{"id":107255,"date":"2023-09-20T09:40:54","date_gmt":"2023-09-20T06:40:54","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=107255"},"modified":"2023-09-20T09:40:58","modified_gmt":"2023-09-20T06:40:58","slug":"radishchev-aleksandr-nikolayevich","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/radishchev-aleksandr-nikolayevich\/","title":{"rendered":"Radishchev Aleksandr Nikolayevich"},"content":{"rendered":"\n<p>Radishchev Aleksandr Nikolayevich [1749.20(31).8, Moskva \u2014 1802.12(24).9, Peterburg] \u2014 rus yozuvchisi va faylasufi. Peterburgdagi pajlar korpusi (1762-66) va Leypsig universitetining huquqshunoslik fakulteti (1766-71)da o&#8217;qigan. Radishchev dunyoqarashining shakllanishida frantsuz ma&#8217;rifatparvarlarining asarlari muhim ahamiyatga ega bo&#8217;lgan. 1771 yilda Radishchev Senatga protokolchi etib tayinlangan va shu vaqtda Mablining &#8220;Yunon tarixi haqida o&#8217;ylar&#8221; kitobini rus tiliga tarjima qilgan. 1773-75 yillarda diviziya prokurori bo&#8217;lib ishlagan, Pugachyov qo&#8217;zg&#8217;oloni shafqatsizlik bilan bostirilgach (1775), iste&#8217;foga chiqib, turli joylarda xizmat qilgan. 80-yillarda rus ma&#8217;rifatparvarlari harakati qizg&#8217;in tus olganda Radishchev ular bilan hamkorlik qilgan. Uning rus xalqi tarixi bo&#8217;yicha mushohada va mulohazalarining mahsuli sifatida &#8220;Lomonosov haqida so&#8217;z&#8221; (1780), &#8220;do&#8217;stimga xat&#8221; (1782, Pyotr 1 haykalining ochilishi munosabati b-n) makrlalari, &#8220;erkinlik&#8221; qasidasi (1783) va boshqa asarlari maydonga kelgan. 1790 yil esa Radishchev ijodining &#8220;gultoji&#8221; \u2014 &#8220;Peterburgdan Moskvaga sayohat&#8221; asari Radishchevning o&#8217;z bosmaxonasida 650 nusxada chop etilgan. Ammo kitob musodara etilib, Radishchevning o&#8217;zi Sibirga surgun qilingan. Radishchev Yekaterina II vafotidan keyin ozodlikka erishib (1796), otasining Nemsovo qishlog&#8217;idagi qo&#8217;rg&#8217;oniga ko&#8217;chib borgan. 1801 yil esa u krnunlar tuzish komissiyasiga ishga jalb etilgan. Radishchev &#8220;Peterburgdan Moskvaga sayohat&#8221; asarida 18-asr oxiri rus voqeligidagi ijtimoiy ziddiyatlarini teran ochib bergan. Radishchevning bu va boshqa asarlaridagi inqilobiy ruh sovet davrida yuqori baholangan va Radishchev sovet mafkurasining bayroqdorlaridan biriga aylangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Radishchev Aleksandr Nikolayevich [1749.20(31).8, Moskva \u2014 1802.12(24).9, Peterburg] \u2014 rus yozuvchisi va faylasufi. Peterburgdagi pajlar korpusi (1762-66) va Leypsig universitetining huquqshunoslik fakulteti (1766-71)da o&#8217;qigan. Radishchev dunyoqarashining shakllanishida frantsuz ma&#8217;rifatparvarlarining asarlari &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/radishchev-aleksandr-nikolayevich\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-107255","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107255","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=107255"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107255\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":107259,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107255\/revisions\/107259"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=107255"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=107255"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=107255"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}