{"id":107748,"date":"2023-09-22T10:24:50","date_gmt":"2023-09-22T07:24:50","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=107748"},"modified":"2023-09-22T10:24:56","modified_gmt":"2023-09-22T07:24:56","slug":"talimning-sinf-dars-tizimi-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/talimning-sinf-dars-tizimi-2\/","title":{"rendered":"Ta&#8217;limning sinf-dars tizimi"},"content":{"rendered":"\n<p>Ta&#8217;limning sinf-dars tizimi \u2014 maktabda o&#8217;quv jarayonini tashkil etish tizimi. Unda o&#8217;quvchilar yosh xususiyatlari va o&#8217;qish muddatlariga ko&#8217;ra muayyan sinflarga ajratilib, ta&#8217;lim o&#8217;quv rejasi va dasturiga muvofiq, asosan, dars shaklida olib boriladi. Ta&#8217;limning sinf-dars tizimi individual ta&#8217;lim o&#8217;rnida vujudga kelib, uning ayrim belgilari qadimgi maktablarda ham mavjud bo&#8217;lgan. 10-asrga kelib, Arab xalifaligiga qarashli Iroq, Suriya, Misr singari mamlakatlardagi maktablarda amaldagi &#8220;imlo&#8221; usuli o&#8217;rniga &#8220;tadris&#8221; usuli joriy etilishi har bir o&#8217;quvchi bilan alohida shug&#8217;ullanishga asoslangan o&#8217;qitish tizimi o&#8217;rniga ta&#8217;limning muayyan mikdordagi bolalar jamoasi bilan birvarakayiga olib borilishi mo&#8217;ljallangan dars shaklini yuzaga keltirdi. Lekin Islom pedagogikasida dars tushunchasi mavjud bo&#8217;lgani holda sinf tushunchasi qat&#8217;iy emasdi. Ta&#8217;limning sinf-dars tizimini nazariy jihatdan to&#8217;la asoslab, o&#8217;qitish amaliyotiga tatbiq etgan kishi buyuk Chex pedagogi Ya.A.Komenskiy bo&#8217;lgan. U o&#8217;zining &#8220;Buyuk didaktika&#8221; (1632), &#8220;yaxshi tashkil etilgan maktab qonunlari&#8221; (1653) asarlarida o&#8217;qitishning sinfdars tizimini har jihatdan asoslab berdi. Bunga ko&#8217;ra, o&#8217;quvchilarni maktabga qabul qilish vakti, bola yoshi, o&#8217;qishning boshlanish va tugallanish payti, o&#8217;quvchilarning o&#8217;qish vaqti qatiy chegaralanadigan, mashg&#8217;ulotlar rejaga muvofiq muayyan tartibda tashkil etiladigan bo&#8217;ldi. Tanaffus, ta&#8217;til singari tushunchalar Ya. Komenskiy tavsiyalariga muvofiq joriy etilgan. Ta&#8217;limning sinf-dars tizimi 19-asrga kelib Yevropaning ko&#8217;plab mamlakatlarida maktab ta&#8217;limining yetakchi tizimiga aylandi. Ta&#8217;limning sinf-dars tizimi O&#8217;zbekistonda 19-asr oxiri \u2014 20-asr boshlarida jadidlar tashkil etgan yangi usul maktablarida joriy etildi. Ungacha yil davomida maktabga yangi o&#8217;quvchilar qabul qilinavergan, turli yoshdagi bolalar guruhlarga ajratilmay, birga o&#8217;qitilavergan. 20-asr boshlarida dunyoning ko&#8217;pgina davlatlarida majburiy ta&#8217;lim joriy qilinishi Ta&#8217;limning sinf-dars tizimining keng yoyilishiga sabab bo&#8217;ldi. Sinflarni tashkil etishda asosiy ko&#8217;rsatkich bolalarning yosh va rivojlanish darajasidagi umumiy jihatlardir. Ayni vaqtda, bir xil yoshdagi bolalar o&#8217;rtasida taraqqiyotning turli darajasida bulganlar borligi uchun ham sinflarni jamlashda turli tajribalar qilib Ko&#8217;rildi. AQSh va Buyuk Britaniya singari mamlakatlarda o&#8217;quvchilar qobiliyatiga qarab parallel sinflarga taqsimlandi. Bu hol &#8220;kuchli&#8221;, &#8220;o&#8217;rta&#8221; va &#8220;Bush&#8221; sinflarni vujudga keltirib, o&#8217;quv materiallarini o&#8217;zlashtirishni har xillashtirdi. Ta&#8217;limning sinf-dars tizimida o&#8217;quvchi bir darsda o&#8217;zlashtirishi kerak bo&#8217;lgan bilim, ko&#8217;nikma va malakalarni belgilab olish, uni bolalarga yetkazish tartibini tayin etish, o&#8217;quv materiallarini tizimli ravishda taqdim etish nisbatan oson amalga oshiriladi. Unda o&#8217;quvchilar faolligini oshirish imkoniyati ham ko&#8217;p. Chunki yosh va aqliy imkoniyatlari bir-biriga yaqin bo&#8217;lgan bolalar o&#8217;quv jarayonida tortinmay, faol ishtirok etishi mumkin. Shuningdek Ta&#8217;limning sinf-dars tizimi mashg&#8217;ulotlarni uyushtirishning ekskursiya, laboratoriya ishlari, kuzatish singari shakllaridan foydalanishni ham inkor etmaydi. Ta&#8217;limning sinf-dars tizimi umumta&#8217;lim maktablaridan tashqari, o&#8217;rta maxsus va oliy ta&#8217;limda ham qo&#8217;llaniladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ta&#8217;limning sinf-dars tizimi \u2014 maktabda o&#8217;quv jarayonini tashkil etish tizimi. Unda o&#8217;quvchilar yosh xususiyatlari va o&#8217;qish muddatlariga ko&#8217;ra muayyan sinflarga ajratilib, ta&#8217;lim o&#8217;quv rejasi va dasturiga muvofiq, asosan, dars shaklida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/talimning-sinf-dars-tizimi-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-107748","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107748","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=107748"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107748\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":107758,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107748\/revisions\/107758"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=107748"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=107748"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=107748"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}