{"id":107305,"date":"2023-09-20T12:38:06","date_gmt":"2023-09-20T09:38:06","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=107305"},"modified":"2023-09-20T12:38:10","modified_gmt":"2023-09-20T09:38:10","slug":"qutb-xorazmiy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qutb-xorazmiy\/","title":{"rendered":"Qutb Xorazmiy"},"content":{"rendered":"\n<p>Qutb Xorazmiy (14-asr, Xorazm -?) \u2014 shoir, tarjimon. Hayoti va ijodi haqida ma&#8217;lumot beruvchi yagona manba uning &#8220;Xusrav va Shirin&#8221; dostonidir. Qutb Xorazmiyning ijodiy Kamolot yillari Xorazmning Oltin O&#8217;rda davlatiga qaram bo&#8217;lgan davriga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Dostonini Sig&#8217;noq shahrida yozgan (1330-40). Faqirlikda yashagan Qutb Xorazmiy &#8220;Xusrav va Shirin&#8221; dek ko&#8217;p vaqt va mashaqqatni talab qiladigan katta hajmli asarni yozish uchun moddiy yordam so&#8217;rab, Oltin O&#8217;rda xoni Muhammad O&#8217;zbekxonning (1312\u2014 40) oq O&#8217;rdadagi noibi bo&#8217;lmish Shahzoda Tinibek huzuriga borgan. Tinibek va uning davlat ishlarida faol ko&#8217;makchisi bo&#8217;lgan xotini Qutb Xorazmiyni iliq kutib olib, uning ijod qilishi uchun barcha shart- sharoitlarni yaratib berganlar. Shoir o&#8217;z asarida malikani &#8220;har ishni tarozida o&#8217;lchab, zehn bilan fikr yurituvchi oqila, Komila&#8221; ayol sifatida madh etib, uning davlat ishlaridagi faol ishtirokini ko&#8217;rsatgan. &#8220;Xusrav va Shirin&#8221; Nizomiy Ganjaviy qalamiga mansub shu nomdagi dostonning erkin tarjimasidir. Ayrim sabablarga ko&#8217;ra, bu asar o&#8217;z davrida keng tarqalmay, Shuhrat qozonmagan. Doston Amir Qutlu Xo&#8217;janing tavsiyasi bilan 1383-84 yillarda Misrda Berka Faqih ibni Barokaz edgu Qipchoqiy tomonidan ko&#8217;chirilgan. Bu qo&#8217;lyozma 1914 yilda Parij Milliy kutubxonasidan (inv. 312) topilib, ilmiy muomalaga kiritilgan va sharqshunoslar o&#8217;rtasida Shuhrat topgan. 1940 yilda Alisher Navoiyning 500 yillik yubileyini o&#8217;tkazish qo&#8217;mitasi tomonidan uning fotonusxasi olinib, H.Zarif tomonidan nashrga tayyorlangan. Doston 91 bobdan iborat. Nizomiy dostoni esa 100 bobdan iborat bo&#8217;lib, 6 mingdan ziyodroq baytni o&#8217;z ichiga oladi. Tarjimon asliyat mazmunini, asar syujetini saqlab qolish bilan birga, uni ancha erkin tarjima qilgan. Jumladan, asar muqaddimasiga &#8220;Shahzoda tinibekxon madhi&#8221;, &#8220;Malika marhuma Xonmalik madhi&#8221;, &#8220;kitob nazm qilmoqqa sabab bayonin ayur&#8221; boblarini qo&#8217;shgan. Ayni paytda, dostonning umumiy maz- muniga aloqasiz hisoblaganidan bo&#8217;lsa kerak, bir qator boblarni qisqartirgan, ayrim boblarni ixchamlashtirib, bir- biriga qo&#8217;shib yuborgan. Shuningdek, Nizomiy dostonidagi 12-asr Ozarbayjon hayotiga oid ayrim lavhalarni tushirib qoldirgan, qisqartirgan va tahrir qilgan, ularning o&#8217;rniga Oltin O&#8217;rda hayotiga doir voqealarni kiritgan, turli xil urf-odatlar tasvirini berib, dostonni o&#8217;z davriga yaqinlashtirgan, unga o&#8217;zbek xalq maqollari va ta&#8217;birlarini kiritgan. Qutb Xorazmiy Nizomiy dostoni asosida O&#8217;zbekcha Doston yaratish va uning vositasida o&#8217;zbek tilining boy imkoniyatlarini namoyish qilishni o&#8217;z oldiga maqsad qilib qo&#8217;ygan va u buni muvaffaqiyat bilan uddalagan. Bu tarjima o&#8217;sha davr o&#8217;zbek tilini o&#8217;rganish uchun muhim manba bo&#8217;libgina qolmay, o&#8217;zbek tili va adabiyotining taraqqiyotida ham katta rol o&#8217;ynagan. Qutb Xorazmiy tarjimasidagi &#8220;Xusrav va Shirin&#8221; o&#8217;zbek adabiyotida masnaviyning &#8220;Qutadg&#8217;u bilig&#8221; va &#8220;Hibat ul-haqoyiq&#8221; dan keyingi Nodir namunasidir. U dos- tonni o&#8217;z vaznida \u2014 hazaji musammani maqsur (Mahfuz)da tarjima qilgan. &#8220;Xusrav va Shirin&#8221; o&#8217;zbek epik she&#8217;riyati taraqqiyotida ham, badiiy tarjima rivojida ham alohida o&#8217;rin tutadi. As: Guldasta, T., 1947; X1U asr xo- razm yodnomalari, T, 1973. Ad.: Sharipov J., O&#8217;zbekistonda tarjima tarixidan, T, 1965; Mallaev N . M ., O&#8217;zbek adabiyoti tarixi, T., 1976; O&#8217;zbek adabiyoti tarixi, 1-j., T, 1978; Qayyumov P ., Tazkirai Qayyumiy, 1-kitob, T, 1993. Ergash Ochilov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qutb Xorazmiy (14-asr, Xorazm -?) \u2014 shoir, tarjimon. Hayoti va ijodi haqida ma&#8217;lumot beruvchi yagona manba uning &#8220;Xusrav va Shirin&#8221; dostonidir. Qutb Xorazmiyning ijodiy Kamolot yillari Xorazmning Oltin O&#8217;rda davlatiga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qutb-xorazmiy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-107305","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107305","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=107305"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107305\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":107312,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107305\/revisions\/107312"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=107305"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=107305"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=107305"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}