{"id":107333,"date":"2023-09-20T13:28:30","date_gmt":"2023-09-20T10:28:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=107333"},"modified":"2023-09-20T13:28:38","modified_gmt":"2023-09-20T10:28:38","slug":"qoshrabot-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qoshrabot-tumani\/","title":{"rendered":"Qo&#8217;shrabot tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Qo&#8217;shrabot tumani &#8211; Samarqand viloyatidagi tuman. 1978 yil 3 aprelda tashkil etilgan. Sharqdan Payariq, Janubdan Ishtixon, Kattaqo&#8217;rg&#8217;on tumanlari, G&#8217;arb va shimoldan Navoiy viloyatining Nurota, Janubi-g&#8217;arbdan Xatirchi tumanlari, shimoli- sharqdan Jizax viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 1,11 ming km2. Aholisi 93,3 ming kishi (2004). Tumanda 7 ta qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (jo&#8217;sh, Zarmitan, Oxunboboyev nomidagi, Oqtepa, Pangat, Urganji, Qo&#8217;shrabot) bor. Markazi \u2014 Qo&#8217;shrabot qishlog&#8217;i. Tabiati. Yer yuzasi Nurota tog&#8217;lari va tog&#8217;oldi qismlaridan iborat. Shimolda Nurota tizmasi (eng baland joyi \u2014 Hayotboshi cho&#8217;qqisi, 2165 metr), Jan.da Oqtog&#8217; tizmasining Sharqiy qismi joylashgan. Relefi tizmalardan atrofga tomon 500 metrgacha pasayib boradi. Tizmalar etagi meridional yo&#8217;nalgan vodiylar bilan qirqilgan. Ikkala tizma Nurota botig&#8217;i orqali bir-biridan ajralib turadi. Iqlimi tog&#8217; tepalari va yon bag&#8217;irlarida nisbatan salqin, tog&#8217; etaklari va botiqlarda yoz issiq va quruq, qishi unchalik sovuq bo&#8217;lmaydi. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi \u2014g, eng past temperatura -29\u00b0, iyulniki 27-28\u00b0, eng yuqori temperatura 43\u00b0 vegetasiya davri 200 kundan ortiq. Yillik yog&#8217;in 200-300 mm, tog&#8217;yon bag&#8217;irlarida 600 mm gacha, asosan, bahor va qishda yog&#8217;adi. Yog&#8217;ingarchilik faslida tog&#8217;larda oqar suvlar hosil bo&#8217;ladi. Yozda soylarning ko&#8217;pchiligi qurib qoladi. Yirikroq soylari \u2014 Oqsoy, Sag&#8217;anoq, G&#8217;ujumsoy, Pihatsoy, Pangatsoy va boshqalar. Tog&#8217;li qismida buloq ko&#8217;p. Tuproqlari botiqda och bo&#8217;z, bo&#8217;z, tog&#8217;yon bag&#8217;irlarida to&#8217;q bo&#8217;z tuproq. 1600 metrdan balandda tog&#8217;-jigarrang va tog&#8217;-o&#8217;tloq tuproqlari tarqalgan. O&#8217;simliklari, asosan, cho&#8217;l va tog&#8217;-cho&#8217;l landshaftlariga xos. Tog&#8217;larning 1500-1700 metr balandlikkacha bo&#8217;lgan qismlari chala cho&#8217;l o&#8217;simliklari, ya&#8217;ni efemer va efemeroidlardan tashkil topgan. Bu yerda butalardan bodom, uchqat, na&#8217;matak, pista, do&#8217;lana va boshqalar o&#8217;sadi. Tog&#8217;larning baland qismida ora-sira archalar uchraydi. Tog&#8217; oldi qismlarida shuvoq, yantoq, efemerlar (rang, qo&#8217;ng&#8217;irbosh va boshqalar) o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, bo&#8217;ri, bo&#8217;rsiq, tipratikan, yumronqoziq, toshbaqa, echkemar, ilonlar (jumladan, zaharli ilonlar), qushlardan kaklik, qorabovur, burgut, qoraqarg&#8217;a va boshqalar bor. Qazilma boyliklardan oltin, qurilish materiallari qazib olinadi. Hududida Qo\u2019shrabot buyurtma qo&#8217;riqxonasi joylashgan. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar, shuningdek, qozoq, tatar, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 KMG ga 84 kishi. Xo&#8217;jaligi, asosan, chorvachilik, g&#8217;allachilik, qisman bog&#8217;dorchilik va tokchilikka ixtisoslashgan. Chorvachilikning asosiy tarmog&#8217;i \u2014 qorako&#8217;lchilik. Tumanda yirik, o&#8217;rta, kichik korxonalar va mikrofirmalar faoliyat ko&#8217;rsatadi. Aholiga maishiy xizmat ko&#8217;rsatuvchi kichik korxonalar (kiyim tikish, avtomobil ta&#8217;mirlash, teleapparaturalar tuzatish va hokazolar) ham bor. Qo&#8217;shrabot tumanida 60,2 mingga yaqin qoramol, 207,5 mingga yaqin Qorako&#8217;l qo&#8217;ylari, 3,7 mingdan ziyod yilqi boqiladi. Qishloq xo\u2019jalik mahsulotlarining asosiy qismi fermer xo&#8217;jaliklarida yetishtiriladi. 5 shirkat, 1 jamoa, 1 naslchilik, maxsus, 388 fermer xo&#8217;jaligi bor. 2004\/2005 o&#8217;quv yilida 88 umumiy ta&#8217;lim maktabida 25,8 mingga yaqin o&#8217;quvchi, 2 kasb-hunar kollejida 734 talaba ta&#8217;lim oldi. 44 kutubxona (178,7 ming nusxa kitob), 19 madaniyat uyi, stadion, sport maydonchalari mavjud. 6 kasalxona (320 o&#8217;rin), 34 feldsher-akusherlik punkti, 18 qishloq davolash ambulatoriyasi va boshqa tibbiy muassasalarda 125 vrach, 710 o&#8217;rta va kichik tibbiy xodim ishlaydi. Toshpo&#8217;lat Jumaboyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qo&#8217;shrabot tumani &#8211; Samarqand viloyatidagi tuman. 1978 yil 3 aprelda tashkil etilgan. Sharqdan Payariq, Janubdan Ishtixon, Kattaqo&#8217;rg&#8217;on tumanlari, G&#8217;arb va shimoldan Navoiy viloyatining Nurota, Janubi-g&#8217;arbdan Xatirchi tumanlari, shimoli- sharqdan Jizax &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qoshrabot-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-107333","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107333","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=107333"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107333\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":107343,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107333\/revisions\/107343"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=107333"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=107333"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=107333"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}