{"id":107691,"date":"2023-09-21T15:44:36","date_gmt":"2023-09-21T12:44:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=107691"},"modified":"2025-10-06T10:06:43","modified_gmt":"2025-10-06T07:06:43","slug":"oyrot-xonligi-nimalarni-bilasiz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/oyrot-xonligi-nimalarni-bilasiz\/","title":{"rendered":"Oyrot xonligi nimalarni bilasiz?"},"content":{"rendered":"\n<p>Oyrot xonligi (Jung&#8217;or xonligi) \u2014 Jung&#8217;oriyadagi o&#8217;rta asr davlati (1635-1758). Ili vodiysida yashayotgan oyrotlarning cho&#8217;ros ulusi vakili Botur Xuntayji rahbarligida Yorkend xonligidan ajralib chiqishi natijasida barpo etilgan. Xon o&#8217;rdasi ili vodiysida joylashgan. Oyrot xonligi ma&#8217;muriy jihatdan 4 ulusga (cho&#8217;ros, derbet, xo&#8217;shout va xo&#8217;yt) bo&#8217;lingan. Har bir ulusning boshlig&#8217;i tayji (xon, Knyaz) hisoblangan. Tayjilar xonlik hukmdori \u2014 Xuntayji (ulug&#8217;xon)ga bevosita itoat qilgan. Oyrot xonligi 1641 yil Tibetga yurish qilib, u yerdagi hokimiyatni ag&#8217;darib, taxtga budda dini yetakchisi dalaylamani o&#8217;tqazdi. 1688-90 yillarda oyrot xoni Galdan (1671-97 yillar hukmronlik qilgan) Chingizxon saltanatini tiklash maqsadida Mo&#8217;g&#8217;ulistonga yurish qilgan. Bundan xavotirga tushgan Xitoydagi Tsin imperiyasi (1644-1911) mo&#8217;g&#8217;ullarni qo&#8217;llab-quvvatlab, Oyrot xonligiga qarshi o&#8217;zi ham kurash boshlagan. 1695 yil yozida G&#8217;arbiy Mo&#8217;g&#8217;ulistondagi hal qiluvchi jangda Xitoyliklar g&#8217;alaba qilgan va Mo&#8217;g&#8217;ulistonni egallab olgan. Galdan vafotidan so&#8217;ng taxtga o&#8217;tirgan Tsevan Rabdan (1697-1727) va uning o&#8217;g&#8217;li Galdan Tseren davri (1727\u2014 45)da Oyrot xonligi qayta kuchaygan. Ular Tsin imperiyasi bilan tinchlik aloqalarini o&#8217;rnatish va tashqi siyosatdagi faollikni G&#8217;arb tomonga qaratish hamda Yorkend xonligi ustidan oyrotlar o&#8217;rnatgan nazoratni kuchaytirish siyosatini olib borgan. Biroq, Tsin imperiyasi Mo&#8217;g&#8217;ulistonda o&#8217;rnashib olgach, Oyrot xonligiga qarshi kurash boshlagan, jumladan, 1717 va 1731 yillarda 2 marta katta qo&#8217;shin bilan harbiy yurish qilgan. Ammo, bu yurishlar mag&#8217;lubiyat bilan tugagan. Oyrotlar birinchi marta Oltoy tomondan, ikkinchi marta Tibet tomondan aylanib o&#8217;tib, Xitoy qo&#8217;shini avangardini orqa tarafdan uzib qo&#8217;yish xiylasini ishlatib, kam kuch bilan katta armiya ustidan g&#8217;olib chiqib Tsin imperiyasi rejalarini barbod etgan. Tsin hukumati Oyrot xonligi bilan sulh bitimi tuzishga majbur bo&#8217;lgan (1741). 18-asr o&#8217;rtalarida Oyrot xonligida ichki ziddiyatlar kuchaygan. Hokimiyat talashuvchi kuchlar ichida Tsin hukumati yordamida maqsadga erishmoqchi bo&#8217;lgan shaxslar paydo bo&#8217;lgan. Amursana Tsin sulolasi uchun maqbul shaxs deb topilgan. Ammo, u Tsin sulolasining Oyrot xonligini butunlay yo&#8217;qotishga qaratilgan maxfiy rejasidan bexabar bo&#8217;lgan. 1755 yil bahorda Tsin imperiyasi Oyrot xonligiga qarshi 50 ming kishilik qo&#8217;shin bilan urush boshlagan. Qo&#8217;shin avangardiga Amursana bosh bo&#8217;lgan. Oyrot xonligi yo&#8217;q qilingan, lekin Amursanaga taxt berilmagan, u maxfiy ko&#8217;rsatma bilan Pekinga chaqirtirilgan. Aldanganini bilib qolgan Amursana o&#8217;zini xon deb e&#8217;lon qilib, Tsin saltanatiga qarshi kurash boshlagan, biroq mag&#8217;lubiyatga uchrab Rossiya hududiga qochib o&#8217;tib, musofirlikda vafot etgan. Oyrot xonligining so&#8217;nggi xoni davatsi Pekinga olib ketilib zindonga tashlangan. Shunday qilib, Oyrot xonligi yarim asr davomida Tsin imperiyasining hujumiga qarshi turib, uning Turkistonga bostirib kelishiga yo&#8217;l qo&#8217;ymagan. Oyrot xonligi barham topgandan keyingi ichki va tashqi vaziyat Tsin imperiyasiga Sharqiy Turkistrndan nariga o&#8217;tishga imkon bermagan. 1758 yil Yorkend xonligi ham yo&#8217;q qilingan. Shundan keyin Oyrot va Yorkend xonliklari hududida Tsin hukumati tomonidan harbiy-ma&#8217;muriy tuzum o&#8217;rnatilgan. Abdulahad Xo&#8217;jayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Oyrot xonligi (Jung&#8217;or xonligi) \u2014 Jung&#8217;oriyadagi o&#8217;rta asr davlati (1635-1758). Ili vodiysida yashayotgan oyrotlarning cho&#8217;ros ulusi vakili Botur Xuntayji rahbarligida Yorkend xonligidan ajralib chiqishi natijasida barpo etilgan. Xon o&#8217;rdasi ili &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/oyrot-xonligi-nimalarni-bilasiz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-107691","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107691","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=107691"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107691\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":154391,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107691\/revisions\/154391"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=107691"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=107691"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=107691"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}