{"id":107323,"date":"2023-09-20T13:28:36","date_gmt":"2023-09-20T10:28:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=107323"},"modified":"2023-09-20T13:28:47","modified_gmt":"2023-09-20T10:28:47","slug":"qoqon-teatri","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qoqon-teatri\/","title":{"rendered":"Qo&#8217;qon teatri"},"content":{"rendered":"\n<p>Qo&#8217;qon teatri, Hamza nomidagi Qo&#8217;qon shahar musiqali drama teatri \u2014 O&#8217;zbekistondagi ko&#8217;hna teatrlardan biri. 1919 y. Hamza tashabbusi bilan tashkil topgan. 1920 yil okrug teatriga, 1924 yildan davlat teatriga aylantirilgan. Repertuari, asosan, Hamza asarlari: &#8220;Boy ila xizmatchi&#8221;, &#8220;Tuhmatchilar jazosi&#8221;, &#8220;kim to&#8217;g&#8217;ri&#8221;, &#8220;zaharli hayot&#8221; hamda M.Uyg&#8217;urning &#8220;Turkiston tabibi&#8221;, N.Gogolning &#8220;Uylanish&#8221; spektakllaridan iborat bo&#8217;lgan. 1929 yil teatrga Hamza nomi berilgan. 1931 yildan teatr qayta tashkil qilinib, drama va musiqali spektakllar qo&#8217;ya boshlagan. &#8220;Zafar&#8221; (U.Nosir), &#8220;shohi so&#8217;zana&#8221;, &#8220;og&#8217;riq tishlar&#8221; (A.Qahhor), &#8220;Revizor&#8221; (N.Go-gol), &#8220;ikki boyga bir malay&#8221; (K.Goldoni), &#8220;Momaqaldiroq&#8221; (A.Ostrovskiy) kabi dramatik, &#8220;Layli va Majnun&#8221; (Xurshid; T.Sodiqov, N.Mironov musiqasi), &#8220;Farhod va Shirin&#8221; (Xurshid; V.Uspenskiy, G.Mushel), &#8220;Nurxon&#8221; (K.Yashin; T.Jalilov, G.Sobitov) singari musiqali asarlar bilan repertuari boyitilgan. 1961 y.dan drama teatri deb yuritila boshlagan. 1978 yildan hozirgi nomda. L.Sarimsoqova, M.Ahmedov, S. Ahmedov, S. Karimova, Z. Mirzatov, M.Qo&#8217;ldoshev, O. Hasanovlar shu teatr sahnasida ijod qilganlar. Teatr jamoasi 1987 yil yangi zamonaviy binoga ko&#8217;chib o&#8217;tgan. Teatr mustaqillik yillarida tomoshabin talabiga mos, yangicha talqinga boy, turfa mavzularni o&#8217;z ichiga olgan spektakllar yaratishda izlandi. &#8220;Tohir va Zuhra&#8221; (S.Abdulla, T.Jalilov), &#8220;Ravshan va Zulxumor&#8221; (K.Yashin, T.Islomov), &#8220;Jonli tuzoq&#8221; (G.Mdivani), &#8220;Ufq (S. Ahmad), &#8220;muhabbat qasri&#8221;, &#8220;Qo&#8217;qonning o&#8217;n ikki darvozasi&#8221;, &#8220;Bashar allomasi&#8221; (N.Abdullaev), &#8220;Uvaysiy&#8221; (H.Abduhakimova), &#8220;Hasan Kayfiy&#8221; (G&#8217;.G&#8217;ulom asari asosida M.Jo&#8217;raev), &#8220;Bog'&#8221; (N.Abbosxon), &#8220;berk ko&#8217;cha&#8221; (J.Mahmudov) va boshqalar so&#8217;nggi yillar yaratilgan eng yaxshi spektakllardir. Teatrning so&#8217;nggi yillar rivojlanishida dramaturg Nurilla Abdullayev hamda aktyor Rashidxon Sodiqovlarning xizmatlari katta. Shafoat Rahmatullayeva, O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan artist Xursanoy Umarova, artistlardan Mahmudjon Yusupov, Dilshod Ahmadillayev, Ravshan Ibrohimov, Bahromjon Rahimov, Yunusali Xalilov, Halimjon Ortiqov, Sabohiddin Ergashev, Nargiza G&#8217;oziyeva, Odinaxon Begmatova va boshqalar teatrning yetakchi ijodkorlaridir. Teatrning bosh rejissyori va bosh rassomi Azimjon Azizov. Eson O&#8217;rinov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qo&#8217;qon teatri, Hamza nomidagi Qo&#8217;qon shahar musiqali drama teatri \u2014 O&#8217;zbekistondagi ko&#8217;hna teatrlardan biri. 1919 y. Hamza tashabbusi bilan tashkil topgan. 1920 yil okrug teatriga, 1924 yildan davlat teatriga aylantirilgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qoqon-teatri\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-107323","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107323","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=107323"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107323\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":107349,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107323\/revisions\/107349"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=107323"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=107323"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=107323"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}