{"id":107300,"date":"2023-09-20T10:52:30","date_gmt":"2023-09-20T07:52:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=107300"},"modified":"2023-09-20T10:52:34","modified_gmt":"2023-09-20T07:52:34","slug":"qoshkopir-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qoshkopir-tumani\/","title":{"rendered":"Qo&#8217;shko&#8217;pir tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Qo&#8217;shko&#8217;pir tumani \u2013 Xorazm viloyatidagi tuman. 1936 yil 17 aprelda tashkil etilgan. 1962 yil 14 dekabrda Xiva tumaniga qo&#8217;shib yuborilgan. 1966 yil 9 yanvarda qayta tashkil etilgan. Shimoldan Shovot, shimoli-Sharq va sharqdan Urganch tumanlari, Janubdan Xiva tumani, g&#8217;arbdan Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 0,54 ming km2. Aholisi 128,7 ming kishi (2005). Tumanda 1 shaharcha (Qo&#8217;shko&#8217;pir), 12 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Kenagas, Oqdarband, Xonobod, Xosiyon, Shixmashhad, Yangilik, O&#8217;zbekyop, O&#8217;rtayop, Qatag&#8217;on, G&#8217;ozovot, Hadra, Hayrobod) bor. Tuman markazi \u2014 Qo&#8217;shko&#8217;pir shaharchasi. Tabiati. Tuman hududi, asosan, tekislik. Iqlimi keskin Kontinental. Qishning eng sovuq oyi (yanvar)da o&#8217;rtacha temperatura -5\u00b0, eng past temperatura -32\u00b0. Yozning eng issiq oyi iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 33\u00b0, eng yuqori temperatura 42\u00b0. Vegetatsiya davri 192 kun. Yillik yog&#8217;in 50-100 mm. Tuman hududini kesib o&#8217;tgan Kattako&#8217;l, Dovdon, Dovudko&#8217;l magistral kollektorlari va ularga tu- tashgan kollektor \u2014 drenaj shoxobchalari ishlab turibdi. Tuprog&#8217;i o&#8217;tloqi tuproq. Yovvoyi o&#8217;simliklardan jiyda, turang&#8217;il, yulg&#8217;un; yovvoyi hayvonlardan chiyabo&#8217;ri, quyon uchraydi. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar, shuningdek, turkman, eroniy, rus, tatar, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 km2 ga 239 kishi. Shahar aholisi 16,9 ming kishi (2005). Qishloq aholisi 111,8 ming kishi. Xo&#8217;jaligi. Tumanda paxta tozalash, silikat g&#8217;isht zavodlari, MTP, avtokorxonalar, qurilish tashkilotlari, tikuvchilik va gilamchilik tsexlari ishlab turibdi. Kichik va o&#8217;rta biznes korxonalari, mikrofirmalar va boshqalar faoliyat ko&#8217;rsatadi. Qishloq xo\u2019jalik, asosan, paxtachilik va g&#8217;allachilikka ixtisoslashtan. Dehqonchilik, chorvachilik, pillachilik, bog&#8217;dorchilik, baliqchilik ham rivojlangan. 1 ijara xo&#8217;jaligi, fermer xo&#8217;jaliklari, 1 aktsiyadorlik jamiyati, &#8220;Qushko&#8217;pir parranda&#8221;, &#8220;Qo&#8217;shko&#8217;pirpilla&#8221; mas&#8217;uliyati cheklangan jamiyatlar, &#8220;Qo&#8217;shko&#8217;pir-asalarichilik&#8221; jamoa korxonasi bor (2005). Jami 27,7 mint gektar ekin maydonning 13,3 ming gektariga paxta, 5,3 ming gektariga g&#8217;alla, 370 gektariga kartoshka, 800 gektariga sabzavot; shuningdek, poliz, ozuqa ekinlari ham ekiladi (2005). Mevazor, tutzorlar bor. Qo&#8217;shko&#8217;pir tumanidagi jamoa va shaxsiy xo&#8217;jaliklarda 54,5 ming qoramol (shu jumladan, 22,9 ming sigir), 55,1 ming qo&#8217;y va echki, 163 ming parranda boqiladi (2005). Asalarichilik va pillachilik bilan ham shug&#8217;ullaniladi. Tumanda 55 umumiy ta&#8217;lim, bolalar musiqa va sport maktablari, kasb-hunar kollejlari bor. Tuman Markaziy kutubxonasi va uning 35 tarmog&#8217;i, madaniyat uylari, 15 madaniyat muassasasi, madaniyat va istirohat bog&#8217;i (2005). stadion, sport zallari va boshqa sport inshootlari mavjud. Tuman Markaziy kasalxonasi (430 o&#8217;rin), poliklinika, tug&#8217;ruqxona, 4 tish davolash poliklinikasi punktlari, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalarda 216 vrach aholiga xizmat ko&#8217;rsatadi (2005). Qo&#8217;shko&#8217;pir tumani markazi Qo&#8217;shko&#8217;pir shaharchasidan Xiva, Urganch va boshqa shaharlarga avtobus va marshrutli taksilar qatnovi yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan. Me&#8217;moriy yodgorliklardan Imorat bobo me&#8217;moriy majmuasi (14\u2014 18-asrlar) saqlangan. 1941 yildan &#8220;hayot ko&#8217;zgusi&#8221; tuman gazeta chop etiladi. Kolia Nurjonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qo&#8217;shko&#8217;pir tumani \u2013 Xorazm viloyatidagi tuman. 1936 yil 17 aprelda tashkil etilgan. 1962 yil 14 dekabrda Xiva tumaniga qo&#8217;shib yuborilgan. 1966 yil 9 yanvarda qayta tashkil etilgan. Shimoldan Shovot, shimoli-Sharq &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qoshkopir-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-107300","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107300","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=107300"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107300\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":107301,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107300\/revisions\/107301"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=107300"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=107300"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=107300"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}