{"id":107747,"date":"2023-09-22T10:24:49","date_gmt":"2023-09-22T07:24:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=107747"},"modified":"2023-09-22T10:24:54","modified_gmt":"2023-09-22T07:24:54","slug":"tamirlash","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tamirlash\/","title":{"rendered":"Ta&#8217;mirlash"},"content":{"rendered":"\n<p>Ta&#8217;mirlash \u2014 biror narsani asli xoliga o&#8217;xshatib yoki asliga yaqinlashtirib tiklash, bunyod etish; ma&#8217;lum qiymatga ega qadimgi san&#8217;at asarlari va moddiy-madaniy yodgorliklarni tuzatish, yaxshilash, yarokli holga keltirish. Me&#8217;morlikda Ta&#8217;mirlash tarixiy inshootlarni qisman yoki to&#8217;la dastlabki qiyofasiga keltirish (restavratsiya), keng ma&#8217;noda tarixiy bino yoki majmuani o&#8217;zgartirib qayta qurish (rekonstruktsiya) jarayonini ifodalaydi. Ko&#8217;lami jihatidan Ta&#8217;mirlash juz&#8217;iy (ma&#8217;lum qismi) yoki yoppasiga (butunlay) o&#8217;tkazilishi mumkin. Zamonaviy Ta&#8217;mirlash nazariyasi bo&#8217;yicha Ta&#8217;mirlashning maqsadi tarixiy binoning qadimgi asl ko&#8217;rinishini kelgusidagi buzilishlardan saklab qolish chorasini ko&#8217;rishdir. Ta&#8217;mirlash sintetik va analitik uslublarga ajratiladi. Sintetik Ta&#8217;mirlashda me&#8217;moriy yodgorlikning dastlabki butun holatiga keltirish, analitik (arxeologik) Ta&#8217;mirlashda esa asl qismlarni buzilishlardan to&#8217;xtatib qo&#8217;yish. Ta&#8217;mirlash uslubi uzoq o&#8217;tmishga ega. O&#8217;zbekistondagi qadimgi yodgorliklar pishiq-puxta, chidamli va mukammal qilib qurilganiga qaramay, davr ularning jozibasi va ko&#8217;rkini asta-sekin yemirib borgan. Keyingi yillarda O&#8217;zbekistondagi barcha madaniy yodgorlik va obidalarda Ta&#8217;mirlash ishlari keng ko&#8217;lamda olib borilmoqda. Ta&#8217;mirlashni muvaffaqiyatli bajarish uchun tajribali xalq ustalari (usta Shirin Murodov, Toshpo&#8217;lat Arslonqulov, Shamsiddin G&#8217;ofurov, Quli Jalilov, Abdulla Boltaev, Mahmud Usmonov, Saidmahmud Norko&#8217;ziev va boshqalar) dan Ta&#8217;mirlash qoidalaridan o&#8217;rinli va mohirona foydalanish talab qilingan va ular shunga rioya qilgan holda ijobiy rivojlantirganlar. Turli sabablar oqibatida yemirilgan ko&#8217;hna obidalarni Ta&#8217;mirlash uchun dastavval bino poydevori arxeologik jihatdan avaylab, sinchkovlik bilan o&#8217;rganiladi. Keyin uning me&#8217;moriy tuzilishi koshin va naqshlari, rangi, uslubiy jihatlari tadqiq qilinadi. Usta qadimgi poydevor ustiga qo&#8217;yiladigan yukni mazkur bino ko&#8217;tara olishi yoki ko&#8217;tara olmasligini ham bilishi kerak. Nihoyat bino tarixi, qachon qanday maqsadda qurilganligi, madaniyat tarixida tutgan o&#8217;rni mufassal tekshiriladi. Yetarli ma&#8217;lumotlar to&#8217;plangandan keyin me&#8217;morlar, loyihalovchilar va boshqa hamkorlikda loyiha-smeta hujjatini tuzadilar. Ta&#8217;mirlashda qadimgi usullardan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ta&#8217;mirlashning quyidagi ko&#8217;rinishlari mavjud: konservasiya; akastiloz yodgorlikning yerda yotgan bo&#8217;laklarini joyiga o&#8217;rnatib qo&#8217;yish; ochish yodgorlikning barcha tarixiy qiymatga ega katlamlarini namoyish etish; to&#8217;ldirish\u2014 yodgorlikning yo&#8217;q bo&#8217;lib ketgan joylarini to&#8217;ldirib qo&#8217;yish; yangilash \u2014 binoning tarixiy nusxasini qurish, yo&#8217;q bo&#8217;lib ketgan binoni yangidan tiklash (masalan, Buxoriy yodgorlik majmui). Ta&#8217;mirlash jarayonida zamonaviy qurilish ashyolari va qurilmalarini ko&#8217;rinmaydigan joylaridagina foydalanish talab qilinadi. Tasviriy va amaliy bezak san&#8217;atida Ta&#8217;mirlash, odatda, san&#8217;at asarlarini so&#8217;nggi holatini mustahkamlash va ularni buzib turgan qatlamlaridan tozalash orqali asl holiga keltirish bilan amalga oshiriladi. Avvalo bu ishlar asarlar va buyumlarning xom ashyosi, yaratilish usuli, buzilishiga sabab bo&#8217;lgan omillar va turlarini puxta ilmiy tahlil qilish hamda san&#8217;at va moddiy madaniy yodgorliklar tarixini chuqur o&#8217;rganish zaminida olib boriladi. Bunda spektral, xromatografik mikrokristal va boshqa tahlillar, rentgenografiya, makro va mikrofotografiya, infraqizil nurlar va boshqalar vositasida tekshirishlardan foydalaniladi. Ta&#8217;mirlash jarayonida asarning buzilgan qismlari unga yaqin bo&#8217;lgan (monumental rangtasvir uchun ohakli suv, ikona va moybo&#8217;yoq rangtasvirining asosi hamda yelim rassomligining bo&#8217;yoq qatlami uchun hayvonot yelimlari) yoki maxsus sintetik moddalar bilan uning tuzilishi tiklanadi yoki kimyoviy o&#8217;zgargan unsurlar (rangtasvir asarining qoraygan lok va moyi, mis buyumlardagi g&#8217;ovak qurumlar), haykaltaroshlik, amaliy bezak san&#8217;ati buyumlaridan keyinchalik kiritilgan qo&#8217;shimchalar qisman yoki to&#8217;liq olib tashlanadi. Rangtasvir asaridagi qo&#8217;shimchalardan mualliflik qismlarini idrok qilishga xalaqit bermaydiganlari saqlanadi, asarning o&#8217;ziga xos tarixiy yoki badiiy qimmatga ega bo&#8217;lgan so&#8217;nggi qatlami imkon qadar yangi asos va zaminga ko&#8217;chiriladi. Tasviriy va amaliy bezak san&#8217;ati asarining buzilgan qismlarini o&#8217;zboshimchalik bilan qayta tiklashga yo&#8217;l qo&#8217;yilmaydi, faqat ayrim hollardagina moybo&#8217;yoq va boshqalar rangtasvir asarlarida muallifning bo&#8217;yoq qatlami va asosini to&#8217;ldirishlardan muhofaza qilish chorasi sifatida Ta&#8217;mirlash qo&#8217;llanadi. Ad.: Zohidov P., Me&#8217;mor san&#8217;ati, T., 1978; Haqqulov A., Ta&#8217;mir san&#8217;ati, T., 1991; Po&#8217;latov X.,O&#8217;rolova., Arxitektura yodgorliklarini ta&#8217;mirlash va kayta qurish, T., 2002. Xayrulla Po&#8217;latov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ta&#8217;mirlash \u2014 biror narsani asli xoliga o&#8217;xshatib yoki asliga yaqinlashtirib tiklash, bunyod etish; ma&#8217;lum qiymatga ega qadimgi san&#8217;at asarlari va moddiy-madaniy yodgorliklarni tuzatish, yaxshilash, yarokli holga keltirish. Me&#8217;morlikda Ta&#8217;mirlash tarixiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tamirlash\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-107747","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107747","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=107747"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107747\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":107757,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107747\/revisions\/107757"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=107747"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=107747"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=107747"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}