{"id":107998,"date":"2023-09-22T19:35:44","date_gmt":"2023-09-22T16:35:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=107998"},"modified":"2023-09-22T19:35:47","modified_gmt":"2023-09-22T16:35:47","slug":"huvaydo-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/huvaydo-2\/","title":{"rendered":"Huvaydo"},"content":{"rendered":"\n<p>Huvaydo (taxallusi; asl nomi Xo&#8217;janazar G&#8217;oyibnazar o&#8217;g&#8217;li) (? \u2014 O&#8217;sh shahri \u2014 1780\/81, Farg&#8217;ona viloyati Chimyon qishlog&#8217;i) \u2014 shoir, tasavvuf she&#8217;riyatining yirik vakili. Qo&#8217;qon madrasalarida o&#8217;qigan. Qishlog&#8217;ida maktab ochib, uzoq vaqt maktabdorlik qilgan, kosiblik bilan ham shug&#8217;ullangan. Otasi G&#8217;oyibnazar so&#8217;fi Qashqardagi Ofoqxo&#8217;ja eshonning muridlaridan bo&#8217;lgan, Chimyonda masjid va xonaqolar qurdirib, eshonlik qilgan. Huvaydo devonida keltirilgan bir naqlga ko&#8217;ra, Huvaydoga &#8220;Xo&#8217;janazar&#8221; ismining qo&#8217;yilishi ham Ofoqxo&#8217;ja bilan bog&#8217;liq. Huvaydo mumtoz she&#8217;riyatning deyarli barcha janrlarida ijod qilgan. She&#8217;rlari xalq orasida juda mashhur bo&#8217;lgan. Huvaydo axloqiy-didaktik yo&#8217;nalishdagi mazmunan teran, uslubiy go&#8217;zal asarlari bilan adabiy maktab yarata olgan shoirdir. Huvaydo ijodi va dunyoqarashining shakllanishida Yassaviy, Navoiy, So&#8217;fi Olloyor, Mashrablarning Tasavvufiy, falsafiy fikrlari va asarlarining ta&#8217;siri katta bo&#8217;lgan. Huvaydo majoziy va haqiqiy ishq haqidagi orifona, dunyoviy she&#8217;rlaridan tashqari zolimlik va mazlumlik, kamolot va axloqiy tubanlik haqidagi she&#8217;rlarida ham mazkur shoirlar an&#8217;analarini davom ettirgan va yangi fikrlar bilan boyitgan. Huvaydo she&#8217;rlari vafotidan so&#8217;ng nabiralari tomonidan devon holiga keltirilgan. Unga shoirning 351 g&#8217;azal, 28 ruboiy, 41 to&#8217;rtlik, 3 muxammas, 1 musaddas, 1 musamman, 1 mustazod, 3 masnaviy hamda axloqiy-didaktik mazmundagi &#8220;Rohati dil&#8221; manzumasi kirgan. Devondagi ilk she&#8217;rlarida ro&#8217;za, namoz, zakot, haj, jannat va do&#8217;zax bilan bog&#8217;liq mavzular yoritilgan, g&#8217;urur, manmanlikni tanqid qiluvchi, tavoze&#8217;, qardoshlik va to&#8217;g&#8217;riso&#8217;zlikni ulug&#8217;lovchi hikmatlarga keng o&#8217;rin berilgan (&#8220;darig&#8217;o, hayf, odam&#8230;&#8221;, &#8220;Kuygay&#8221;, &#8220;kimga borib dod etay&#8230;&#8221;va boshqalar). Huvaydoning she&#8217;rlarida tasavvufiy unsurlar \u2014 nafsni jilovlash va dunyodan o&#8217;zni uzoq tutish bosh g&#8217;oyalardan biri. Dunyo lazzatining insonni baxtli eta olmasligiga ishongan shoir Allohga, abadiy baxtga erishmoq uchun inson o&#8217;zligidan kechmog&#8217;i kerakligini anglaydi (masalan, &#8220;ango&#8221;, &#8220;qilding&#8221; radifli she&#8217;rlari va boshqalar). Shoirning &#8220;rohati dil&#8221; axloqiy manzumasi pandnoma turning go&#8217;zal namunasidir. Unda ochko&#8217;zlik, ta&#8217;magirlik, vafo, boqiylik, foniylik, yaxshilikning foydasi, yomonlikning zarari, go&#8217;zallik va mehnatsevarlik, moddiy va ma&#8217;naviy poklik kabi xilma-xil axloqiy mavzulardagi ibratli hikoyalar keltirilgan. Huvaydo diniy-axloqiy mazmundagi &#8220;Ibrohim Adham&#8221; nomli she&#8217;riy doston ham yozgan. Huvaydo vafotiga bag&#8217;ishlab uning shogirdlari, muxlislari tomonidan marsiyalar, ta&#8217;rixlar yozilgan. U haqda ibratomuz rivoyatlar, yodnomalar paydo bo&#8217;lgan. Shoirning otasi G&#8217;oyibnazar Eshon shajarasi daxmasi hozir ham ziyoratgoh joylardan hisoblanadi. &#8220;Devoni Huvaydo&#8221;ning bir qancha qo&#8217;lyozma nusxalari va litografik nashrlari bo&#8217;lib, ulardan chevarasi Salohiddin Soqib (1838-1910) va Mirza Hakim ibn Mirza Umid Marg&#8217;iloniylar ko&#8217;chirgan nusxasi SamDU kutubxonasida saqlanadi (inv. \u21163903). Huvaydoning nabirasi Sirojiy (1877 yil vafot etgan), chevaralari Samarbonu (1837\u2014 1891), Salohiddin Soqib, G&#8217;aribiy devon tuzgan shoirlar bo&#8217;lib, Huvaydo an&#8217;analarini davom ettirganlar. Huvaydo nomida ko&#8217;cha, mahalla va maktablar bor. As: tanlangan asarlar, T., 1960; Rohati dil, T., 1993; Ibrohim Adham, Samarqand, 1995. Ad.: O&#8217;zbek adabiyoti tarixi [5 j.li], 5-j., T., 1978;Qayyumov P., Tazkirai Qayyumiy, T&#8221; 1999. Begali Qosimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Huvaydo (taxallusi; asl nomi Xo&#8217;janazar G&#8217;oyibnazar o&#8217;g&#8217;li) (? \u2014 O&#8217;sh shahri \u2014 1780\/81, Farg&#8217;ona viloyati Chimyon qishlog&#8217;i) \u2014 shoir, tasavvuf she&#8217;riyatining yirik vakili. Qo&#8217;qon madrasalarida o&#8217;qigan. Qishlog&#8217;ida maktab ochib, uzoq &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/huvaydo-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-107998","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107998","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=107998"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107998\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108002,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107998\/revisions\/108002"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=107998"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=107998"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=107998"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}