o&#8217;lchami, shakli, o&#8217;rni o&#8217;zida sirli, falsafiy mazmunni yoritishga qaratildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rang ( tasviriy san&#8217;atda) \u2014 rangtasvirning asosiy ifoda va tasvir vositasi. Rang orqali rassom mavjud borliqni o&#8217;ziga xos xususiyatlari bilan haqqoniy aks ettiradi. Jahon san&#8217;ati taraqqiyotida borliq Rangini aks ettirishning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/rang-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-107166","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107166","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=107166"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107166\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":107175,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107166\/revisions\/107175"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=107166"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=107166"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=107166"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}