{"id":107808,"date":"2023-09-22T11:16:59","date_gmt":"2023-09-22T08:16:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=107808"},"modified":"2023-09-22T11:17:03","modified_gmt":"2023-09-22T08:17:03","slug":"tortkol-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tortkol-tumani\/","title":{"rendered":"To&#8217;rtko&#8217;l tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>To&#8217;rtko&#8217;l tumani \u2014 Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasidagi tuman. 1927 yil 3 iyulda tashkil etilgan. G&#8217;arbdan Ellikqal&#8217;a tumani, Jan.g&#8217;arbdan Xorazm, sharqdan Navoiy va Buxoro viloyatlari bn chegaradosh. Maydoni 7,5 ming km2. Aholisi 161,2 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (To&#8217;rtko&#8217;l), 14 qishloq (ovul) fuqarolari yig&#8217;ini (A. Durdiev, Jambasqala, Kaltaminor, Ko&#8217;kcha, Otauba, Oxunboboyev, Oqboshli, Oqqamish, Paxtachi, Tozabog&#8217;yop, Ullubog&#8217;, Chubukli, Sho&#8217;raxon, Qumboskan) bor. Markazi \u2014 To&#8217;rtko&#8217;l shahri. Tabiati. Tuman hududi Amudaryoning o&#8217;ng sohilida, pastbaland tekislikda (169\u2014 206 metr) joylashgan. Shimoliy Sharq va shimol qismi Qizilqum cho&#8217;li bilan band. Bir qancha sho&#8217;r ko&#8217;llar (shimoli g&#8217;arbida Suvyorgan, shimoli sharqida So&#8217;kkili, shimolda Jumaketgan va boshqalar) bor. Suvyorgan kulidan sharkda katta maydonlar sho&#8217;rxoklardan iborat. Tuman hududi, asosan, Paxtaarna (27,5 kilometr), Bog&#8217;yop (9,0 kilometr), Kaltaminor (72,0 kilometr), Oqboshli (18 kilometr), Sho&#8217;raxonep (10,0 kilometr), Yonboshqal&#8217;a (45,5 kilometr), Arazqal&#8217;a (17,0 kilometr), Amirobod (9,0 kilometr), Bitleu (24,7 kilometr), Bo&#8217;zyop (18,0 kilometr), Beton (31,0 kilometr) kanallaridan sug\u2019oriladi. Zax suvlar 433,3 kilometr uzunlikdagi 21 ta kollektor sistemasi orqali tuman hududidan chiqariladi. Tuproqlari sho&#8217;rxok, qumloq, bo&#8217;z tuproqlardan iborat. Yovvoyi o&#8217;simliklardan jiyda, turang&#8217;il, tol, saksovul, yulg&#8217;un, yantoq, qamish, oqbosh, sho&#8217;ra, ajriq o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan chiyabo&#8217;ri, qobon, quyon, toshbaqa, jayran, ondatra, yumronqoziq, kaltakesaklar; qushlardan qirg&#8217;ovul, chumchuq, to&#8217;rg&#8217;ay, qarg&#8217;a, boyo&#8217;g&#8217;li va boshqalar bor. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -4,9\u00b0, eng past temperatura -28\u00b0, -35\u00b0, iyul oyining o&#8217;rtacha temperaturasi 28,2\u00b0, eng yuqori temperatura 44\u00b0. Yillik yog&#8217;in 100 mm. Vegetatsiya davri 150-200 kun. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar (62%), turkmanlar (23,8%), qozoqlar (9%), qoraqalpoqlar (5,5%), shuningdek, rus, tatar, ukrain va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi o&#8217;rtacha 1 km2 ga 21,5 kishi. Shahar aholisi 50,8 ming kishi, qishloq Ag&#8217;olisi 110,4 ming kishi (2004). Xo&#8217;jaligi. Tuman iqtisodiy negizini paxtachilik tashkil etadi. Shu sababli tuman sanoati ham paxta xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. To&#8217;rtko&#8217;l tumanida 7 sanoat korxonasi, jumladan, paxta tozalash zavodi (To&#8217;rtko&#8217;l), asfalt va temirbeton zavodlari, O\u2019zbekiston\u2014Turkiya\u2014 Amerika &#8220;To&#8217;rtko&#8217;lteks&#8221; qo&#8217;shma korxonasi, &#8220;To&#8217;rtko&#8217;lmoy&#8221;, &#8220;To&#8217;rtko&#8217;lyog'&#8221; qo&#8217;shma korxonalari, 13 aktsiyadorlik jamiyati, 228 kichik va o&#8217;rta xususiy korxonalar, aholiga xizmat ko&#8217;rsatuvchi kichik korxonalar va boshqalar bor. Chorvachilik, ipakchilik, bog&#8217;dorchilik sabzavot va polizchilik ham rivojlangan. Tumanda paxtachilikka ixtisoslashgan 11 ta shirkat, 4 ta dehqonfermer xo&#8217;jaliklari uyushmalari; qorako&#8217;lchilikka ixtisoslashgan &#8220;Qizilqum&#8221; chorvachilik xo&#8217;jaligi faoliyat ko&#8217;rsatadi. Tumanda580 dan ziyodf ermerxo&#8217;jaligi bo&#8217;lib, ular dehqonchilik, bog&#8217;dorchilik, chorvachilik bilan shug&#8217;ullanadi. Paxta yetishtirishning 40%, g&#8217;alla yetishtirishning 40%, sabzavotpoliz mahsulotlarining 60-70% fermerlar hissasiga to&#8217;fi keladi. Jami 22,2 ming gektar maydonda dehqonchilik qilinadi. Ekin maydonlariga paxta, kartoshka, sabzavot va poliz, ozuka ekinlari ekiladi. 218 gektar yer bog&#8217;lar bilan band, shundan, 178 gektari mevazor. O&#8217;rmonlar \u2014 49,8 ming gektar. Shirkat va fermer xo&#8217;jaliklarida 7,7 ming qoramol (shundan 2,2 mingdan ziyod sigir), 30,1 ming qo&#8217;y, 1,2 ming yilqi, 682 tuya boqiladi. Avtomobil yo&#8217;llari uzunligi 1152 kilometr (shundan asfalt yotqizilgani 308 kilometr), temir yo\u2019l 140 kilometr. Tuman hududidan Amudaryo oqib o&#8217;tadi (tuman hududidagi uzunligi 50 kilometr). 65 umumiy ta&#8217;lim maktabida 36,6 ming o&#8217;quvchi ta&#8217;lim oladi (2004). 6 kasbhunar kolleji (bank, tibbiyot, qishloq xo\u2019jaligi, sanoat-transport, maishiy xizmat, yengil sanoat), sil kasalligini davolash sanatoriy maktab-internati (240 o&#8217;quvchi) faoliyat ko&#8217;rsatadi. Tumanda 12 klub muassasasi, 10 madaniyat uyi, xalq teatri, 34 kutubxona, 2 o&#8217;lkashunoslik muzeyi, 2 uymuzeyi, san&#8217;at maktabi, kasalxona (625 o&#8217;rin), 2 tibbiy dispanser (95 o&#8217;rin), 4 qishloq uchastka kasalxonasi, 22 vrachlik davolash profilaktika shoxobchasi va boshqa tibbiy muassasalarda 270 vrach ishlaydi. Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi ko&#8217;p tarmoqli sanatoriysi (80 o&#8217;rin, A. Durdiev xo&#8217;jaligida) mavjud. Tumanda (1933 yildan &#8220;Do&#8217;stlik bayrog&#8217;i&#8221;) 2004 yildan &#8220;To&#8217;rtko&#8217;lnoma&#8221; (o&#8217;zbek tilida, adadi 3000), &#8220;Meken&#8221; (turkman tilida, 2004 yildan, 2001 yil 1 yanvardan &#8220;Oydin yo&#8217;l&#8221;, adadi 1000) gazetalari chiqadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>To&#8217;rtko&#8217;l tumani \u2014 Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasidagi tuman. 1927 yil 3 iyulda tashkil etilgan. G&#8217;arbdan Ellikqal&#8217;a tumani, Jan.g&#8217;arbdan Xorazm, sharqdan Navoiy va Buxoro viloyatlari bn chegaradosh. Maydoni 7,5 ming km2. Aholisi 161,2 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tortkol-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-107808","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107808","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=107808"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107808\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":107818,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107808\/revisions\/107818"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=107808"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=107808"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=107808"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}