{"id":107696,"date":"2023-09-21T15:44:43","date_gmt":"2023-09-21T12:44:43","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=107696"},"modified":"2023-09-21T15:44:49","modified_gmt":"2023-09-21T12:44:49","slug":"oy-4","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/oy-4\/","title":{"rendered":"Oy"},"content":{"rendered":"\n<p>Oy \u2014 Yerning tabiiy yo&#8217;ldoshi; yerga eng yaqin osmon jismi, undan o&#8217;rtacha uzoqligi 384400 kilometr. Astronomik belgisi Oy. Oy orbitasi ekliptika tekisligiga o&#8217;rtacha 5\u00b08&#8217;43&#8221; burchak ostida yotib, 4\u00b058&#8242; dan 5\u00b020&#8242; gacha o&#8217;zgarib turadi. Oy yer atrofida g&#8217;arbdan sharqqa harakatlanib, biror yulduzga nisbatan to&#8217;la aylanish davri uning siderik (yoki yulduz) davri deb ataladi. Bu davr 27,32 o&#8217;rtacha Quyosh sutkasiga teng. Oy orbitasining ekliptika tekisligi bilan kesishish nuqtalari uning chiqish va tushish tugunlari deyiladi. Oy tugunlari ekliptika bo&#8217;ylab oyning harakatiga qarama-qarshi yo&#8217;nalishda (ya&#8217;ni g&#8217;arbga tomon) siljib boradi va 18 yilu 7 oy (6793 sutka)da ekliptikani to&#8217;la bir marta aylanib chiqadi. Oyning biror tugundan chiqib, yana shu tugunga qaytib kelishi orasida o&#8217;tgan vaqt ajdar oyi deyilib, u o&#8217;rtacha 27,21222 sutkaga tengdir. Quyosh va oy tutilishlarining davriyligi shu oy bilan bog&#8217;liq. Oy o&#8217;z orbitasi bilan o&#8217;rtacha 83\u00b020&#8242; burchak tashkil etuvchi o&#8217;q atrofida aylanadi. Uning o&#8217;z o&#8217;qi atrofida aylanish davri (27,32 sutka) siderik oy (davr)ga teng, shu sababli oy hamma vaqt yerga bir tomoni bilan &#8220;qarab&#8221; turadi. Bu davrlarning bir xil bo&#8217;lib qolganligi tasodifiy emas. Yerning tortish kuchi oyning o&#8217;z o&#8217;qi atrofida aylanishiga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatib (sekinlatib), million yillar davomida uni yer atrofida aylanish davriga tenglashtirilgan. Oy o\u2019z o&#8217;qi atrofida tekis aylangani holda yer atrofida aylanish orbitasining turli nuqtalarida uning tezligi turlicha bo&#8217;ladi, natijada yerdan qaraganda oy bir oz tebranib harakatlanganday ko&#8217;rinadi. Tebranish uzunlama bo&#8217;yicha 7\u00b054&#8242;, kenglama bo&#8217;yicha 6\u00b050&#8242; ni tashkil etadi. Bunday tebranish librasiya deyiladi. Oy shar shaklida bo&#8217;lib, radiusi 1737 kilometr, ya&#8217;ni 0,2724 yerning ekvatorial radiusiga teng. Oy sirti maydoni 3,8-107 km2ni, hajmi \u2014 0,0743 = &#8216;\/49 Yer hajmini tashkil etadi. Oy sirtidagi nuqtalarning radiusini o&#8217;lchash uchun librasiyaga asoslangan kuchsiz stereoskopik effektdan foydalaniladi. Libratsiyani o&#8217;rganish oy ellipsoidining bosh yarim o&#8217;qlari farqini aniqlashga imkon berdi. Oyning qutbiy o&#8217;qi yerga yo&#8217;nalgan ekvatorial o&#8217;qdan 700 metr, yerga tomon yo&#8217;nalishga perpendikulyar yo&#8217;nalishdagi ekvatorial o&#8217;qdan esa 400 metr kichik. Shunday qilib, erning tortish kuchi ta&#8217;sirida oy shaklida yerga yo&#8217;nalgan qabariklik hosil bo&#8217;lgan. Yerdan uchirilgan sun&#8217;iy yo&#8217;ldoshlar harakat traektoriyalarini o&#8217;rganish asosida oy massasi eng aniq hisoblangan: u yer massasidan 81,3 marta kichik, ya&#8217;ni 7,35-1025 g. O&#8217;rtacha zichligi 3,34 g\/sm3 (0,61 yer o&#8217;rtacha zichligi)ga teng. Og&#8217;irlik kuchining tezlanishi, oy sathida yerdagidan 6 marta kichik, ya&#8217;ni 162,3 sm\/S2 bo&#8217;lib, oy sathidan har bir km ko&#8217;tarilgan sari 1 0,187 sm\/S2 ga kamayib boradi. Oyda birinchi kosmik tezlik 1680 m\/s, ikkinchi kosmik tezlik 2375 m\/s. Oyning tortish kuchi kichik bo&#8217;lganligi sababli, uning atrofida gaz qobig&#8217;i va erkin holdagi suv bo&#8217;lishi mumkin emas. Oy sirti birmuncha qora-oq rangda, uning albedosi (nurni qaytarish darajasi) 0,073, ya&#8217;ni Quyoshdan tushayotgan nurlarning faqat 7,3% ini qaytaradi. Oyning erdan o&#8217;rtacha uzoqlikdagi ko&#8217;rinma yulduz kattaligi 12,7. To&#8217;lin Oy Quyoshga qaraganda 465000 marta xira. Oyning o&#8217;z o&#8217;qi atrofida Quyoshga nisbatan bir marta to&#8217;la aylanish davri sinodik oy deyilib, u 29,53059 sutkani tashkil etadi. Oyning boshqa fazalarida esa uning yoritilishi yanada kam. Masalan, 7 va 22 kunlik oy yorug&#8217;ligi to&#8217;lin Oy yorug&#8217;ligining 8% iga teng. Oyning rang ko&#8217;rsatkichi +1,2. Oy o&#8217;z o&#8217;qi atrofida Quyoshga nisbatan bir sinodik oyda bir marta to&#8217;la aylanib chikali. Shuning uchun oyda bir kunduzi va kechasi salkam 15 sutka davom etadi. Oyda atmosfera bo&#8217;lmaganligi uchun tuprog&#8217;i temperaturasi kunduzi (Quyosh ko&#8217;rinishiga nisbatan) +120\u00b0, kechasi \u2014 150\u00b0 gacha boradi. Radioto&#8217;lqinlar yordamida kuzatish shuni ko&#8217;rsatdiki, oy tuprog&#8217;i temperaturasining bunday o&#8217;zgarishi faqat sirtqi qatlamlarga xos bo&#8217;lib, bir necha dm chuqurliqsa temperatura deyarli o&#8217;zgarmaydi. &#8220;Oy geografiyasi&#8221;ni Selenografiya fani o&#8217;rganadi. Oyning mukammal xaritalari tuzilgan. Ayniqsa, Oyning Yerdan ko&#8217;rinadigan tomoni yaxshi o&#8217;rganilgan, sirtidagi 32000 ta turli tog&#8217;, krater va dengizlarga nom berilgan. Bundan tashqari, 200000 ga yaqin mayda nomlanmagan tuzilmalar oy xaritasiga tushirilgan. Quvvatli teleskoplarda Oy sirtida kattaligi 100 metr keladigan toshlar yoki yoriqlarni ko&#8217;rish mumkin. Oddiy ko&#8217;z bilan oy diskida &#8220;dengizlar&#8221; deb nomlangan katta-katta qora dog&#8217;lar ko&#8217;rinadi. Dengizlar chetidagi kichik shoxobchalar &#8220;qultiqlar&#8221;, katta yorug&#8217;dog&#8217;lar &#8220;qit&#8217;alar&#8221; va o&#8217;rtacha yorug&#8217;likdagi dog&#8217;lar &#8220;botqoqliklar&#8221; deb ataladi. Bunday nomlarni 17-asrda yashagan italiyalik astronom Richcholi taklif qilgan. Oyni birinchi marta 1610 yilda G. Galiley teleskopdan kuzatgan, 1647 yilda Ya. Geveliy (Gdansk) birinchi oy xaritasini tuzgan. Oy dengizlari o&#8217;rtacha sathdan pastroq joylashgan, qit&#8217;alari esa, asosan, tog&#8217;li rayonlardir. Kuzatishlar natijasida qit&#8217;a va dengizlar boshqa-boshqa moddalardan tashkil topgan, degan xulosaga kelindi. Oydagi eng katta dengiz &#8220;bo&#8217;ronlar okeani&#8221; deb ataladi. Oy xaritasida &#8220;mo&#8217;l-ko&#8217;lchilik dengizi&#8221;, &#8220;Sokinlik dengizi&#8221;, &#8220;bulutlar dengizi&#8221;, &#8220;ravshanlik dengizi&#8221;, &#8220;yomg&#8217;irlar dengizi&#8221;, &#8220;Moskva dengizi&#8221;, &#8220;orzu dengizi&#8221; kabi nomlar bor. Oy sirti teleskopda benihoya notekis, o&#8217;nqir-cho&#8217;nqir bo&#8217;lib ko&#8217;rinadi. Ayniqsa qit&#8217;alarda zich joylashgan va ba&#8217;zan &#8220;dengizlar&#8221;da uchraydigan aylana yoki ellips shaklidagi halqasimon tog&#8217;lar ko&#8217;p. Diametrlari bir necha yuz metrdan bir necha yuz kilometrgacha keladigan halqasimon tog&#8217;larning 30000 tadan ortig&#8217;i oy xaritalarida aks ettirilgan. Ba&#8217;zi halqasimon tog&#8217;lar qoramtir moddalar bilan qoplangan. Ularga tsirklar deb nom berilgan. Tsirklarning maksimal diametri 250 kilometrgacha yetadi. Oy sharsimon bo&#8217;lganligi sababli, katta tsirklarning ichi teleskopda qabariq bulib ko&#8217;rinadi. Halqasimon tog&#8217;lar orasida, Markaziy qismida chudili tepaliklar bo&#8217;lgan tog&#8217;lar ajralib turadi. Ular kraterlar deb ataladi. Odatda, kraterlar tsirklardan kichik bo&#8217;ladi, lekin diametri 100 kilometrga yetadiganlari ham uchraydi. Oyda tizma tog&#8217;lar kraterlardan kamroq uchraydi. Oydagi tizma tog&#8217;larga Yerdagi tog&#8217;larning nomlari berilgan. Masalan, oy xaritalarida Alp, Karpat, Oltoy, Kavkaz va boshqa tog&#8217;lar bor. Oyning Janubiy qutbi atrofida tog&#8217;lar benixrya ko&#8217;p, balandi Leybnis tog&#8217;i \u2014 9 kilometr. Oyning bizga ko&#8217;rinmaydigan tomonida tog&#8217;li joylar ko\u2019p, qoramtir tekislik va dengizlar juda kam. Oy orqa tomonining qitalarida diametri 200-500 kilometrli katta-katta kraterlar kup. &#8220;Zond-3&#8221; yordamida olingan 5 million km2 ga yaqin hudud aks ettirilgan fotosuratda 484 tadan ortiq krater bor. Oy sun&#8217;iy yo&#8217;ldoshlari yordamida Oydan keltirilgan ayrim vulqon jinslarining yoshi qariyb 4,5 milliard yilligi aniqlandi. Bu yillar davomida Oyning tuzilishi, fizik tabiati, kimyoviy tarkibida katta o&#8217;zgarishlar yuz bergan. Lekin shular asosida oyning paydo bulishi haqida uzil-kesil biror fikr aytish qiyin. Oyning paydo bo&#8217;lishi va taraqqiyotini muhim ma&#8217;lumotlarga tayangan ilmiy gipotezalar asosida kosmogoniya fani tushuntiradi. Oyni tadqiq qilishning yangi bosqichi Oyga sayyoralararo avtomatik stantsiyalar (sas)ni uchirishdan boshlandi. Oyni &#8220;Luna&#8221; va &#8220;zond&#8221; tipidagi saslar bilan, &#8220;Lunar Orbiter&#8221;, &#8220;Serveyer&#8221; va asosan, &#8220;Apollon&#8221; dasturi yordamida tadqiqqilindi. Oyning to&#8217;liq xaritasi va globusini yasash imkoni tug&#8217;ildi. 1966 yil 31 yanvarda uchirilgan SSSRning &#8220;Luna-9&#8221; kk 1966 yil 3 Fevralda oyga birinchi marta yumshoq qo&#8217;ndirildi. Uning yordamida oy panoramasi yerga uzatildi. Oy atrofida aylanuvchi sun&#8217;iy yo&#8217;ldosh 1966 yil 31 martda uchirilgan &#8220;Luna-10&#8221; stansiyasi bilan boshlandi. U 1966 yil 3 aprelda Oyning birinchi sun&#8217;iy yo&#8217;ldoshiga aylantirildi. Oyga qo&#8217;ndirilgan saslar Oy tuprog&#8217;ini, uning kimyoviy tarkibini va mexanik xossalarini, fizik sharoitini o&#8217;rganishga imkon berdi. Ma&#8217;lum bo&#8217;lishicha, oy sirtqi qismining zichligi 1,1 \u2014 1,2 g\/sm3 bo&#8217;lib, 1 kg\/sm3 nagruzkagacha chidaydi. 1969 yil 21 iyulda oyga birinchi marta amerikalik astronavtlar N. Armstrong va E. Oldrin &#8220;Apollon-11&#8221; (AQSh) kosmik kemasi yordamida uchirildi va oy sirtiga qo&#8217;ndirildi. Keyingi &#8220;Apollon&#8221;larda uchirilgan 18 ta astronavtdan 10 tasi oyga qo&#8217;ndirilib, ular oyda tekshirish olib bordilar va u yerdan bir necha yuz kilogramm tuproq, tog&#8217;jinslari, kristallar namunalarini yerga olib tushdilar. 1970 yil 20 sentabrda &#8220;Luna-16&#8221; stansiyasi oy tuprog&#8217;ini 35 sanstimetr chuqurlikkacha qazib, undan olingan namunalarni yerga olib keldi. Oy tuprog&#8217;i va jinslaridan namunalar keyinchalik &#8220;Luna-20&#8221; va &#8220;Luna- 24&#8221; avtomatik stantsiyalar tomonidan ham keltirib o&#8217;rganildi. Oy sirtining fizik sharoitlari, tuproq namunalari,shuningdek, SSSRning &#8220;Lunoxod-1,2 (&#8220;Luna-17&#8221; tomonidan oyga 17.11,1970 va &#8220;Luna-21&#8221; tomonidan 16.1.1973 yilda eltilgan) ilmiy tadqiqot laboratoriyalari tomonidan ham yaxshi o&#8217;rganildi. Bu apparatlar yordamida Oyda issiqlik oqimining o&#8217;zgarishi, magnit maydoni, radiatsiya darajasi, Quyosh &#8220;shamoli&#8221;ning tarkibi va intensivligi o&#8217;rganildi. Oyning kosmik apparatlar qo&#8217;ndirilgan hamma joyida oy sathi regiolit bilan qoplanganligi aniqlandi. Regiolit \u2014 yumshoq qo&#8217;ng&#8217;ir rangli tuproq qatlami bo&#8217;lib, qalinligi bir necha metrdan bir necha o&#8217;n metrgacha. Regiolitning ba&#8217;zi bo&#8217;laklarida meteorit zarralari topilgan. Yerga keltirilgan namunalar orasida ikki turli jinslarni uchratish mumkin: vulqon jinslari (lavalar) va meteoritlar tushganida maydalangan va erigan jinslar (shisha sinikdarini eslatuvchi jinslar \u2014 brekchiya). Vulqon jinslarining asosiy massasi yerdagi bazaltlarga o&#8217;xshaydi. Ularda plagioklaz, piroksen, ilmenit, olivin, shpinel, tsirkon, apatit, metalli temir va mis uchraydi. Shuningdek, oydan keltirilgan namu-nalarda norit, anortozit, dasit va kaliy, fosforlar borligi aniqlandi. Oy tuprog&#8217;ida kremniy oksidi (SiO2) 44% ga yaqinni, temir oksidi (G&#8217;eO) \u2014 19,5% ni, alyuminiy oksidi (A12O3) \u2014 14% ni, titan oksidi (TiO2) \u2014 4% ga yaqinini tashkil etadi. Jinslarning barcha turlari oy qa&#8217;rida uzoq vaqt davom etgan erish jarayonida hosil bo&#8217;lgan. Oy jinslari qator xossalari bilan Yernikidan farq qiladi. Ularda suv g&#8217;oyat kam, natriy va uchuvchi elementlar esa juda oz miqdorda uchraydi, ba&#8217;zi namunalarda titan va temir juda ko&#8217;p. Mamatmusa Mamadazimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Oy \u2014 Yerning tabiiy yo&#8217;ldoshi; yerga eng yaqin osmon jismi, undan o&#8217;rtacha uzoqligi 384400 kilometr. Astronomik belgisi Oy. Oy orbitasi ekliptika tekisligiga o&#8217;rtacha 5\u00b08&#8217;43&#8221; burchak ostida yotib, 4\u00b058&#8242; dan 5\u00b020&#8242; &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/oy-4\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-107696","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107696","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=107696"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107696\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":107708,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107696\/revisions\/107708"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=107696"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=107696"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=107696"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}