{"id":107834,"date":"2023-09-22T12:15:46","date_gmt":"2023-09-22T09:15:46","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=107834"},"modified":"2023-09-22T12:15:49","modified_gmt":"2023-09-22T09:15:49","slug":"magnit-maydon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/magnit-maydon\/","title":{"rendered":"Magnit maydon"},"content":{"rendered":"\n<p>Magnit maydon \u2014 harakatlanayotgan elektr zaryadlarga va magnit momenpish jismlarga ta&#8217;sir qiladigan kuch maydoni. M. Faradey birinchi marta 1845 yilda fanga kiritgan. U elektr o&#8217;zaro ta&#8217;sirlar ham, magnit o&#8217;zaro ta&#8217;sirlar ham yagona moddiy maydon yordamida amalga oshadi, deb hisoblagan. Elektromagnit maydonning klassik nazariyasini J. Maksvell yaratgan (1873). O&#8217;zgaruvchi Magnit maydon o&#8217;zgaruvchi elektr maydon bilan uzviy bog&#8217;langan. Magnit maydon harakatdagi elektrlangan jismlar, elektr tokli o&#8217;tkazgichlar va magnitlangan jismlar atrofida hosil bo&#8217;ladi. Elektr toki hosil qiladigan Magnit maydon Bio\u2014 Savar \u2014 Laplas qonuniga, Magnit maydonning elektr tokiga ta&#8217;siri esa Amper qonuniga asosan aniqlanadi. Magnit maydon mikrodunyo hodisalarida, kosmik ob&#8217;yektlarda ham kuzatiladi. Mikrodunyo hodisalaridagi Magnit maydon, asosan, barcha zarralarning magnit momentga ega bo&#8217;lishligiga, harakatlanuvchi elektr zaryadiga Magnit maydon ko&#8217;rsatadigan ta&#8217;sirga bog&#8217;liq. Bular esa moddalardagi paramagnetizm, diamagnetizm, ferromagnetizm, antiferromagnetizm, magnit rezonans, magnitooptika hodisalari, Faradey effekti kabi hodisalarni yuzaga keltiradi. Harakatlanuvchi elektr zaryadi Magnit maydonda tekis aylanma (vint chizig&#8217;i bo&#8217;yicha) harakat qiladi. Magnit maydonning ayrim joylarida elektr zaryadlarning harakat yo&#8217;nalishi qarama-qarshisiga o&#8217;zgarishi mumkin. Magnit maydonning bunday joylari magnit ko&#8217;zgular deyiladi. Magnit maydon ta&#8217;sirida atom ichidagi elektronlar qo&#8217;shimcha harakat qiladi. Atomning nurlanishi Magnit maydon ta&#8217;sirida o&#8217;zgaradi. Jismda tarqaluvchi yorug&#8217;likning qutblanish tekisligi Magnit maydon ta&#8217;sirida ma&#8217;lum burchakka buriladi (Faradey effekti). Yer, Quyosh singari ko&#8217;pgina moddiy sistemalar Magnit maydonga ega. Quyosh dog&#8217;lari kuchli Magnit maydon bilan bog&#8217;langan. Quyoshdagi o&#8217;zgarishlar natijasida yer Magnit maydonning kuchli g&#8217;alayonlanishi \u2014 magnit bo&#8217;ronlari hosil buladi. Kosmosni o&#8217;zlashtirish, yadrolarni sintez qilish, plazma fizikasi va boshqa sohalardagi fan va texnika masalalari Magnit maydonni o&#8217;rganish bilan bog&#8217;liq. Magnit maydon, asosan, kuchsiz (500 Gs), o&#8217;rtacha (500 Gs dan 40 kgs gacha), kuchli (40 kgs dan 1 MGs gacha) va o&#8217;ta kuchli (1 MGs dan yuqori) xillarga bo&#8217;linadi. Kuchsiz va o&#8217;rtacha Magnit maydondan elektronika, elektrotexnika radiotexnikada, shuningdek, 500 Gs dan 40 kgs gacha bo&#8217;lgan Magnit maydondan zaryadli zarralar tezlatkichlari, Vilson kamerasi, pufakli kamera, mass-spektrometr kabi qurilmalarda foydalaniladi. Kuchli va o&#8217;ta kuchli Magnit maydon, asosan, qattiq jismlar fizikasida, ferromagnetizm va antiferromagnetizm xossalarini o&#8217;rganishda, magnitogidrodinamik generator va boshqalarda ishlatiladi. Kuchsiz va o&#8217;rtacha Magnit maydon doimiy magnitlar, elektr magnitlar, o&#8217;ta o&#8217;tkazuvchi magnitlar, solenoidlar (elektr toki utkazgichi) yordamida, kuchli Magnit maydon yo&#8217;naltirilgan portlatish usulida olinadi (oxirgi usulda mis quvur ichida oldindan kuchli impulsli Magnit maydon hosil qilinadi va u kuchli portlashning radial bosimiga duchor qilinadi). Ad.: Parsell E., Elektrichestvo i magnetizm [Per. s angl.], M., 1971; Landau L. D., L i f sh i ts E. M., Teoriya polya, 6 izd., M., 1973 [Teoreticheskaya fizika, t.2|.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Magnit maydon \u2014 harakatlanayotgan elektr zaryadlarga va magnit momenpish jismlarga ta&#8217;sir qiladigan kuch maydoni. M. Faradey birinchi marta 1845 yilda fanga kiritgan. U elektr o&#8217;zaro ta&#8217;sirlar ham, magnit o&#8217;zaro ta&#8217;sirlar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/magnit-maydon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-107834","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107834","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=107834"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107834\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":107838,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107834\/revisions\/107838"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=107834"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=107834"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=107834"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}