{"id":108020,"date":"2023-09-22T19:41:50","date_gmt":"2023-09-22T16:41:50","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108020"},"modified":"2023-09-22T19:41:53","modified_gmt":"2023-09-22T16:41:53","slug":"huquqiy-yordam","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/huquqiy-yordam\/","title":{"rendered":"Huquqiy yordam"},"content":{"rendered":"\n<p>Huquqiy yordam &#8211; fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishga, tashkilotlarning faoliyatida qonuniylikni ta&#8217;minlashga ko&#8217;maklashish. O&#8217;zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 116-moddasida tergov va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanganligi, fuqarolarga, korxona, muassasa va tashkilotlarga yuridik yordam berish uchun advokatura faoliyat ko&#8217;rsatishi belgilab qo&#8217;yilgan. Ushbu konstitutsion normaning mohiyati shundan iboratki, fuqarolar hamda tashkilotlar o&#8217;zlari amalga oshirayotgan xatti-harakatlar to&#8217;g&#8217;risida to&#8217;liq va yetarli ma&#8217;lumotga ega bo&#8217;lgandagina fuqarolarning huquq va erkinliklari to&#8217;la ravishda amalga oshiriladi, korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyatida esa qonuniylik ta&#8217;minlanadi. Avvallari Huquqiy yordam asosan huquqiy maslahatchilar hamda advokatlar tomonidan amalga oshirilardi. Bozor munosabatlari sharoitida fuqarolar, korxona, tashkilot va muassasalarning yuridik yordamga bo&#8217;lgan ehtiyoji inobatga olingan holda ushbu yordam ularga turli davlat boshqaruvi organlari (masalan, Adliya organlari), nodavlat notijorat tashkilotlari (savdo-sanoat palatasi), jamoat birlashmalari va hatto turli tijoratchi tashkilotlar tomonidan ham ko&#8217;rsatilayapti. Huquqiy yordam huquqiy masalalar bo&#8217;yicha maslahatlar va tushuntirishlar, qonun hujjatlari yuzasidan og&#8217;zaki va yozma ma&#8217;lumotnomalar berish; huquqiy xususiyatdagi arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlarni tuzish; sudda va boshqa davlat organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning vakili sifatida ishtirok etish; jinoiy ishlar bo&#8217;yicha dastlabki tergovda va sudda himoyachi, jabrlanuvchi, fuqaroviy da&#8217;vogar va fuqaroviy javobgarning vakili sifatida ishtirok etish hamda tadbirkorlik faoliyatiga yuridik xizmat ko&#8217;rsatish orqali amalga oshiriladi. Huquqiy yordam haq evaziga yoki tekinga amalga oshirilishi mumkin. Davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar hamda turli jamoat birlashmalari asosan tekinga yuridik yordam ko&#8217;rsatishadi. Advokatning huquqiy yordami uchun haq to&#8217;lash advokat bilan mijoz o&#8217;rtasida ixtiyoriy ravishda tuziladigan bitim (shartnoma) asosida amalga oshiriladi. Shaxs to&#8217;lovga qobiliyatsizligi sababli ko&#8217;rsatilgan yuridik yordam haqini to&#8217;lashdan ozod etilganda, jinoiy ishni ko&#8217;rib chiqishda qatnashishga tayinlangan advokatning yuridik yordami uchun davlat hisobidan haq to&#8217;lanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Huquqiy yordam &#8211; fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishga, tashkilotlarning faoliyatida qonuniylikni ta&#8217;minlashga ko&#8217;maklashish. O&#8217;zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 116-moddasida tergov va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/huquqiy-yordam\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108020","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108020","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108020"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108020\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108024,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108020\/revisions\/108024"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108020"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108020"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108020"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}