{"id":107749,"date":"2023-09-22T10:24:51","date_gmt":"2023-09-22T07:24:51","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=107749"},"modified":"2023-09-22T10:24:57","modified_gmt":"2023-09-22T07:24:57","slug":"talim-4","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/talim-4\/","title":{"rendered":"Ta&#8217;lim"},"content":{"rendered":"\n<p>Ta&#8217;lim \u2014 bilim berish, malaka va ko&#8217;nikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Ta&#8217;lim jarayonida ma&#8217;lumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Ta&#8217;lim tor ma&#8217;noda o&#8217;qitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi o&#8217;quv yurtlarida o&#8217;qitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish va boshqa sohalarda ma&#8217;lumot berish jarayonini ham bildiradi. Ta&#8217;limning mazmuni va mohiyati jamiyatning moddiy va madaniy taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy ma&#8217;lumotga bo&#8217;lgan ehtiyoj, kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, Ta&#8217;lim haqidagi pedagogik g&#8217;oyalarga qarab kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida Ta&#8217;limning mohiyati, metodi, tashkiliy shakllari o&#8217;zgarib borgan. Ta&#8217;lim mohiyat e&#8217;tibori bilan dars berish jarayonini, ya&#8217;ni pedagog (o&#8217;qituvchi) faoliyatini, umuman o&#8217;quvchining bilish, o&#8217;rganish faoliyatiga rahbarlik qilishni hamda uqish jarayonini, ya&#8217;ni o&#8217;quvchi faoliyatini bildiradi. Ta&#8217;lim jarayoni ta&#8217;lim beruvchi \u2014 o&#8217;qituvchi va ta&#8217;lim olayotgan o&#8217;quvchilar faoliyatining yig&#8217;indisidan iborat. Ta&#8217;lim va tarbiya jarayonida shaxsning sifatlari, dunyoqarashi, qobiliyati o&#8217;sadi. Ta&#8217;lim avlodlar o&#8217;rtasidagi ma&#8217;naviy vorislikni ta&#8217;minlaydi: kishilarning ijtimoiytarixiy tajribalari yosh avlodga Ta&#8217;lim orqali o&#8217;tadi. Ta&#8217;lim haqida turli nazariyalar mavjud. Ba&#8217;zi nazariyalar Ta&#8217;limni jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishiga bog&#8217;liq bo&#8217;lmagan hodisa sifatida baholasalar, ba&#8217;zisi Ta&#8217;limning sinfiy xarakterga ega ekanligini, u jamiyatning har bir a&#8217;zosida muayyan siyosiy, falsafiy, axloqiy, huquqiy qarashlarni shakllantirish maqsadi sari karatilganligini ta&#8217;kidlaydi. Ta&#8217;limning maqsadi ob&#8217;ektiv hayot talablariga muvofiq holda o&#8217;zgarib borgani kabi, Ta&#8217;limning xarakteri, yo&#8217;nalishi ham uning maqsadiga muvofiq o&#8217;zgarib boradi. Ta&#8217;lim dialektik tarzda taraqqiy etib boradigan ichki ziddiyatlar jarayonidir. Ta&#8217;lim bilish qobiliyatlari, his-tuyg&#8217;ular, idrok, shaxsni tarkib toptiruvchi kuchli omildir. Ta&#8217;lim jamiyat qurilishining muhim muammolarini hal qilish \u2014 jamiyatning moddiy-texnika bazasini yaratish, ijtimoiy munosabatlarni tarkib toptirish, yangi kishini tarbiyalashga yordam beradi. Ta&#8217;lim o&#8217;quvchining bilish qobiliyatini o&#8217;stiruvchi asosiy omildir. O&#8217;quvchilar qobiliyatini o&#8217;stirishga qaratilgan tizimlar muayyan didaktik qoidalar tarzida namoyon bo&#8217;ladi. Didaktik tamoyillarda Ta&#8217;limning mazmuni va jarayonlariga qo&#8217;yilgan talablar belgilanadi. Ta&#8217;limning maqsadi va vazifalari ijtimoiy tuzum, shuningdek muayyan o&#8217;quv yurtlari funktsiyasiga muvofiq tarixan o&#8217;zgarib boradi. O&#8217;zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan &#8220;Ta&#8217;lim to&#8217;g&#8217;risida&#8221;gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi Ta&#8217;lim tizimining barcha yo&#8217;nalishlarini takomillashtirish va rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochib berdi. 1996 yildan boshlab lotin imlosiga asoslangan yangi o&#8217;zbek alifbosi joriy etildi va shu yildan boshlab yangi yozuv asosida dasturlar, qo&#8217;llanmalar va darsliklar yaratishga kirishildi, o&#8217;qituvchilar lotin imlosi asosidagi yangi o&#8217;zbek alifbosi bo&#8217;yicha qayta tayyorlash kurslaridan o&#8217;tkazildi. Xalq ta&#8217;limi bo&#8217;limlari qoshida bolalarni maktab ta&#8217;limiga tayyorgarligini belgilaydigan &#8220;tashhis markazlari&#8221; tashkil etildi. O&#8217;quvchilarning bilim va ko&#8217;nikmalarini reyting asosida nazorat qilish, maktab bitiruvchilarini yakuniy attestasiyasini kompyuter yordamida test orqali amalga oshirish, Ta&#8217;lim amaliyotini diagnostik taxdil etish, Ta&#8217;lim muassasalarida marketing tizimidan foydalanish kabi qator pedagogik yangiliklar joriy etildi. Ta&#8217;lim mazmuni uning maqsadiga muvofiq, ijtimoiy shart-sharoit, fan va texnika, san&#8217;at holati va shu kabini hisobga olgan holda belgilanadi. Kasbhunar kollejlari, o&#8217;rta maxsus va oliy o&#8217;quv yurtlaridagi Ta&#8217;limning mazmuniga umumiy ma&#8217;lumotdan tashqari muayyan kasb va mutaxassislik uchun zarur bo&#8217;lgan maxsus bilim, malaka va ko&#8217;nikmalar ham kiradi. Ta&#8217;lim mazmuni o&#8217;quv reja va dasturlari, darslik va boshqalarda yoritiladi. Ta&#8217;limda qo&#8217;yilgan maqsadga erishish uchun turli metod, vosita, tashkiliy tizim va shakllar (ma&#8217;ruza, suhbat, tajribalar o&#8217;tkazish, ko&#8217;rgazmali qurollarni qo&#8217;llash, kuzatish, mashq va shu kabi)dan foydalaniladi. O&#8217;quv jarayonida texnik vositalar (kino, televidenie, radio, kompyuter, EHM va boshqalar)ni keng qo&#8217;llash Ta&#8217;lim metodini ishlab chiqishga katta ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. Ta&#8217;limni tashkil etishning umumiy ta&#8217;lim, alohida (individual) ta&#8217;lim, tashkiliy ta&#8217;lim, sinfdars ta&#8217;limi, kurs tizimi ta&#8217;limi va boshqalar turlari mavjud. Hozirgi sharoitda ijtimoiy talablar, o&#8217;quvchilarning imkoniyati va ehtiyojlariga muvofiq Ta&#8217;lim tobora takomillashtirilib, yangi metod va shakllari ishlab chiqilmoqda. Xususan, Ta&#8217;limning keng umumiy ma&#8217;lumot asosida kasbiy ixtisoslashishning ahamiyati tobora oshmoqda, ommaviy kommunikatsiya vositalari \u2014 radio, televideniye, kino, kompyuter, vaqtli matbuotdan, shuningdek, o&#8217;z ustida ishlashning turli shakllaridan foydalanilmoqda. Komiljon Hoshimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ta&#8217;lim \u2014 bilim berish, malaka va ko&#8217;nikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Ta&#8217;lim jarayonida ma&#8217;lumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Ta&#8217;lim tor ma&#8217;noda o&#8217;qitish tushunchasini &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/talim-4\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-107749","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107749","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=107749"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107749\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":107759,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107749\/revisions\/107759"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=107749"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=107749"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=107749"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}