{"id":107311,"date":"2023-09-20T12:38:13","date_gmt":"2023-09-20T09:38:13","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=107311"},"modified":"2023-09-20T12:38:20","modified_gmt":"2023-09-20T09:38:20","slug":"qoychilik-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qoychilik-2\/","title":{"rendered":"Qo&#8217;ychilik"},"content":{"rendered":"\n<p>Qo&#8217;ychilik \u2014 chorvachilikning qo&#8217;ylarni urchitish bilan shug&#8217;ullanadigan tarmog&#8217;i. Oziq-ovqat mahsulotlari (go&#8217;sht, yog&#8217;, sut) va yengil sanoatga qimmatli xom ashyo (jun, teri, mo&#8217;yna) yetkazib beradi. Qo&#8217;y juni xalq xo&#8217;jaligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Qo&#8217;y junidan gazmol, trikotaj buyumlar, gilam va hokazolar terisidan po&#8217;stin, mo&#8217;ynasidan turli kiyim-kechaklar tikiladi, go&#8217;shti oqsil va yoga boy to&#8217;yimli mahsulot, sutidan pishloq, brinza va boshqalar tayyorlanadi. Qo&#8217;ychilik olinadigan mahsulotga qarab go&#8217;sht-yog&#8217;, go&#8217;sht-jun va go&#8217;sht-jun-sut, ular o&#8217;z navbatida, mayin junli, yarim mayin junli, dag&#8217;al junli, yarim dag&#8217;al junli, mo&#8217;ynali, po&#8217;stin-bop yo&#8217;nalishlarga bo&#8217;linadi. O&#8217;rta Osiyo va Qozog&#8217;istonda qorako&#8217;lchilik va go&#8217;sht-yog&#8217; yo&#8217;nalishidagi Qo&#8217;ychilik rivojlangan. Qo&#8217;y xonakilashtirilgandan boshlab odamlar undan olinadigan xom ashyo va go&#8217;sht mahsulotlaridan foydalana boshladilar. Inson faoliyati natijasida qad. kammahsul dag&#8217;al junli qo&#8217;ylar yaxshilangan va mahsuldorligi oshirilgan. Miloddan bir necha ming yil oldin kichik Osiyoda birinchi mayin junli qo&#8217;ylar, O&#8217;rta Osiyoda esa Qorako&#8217;l qo&#8217;y zotlari paydo bo&#8217;ldi. Qo&#8217;ychilik chorvachilikdagi mustaqil tarmoq sifatida, asosan, cho&#8217;l va dasht, tog&#8217;li hududlarda qo&#8217;ychi boylarning xususiy xo&#8217;jaliklarida olib borilgan. 20-asrning 20-yillaridan boshlab O&#8217;zbekistonda Qo&#8217;ychilikka alohida tarmoq sifatida e&#8217;tibor berila boshlandi. Yirik davlat va jamoa Qo&#8217;ychilik xo&#8217;jaliklari, keyinchalik ixtisoslashgan naslchilik yo&#8217;nalishidagi xo&#8217;jaliklar (naslchilik zavodlari) tashkil etildi. 30-yillardan jamoa va davlat xo&#8217;jaliklari (kolxozlar va sovxozlar)da Qo&#8217;ychilik fermalari tashkil etildi. Sobiq Ittifoqning boshqa hududlaridan mayin junli qo&#8217;y (merinoslar) keltirildi. Mayin junli Qo&#8217;ychilikni rivojlantirish, kammahsul qo&#8217;ylarni mahsuldor qo&#8217;y zotlari bilan chatishtirish, qo&#8217;ylarni sun&#8217;iy urug&#8217;lantirishning yangi usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish ishlari olib borildi, qo&#8217;ylarni boqish va asrash sharoitlari yaxshilandi. Veterinariya xizmati ko&#8217;rsatish tizimi tashkil etildi. Natijada podalarning zot tarkibi yaxshilandi, qo&#8217;y tuyog&#8217;i soni ko&#8217;paydi, qo&#8217;ylarning mahsuldorligi oshdi, Qo&#8217;ychilikda mayin junli va o&#8217;rtacha mayin junli qo&#8217;ylar salmog&#8217;i ortdi, bosh soni ko&#8217;paydi. Respublikada 1923 yilda barcha zotdagi qo&#8217;ylar bosh soni 3,1 million bo&#8217;lsa, 80-yillar boshiga kelib, ularning soni 8,9 million boshga, shu jumladan, Qorako&#8217;l qo&#8217;ylari 5,3 million boshga yetdi. O&#8217;zbekistonda qo&#8217;ylar, asosan, yaylovda boqiladi (ob-havo sharoiti noqulay hollarda qo&#8217;shimcha oziqlantiriladi). Go&#8217;shtga topshiriladigan Qorako&#8217;l qo&#8217;ylarni yaxshi semirtirish uchun kuzda ularning suruvlari tuziladi. Bo&#8217;rdoqiga boqiladigan qo&#8217;ylarga shulxa, kunjara yoki tert beriladi. 70-80 kunda qo&#8217;ylar yaxshi semiradi va go&#8217;shtga topshiriladi. 90-yillar boshidan Qo&#8217;ychilikda chuqur iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi. O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 15 martdagi &#8220;Respublika chorvachiligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to&#8217;g&#8217;risida&#8221;gi qaroriga muvofiq barcha jamoa xo&#8217;jaligi Qo&#8217;ychilik fermalari xususiylashtirildi va fermer xo&#8217;jaliklari barpo etildi. Qo&#8217;ychilikka ixtisoslashgan davlat xo&#8217;jaliklari (zavodlari) jamoa (shirkat) xo&#8217;jaliklariga aylantirildi. 1998 yil iyunda qorako&#8217;lchilikda ishlab chiqarish va savdo masalalari bilan shug&#8217;ullanadigan va respublikada barcha qorako&#8217;lchilik shirkat xo&#8217;jaliklarini va hududiy viloyat birlashmalarini o&#8217;z ichiga olgan &#8220;O&#8217;zbek qorako&#8217;li&#8221; kompaniyasi tashkil etildi. Respublika Qo&#8217;ychilikda dag&#8217;al jun va go&#8217;sht-yog&#8217; beruvchi hisori va jaydari qo&#8217;y zotlari asosiy o&#8217;rinni egallaydi. Hisori qo&#8217;ylar, asosan, tog&#8217;va tog&#8217;oldi mintaqalarida (Surxondaryo, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlari) boqiladi. Xonadon xo&#8217;jaliklarida boqiladigan jami qo&#8217;ylarning deyarli yarmini jaydari qo&#8217;ylar tashkil qiladi. Bu zotlar Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi, Buxoro va Navoiy viloyatlarida ko&#8217;p tarqalgan. Yarim dag&#8217;al jun olinadigan saraja, Olay va Tojikiston qo&#8217;y zotlari, asosan, Farg&#8217;ona va Toshkent viloyatlaridagi tog&#8217;, tog&#8217;oldi yaylovlariga yaxshi moslashgan. Qo&#8217;ychilikka oid ilmiy tadqiqot ishlari chorvachilik instituti, qorako&#8217;lchilik va cho&#8217;l ekologiyasi institutit olib boriladi. Qo&#8217;ychilik jahondagi ko&#8217;pgina mamlakatlarda rivojlangan. Dunyo bo&#8217;yicha 1068669 ming bosh qo&#8217;y boqildi, 497,6 million bosh qo&#8217;y so&#8217;yildi va 7,4 million tonna qo&#8217;y go&#8217;shti ishlab chiqarildi (1999). Jahon mamlakatlarida urchitilayotgan qo&#8217;ylarning deyarli yarmi Avstraliya, Yangi Zelandiya, Hindiston, Turkiya, Janubiy Afrika Respublikasiga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Qo&#8217;ylarning bosh soni bo&#8217;yicha (million bosh) Xitoy birinchi o&#8217;rinda turadi (127,1), Avstraliya (119,6), Hindiston (57,6), Yangi Zelandiya (46,1), Sudan (42,5), Pokiston (31,3), Turkiya (30,2), Afg&#8217;oniston (14,3)da ham Qo&#8217;ychilik mamlakat qishloq xo\u2019jaligida muhim o&#8217;rinni egallaydi. Fayoz Jaqsimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qo&#8217;ychilik \u2014 chorvachilikning qo&#8217;ylarni urchitish bilan shug&#8217;ullanadigan tarmog&#8217;i. Oziq-ovqat mahsulotlari (go&#8217;sht, yog&#8217;, sut) va yengil sanoatga qimmatli xom ashyo (jun, teri, mo&#8217;yna) yetkazib beradi. Qo&#8217;y juni xalq xo&#8217;jaligi uchun muhim &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qoychilik-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-107311","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107311","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=107311"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107311\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":107318,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107311\/revisions\/107318"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=107311"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=107311"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=107311"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}