{"id":107825,"date":"2023-09-22T12:11:21","date_gmt":"2023-09-22T09:11:21","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=107825"},"modified":"2023-09-22T12:11:24","modified_gmt":"2023-09-22T09:11:24","slug":"madaniyat-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/madaniyat-3\/","title":{"rendered":"Madaniyat"},"content":{"rendered":"\n<p>Madaniyat \u2014 jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli ko&#8217;rinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va ma&#8217;naviy boyliklarda ifodalanadi. &#8220;Madaniyat&#8221; tushunchasi muayyan tarixiy davr (antik Madaniyat), konkret jamiyat, elat va millat (o&#8217;zbek Madaniyati), shuningdek, inson faoliyati yoki turmushining o&#8217;ziga xos sohalari (masalan, mehnat Madaniyati, badiiy Madaniyat, turmush Madaniyati)ni izoxlash uchun qo&#8217;llaniladi. Tor ma&#8217;noda &#8220;Madaniyat&#8221; atamasi kishilarning faqat ma&#8217;naviy hayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi. &#8220;Madaniyat&#8221; arabcha Madina (shahar) so&#8217;zidan kelib chiqqan. Arablar kishilar hayotini ikki turga: birini badaviy yoki sahroiy turmush; ikkinchisini madaniy turmush deb ataganlar. Badaviylik \u2014 ko&#8217;chmanchi holda dashtu sahrolarda yashovchi xalqlarga, madaniylik \u2014 shaharda o&#8217;troq holda yashab, o&#8217;ziga xos turmush tarziga ega bo&#8217;lgan xalqlarga nisbatan ishlatilgan. O&#8217;rta asr madaniyatining buyuk namoyandalari Abu Ali ibn Sino, Beruniy va boshqa shahar turmush tarzini jamoaning yetuklik shakli sifatida talqin qilganlar. Masalan, Forobiy fikricha, har bir inson o&#8217;z tabiatiga ko&#8217;ra, &#8220;oliy darajadagi yetuklikka erishish uchun intiladi&#8221;, bunday yetuklikka faqat shahar jamoasi orqaligina erishiladi. Uning ta&#8217;kidlashicha, &#8220;madaniy jamiyat va madaniy shahar (yoki mamlakat) shunday bo&#8217;ladiki, bu mamlakatda har bir odam kasb-hunarda ozod, hamma bab-baravardir, kishilar o&#8217;rtasida farq bo&#8217;lmaydi, har kim o&#8217;zi istagan yoki tanlagan kasb-hunar bilan shug&#8217;ullanadi. Odamlar chin ma&#8217;nosi bilan ozod yashaydilar&#8221;. Alisher Navoiy yetuk axloq, ma&#8217;rifatli va adolatli jamiyat, jamoa masalasini qayd etish bilan birga, ma&#8217;naviy yuksaklikka erishishning asosiy mezoni deb insonparvarlik g&#8217;oyalariga muvofiqlikni tushundi. 19-asrning ikkinchi yarmida maydonga kelgan demokratik-ma&#8217;rifatparvarlik harakatining namoyandalari Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Ahmad Donish, Avaz O&#8217;tar, Komil Xorazmiy va boshqa xalqni Madaniyatli qilishning omili ilmma&#8217;rifatni egallashda deb bildilar. Ular o&#8217;rta asr jaholatiga qarshi xalq o&#8217;rtasida ilm-maorif va Madaniyatni zo&#8217;r ehtiros bilan targ&#8217;ib qildilar. Masalan, Furqat fikricha, ilm-fan bir mash&#8217;al bo&#8217;lib, insoniyatning baxt-saodat yo&#8217;lini yoritib turishi kerak. 19-asrning oxiri va 20-asrning boshida Turkistonda vujudga kelgan jadidchilik harakati namoyandalari, Munavvarqori Abdurashidxon o&#8217;g&#8217;li, Mahmudxo&#8217;ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy va boshqalar o&#8217;zlarining ma&#8217;rifatparvarlik ishlari bilan Madaniyat rivojiga muhim hissa qo&#8217;shdilar. Ular turli gazeta va jurnallar chiqardilar, nashriyot va Bosmaxonalar tashkil etdilar, kutubxonalar, teatrlar, yangicha maktablar ochdilar, o&#8217;tmish madaniyatimizni, tariximizni targ&#8217;ib qildilar, dunyoviy bilimlarni chuqur egallashga da&#8217;vat etdilar. Ma&#8217;rifatchilikning keng quloch yoyishi samarasi o&#8217;laroq, xalqning umummadaniyati yuksala bordi. Yevropada &#8220;Madaniyat&#8221; deyilganda dastlab insonning tabiatga ko&#8217;rsatadigan maqsadga muvofiq ta&#8217;siri, shuningdek, insonga ta&#8217;lim-tarbiya berish tushunilgan (lotincha cultura \u2014 yerni ishlash, parvarishlash; ruschadagi &#8220;kultura&#8221; so&#8217;zi ham shundan olingan). Madaniyat faqat mavjud norma va urf-odatlarga rioya qilish qobiliyatini rivojlantirishni emas, balki ularga rioya qilish istagini rag&#8217;batlantirishni ham o&#8217;z ichiga olgan. Madaniyatga bunday ikki yoqlama yondashuv har qanday jamiyatga xos (masalan, qadimgi Xitoyda Jen, Hindistonda dxarma). Ellinlar &#8220;madaniyatsiz&#8221; varvarlardan o&#8217;zlarining asosiy farqini &#8220;paydey&#8221;, ya&#8217;ni &#8220;tarbiyalanganlik&#8221;da deb bilganlar. Qadimgi Rimning so&#8217;nggi davrlarida &#8220;Madaniyat&#8221; tushunchasi ijtimoiy hayotning shahar turmush tarzini ifodalovchi mazmunlar bilan ham boyigan va o&#8217;rta asrlarga kelib keng tarqalgan. Bu tushuncha keyinchalik kelib chiqqan tsivilizatsiya tushunchasiga yaqin turadi. Yevropada ma&#8217;rifatchilik davrida Madaniyat va tsivilizasiyaning &#8220;tanqidi&#8221; vujudga keldi (J.J.Russo). Bunda &#8220;madaniy&#8221; millatlarning buzilganligi va axloqiy tubanlashganligiga taraqqiyotning patriarxal bosqichida bo&#8217;lgan xalqlar axloqining soddaligi va sofligi qarshi qo&#8217;yildi. Nemis faylasuflari bu ziddiyatli holatdan chiqishning yo&#8217;lini &#8220;ruh&#8221; doirasidan, axloqiy (I. Kant), estetik (F. Shiller, romantiklar) yoki falsafiy (G. Gegel) ong doirasidan qidirdilar. Ular bu ong sohalarini haqiqiy Madaniyat va inson taraqqiyotining omillari deb bildilar. 19-asr oxiridan boshlab &#8220;lokal tsivilizasiya&#8221; (O. Shpengler) degan qarash yuzaga keldi. Bu g&#8217;oya tsivilizatsiyani muayyan jamiyat taraqqiyotining so&#8217;nggi bosqichi sifatida olib qaradi. Fan-texnika taraqqiy topgan sharoitda ko&#8217;pgina sosiologlar va madaniyatshunoslar Madaniyatning yagona g&#8217;oyasini izchil amalga oshirish mumkin emas, degan qoidani ilgari surdilar. Bu polisentrizm, G&#8217;arb bilan Sharqning azaldan qarama-qarshiligi va ijtimoiy taraqqiyotning boshqa umumiy qonuniyatlarini inkor etuvchi nazariyalarida o&#8217;z ifodasini topdi. Madaniyatning ilmiy, tarixiy kontsepsiyalariga qarama-qarshi o&#8217;laroq, marksistik nazariya ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar haqidagi, ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlarining o&#8217;zaro munosabati haqidagi qoidalardan kelib chiqib, antagonistik jamiyatlarda Madaniyatning sinfiy xarakteri haqidagi qoidalarni ilgari surdi. Antagonistik formatsiyalarda har bir milliy Madaniyatda ikki Madaniyat borligi haqidagi lenincha qarash &#8220;hukmron ekspluatatorlik&#8221; Madaniyatiga &#8220;Progressiv demokratik&#8221; va &#8220;sotsialistik&#8221; Madaniyat elementlarini qarama-qarshi qo&#8217;ydi. Ana shu qoidadan kelib chiqib, mustabid sovet tuzumi davrida amalga oshirilgan &#8220;madaniy inqilob&#8221; natijasida ko&#8217;pgina xalqlar Madaniyatining ajoyib durdonalari yo&#8217;q qilinib, madaniy merosning milliy ildizlari barbod etildi. Madaniyat \u2014 umuminsoniy hodisa, faqat bir xalqqa tegishli, faqat bir xalqning o&#8217;zigina yaratgan sof Madaniyat bo&#8217;lmaydi va bo&#8217;lishi ham mumkin emas. Har bir milliy Madaniyatning asosiy qismini shu millat o&#8217;zi yaratgan bo&#8217;lsada, unda jahon xalqlari yaratgan umuminsoniy Madaniyatning ulushi va ta&#8217;siri bo&#8217;ladi, albatta. Madaniyat hech qachon sinfiy hodisa bo&#8217;la olmaydi. U barchaga baravar xizmat qiladi. Masalan, san&#8217;at va adabiyot durdonalari, me&#8217;morlik obidalari, maqomlar, fan yutuqlari va boshqalar barchaga tegishlidir. Madaniyat kishilar faoliyatining faqat moddiy natijalari (mashinalar, texnik inshootlar, san&#8217;at asarlari, huquq, axloq normalari va hokazolar)ni emas, shu bilan birga, kishilarning mehnat jarayonida voqe bo&#8217;ladigan sub&#8217;yektiv kuch-quvvatlari va qobiliyatlari (bilim va ko&#8217;nikmalari, ishlab chiqarish va professional malakalari, intellektual, estetik va axloqiy kamoloti, dunyoqarashi, ularning jamoa va jamiyat doirasidagi o&#8217;zaro muomalalari)ni ham o&#8217;z ichiga oladi. Ishlab chiqarishning 2 asosiy turi \u2014 moddiy va ma&#8217;naviy ishlab chiqarishga qarab Madaniyat moddiy va ma&#8217;naviy Madaniyatga bo&#8217;linadi. Moddiy Madaniyat moddiy faoliyatning barcha sohalarini hamda uning natijalari (mehnat qurollari, turar joy, kundalik turmush buyumlari, kiyim-kechak, transport, aloqa vositalari va boshqalar)ni o&#8217;z ichiga oladi. Ma&#8217;naviy madaniyatga ong, ma&#8217;naviyat sohalari kiradi (bilim, axloq, ta&#8217;lim-tarbiya, huquq, falsafa, etika, estetika, fan, san&#8217;at, adabiyot, mifologiya, din va boshqalar). Har bir jamiyat o&#8217;z Madaniyat tipiga ega. Jamiyatlarning almashinishi bilan Madaniyat tipi ham o&#8217;zgaradi, biroq bu hol Madaniyat taraqqiyoti uzilib qolganini, eski Madaniyat yo&#8217;q bo&#8217;lib madaniy meros, o&#8217;tmish qadriyatlardan voz kechilganini anglatmaydi. Zotan, har bir yangi jamiyat o&#8217;zidan ilgarigi jamiyatning madaniy yutuklarini zaruriy ravishda meros qilib oladi va ularni ijtimoiy munosabatlarning yangi tizimiga kiritadi. O&#8217;zbekiston mustaqillikka erishgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo&#8217;lganidek, Madaniyat sohasida ham tub o&#8217;zgarishlar yuz berdi. Shaklan ham, mazmunan ham Madaniyatning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. O&#8217;zbekistonning mustaqil rivojlanishga utishi milliy Madaniyatga sinfiy yondashishdan, uni sun&#8217;iy tarzda &#8220;yagona umummadaniyat&#8221;ga aylanishdan saqlab qoldi. Shuni ham ta&#8217;kidlash lozimki, mustaqillikkacha bo&#8217;lgan so&#8217;nggi yetmish yil davomida Madaniyat hukmron mafkura, mustabid tuzum tazyiqida G&#8217;arb Madaniyatiga taqlid ruhida rivojlandi. Ikkinchidan, milliy Madaniyatning boy o&#8217;tmishi bir yoqlama o&#8217;rganilib, uning ko&#8217;pgina bebaho durdonalaridan xalqimiz bebahra bo&#8217;lib keldi. O&#8217;zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida jamiyatni yangilash sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan bir qatorda Madaniyatni yuksaltirishga ham alohida e&#8217;tibor berilmoqda. Xalqimizning ma&#8217;naviy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo&#8217;lish, ularni asrab-avaylash va rivojlantirish, muqaddas dinimiz, urf-odatlarimizni, tarixiy, ilmiy, madaniy merosimizni tiklash davlat siyosati darajasiga ko&#8217;tarildi. &#8220;Davlat tili to&#8217;g&#8217;risida&#8221;gi (1989 yil 21 oktabr) qonun, &#8220;Kadrlar tayyorlash milliy dasturi&#8221; (1997 yil 29 avgust)ning qabul qilinishi, O&#8217;zbekiston Badiiy Akademiyasi (1997 yil), O&#8217;zbekiston davlat konservatoriyasi (2002 yil), O&#8217;zbek milliy akademik drama teatri (2002 yil), estrada musiqasini rivojlantirish to&#8217;g&#8217;risidagi va boshqalar bir qancha qaror va farmonlarning qabul qilinishi, bir qancha mutafakkir va allomalarimizning muqaddas nomlari tiklanib, yubileylari xalqaro miqyosda keng nishonlanayotgani davlatimiz tomonidan Madaniyatni rivojlantirishga ko&#8217;rsatilayotgan g&#8217;amxo&#8217;rlikning amaliy ifodasidir. Ad.: Karimov I. A., O&#8217;zbekiston: milliy istiklol, iqtisod, siyosat, mafkura, 1-j., T., 1996; ma&#8217;naviy yuksalish yo&#8217;lida, T.,1998; Xayrullayev M. M., Shorahmedov D.A., Madaniyat va meros. T., 1973. Davron Shorahmedov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Madaniyat \u2014 jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli ko&#8217;rinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va ma&#8217;naviy boyliklarda ifodalanadi. &#8220;Madaniyat&#8221; tushunchasi muayyan tarixiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/madaniyat-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-107825","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107825","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=107825"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107825\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":107826,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107825\/revisions\/107826"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=107825"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=107825"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=107825"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}